QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#tender #elon
O‘ZR QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI VA YAPONIYANING JICA AGENTLIGI MEVA-SABZAVOTCHILIK SOHAGIDAGI LOYIHADA ISHTIROK ETISH UCHUN TENDER E’LON QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) “Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” tender loyihasining ijrochi agentligi hisoblanadi.

Tender paketining nomlanishi: Loyihalarni boshqarish va salohiyatni oshirish bo‘yicha maslahat xizmatlari.

Manfaatdor kompaniyalar soat 09-00 dan 18-00 gacha elektron pochta yoki telefon orqali bog‘lanishi mumkin.
ISCAD
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Labzak ko‘ch., 1a
Tel: (+998) 90 317-63-71, 97 480-16-11
Elektron pochta: hvcpp@uzaifsa.uz

👉Batafsil

👉Texnik vazifani quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin
#elon #tanlov

AGROBIZNESNI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI
EKSTENSHN XIZMATI AGENTLARI UCHUN TANLOV

🇺🇸AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasi doirasida tanlov eʼlon qiladi.

Ariza beruvchilar:
🔹O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan, rasmiy tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari;
🔹O‘zbekiston hukumati vakolatli muassasalari tomonidan tan olingan va ijobiy mavqega ega;
🔹tegishli fuqarolik va fiskal qoidalarga rioya qilgan xususiy sektor korxonalari bo‘lishi shart.

📆Arizalar 2022-yil 21-noyabr kuni soat 17:00 dan (GMT+5) kechiktirmasdan taqdim qilinishi kerak.

❗️Ko‘rsatilgan muddatdan kechroq yoki yakunlanmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #tanlov

AGROBIZNESDA XUSUSIY EKSTENSHN XIZMATLARI KO‘RSATISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH DASTURI BO‘YICHA

OVOZLI AXBOROT SESSIYASI
❗️

🇺🇸Avvalroq, #AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida bilim tarqatish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalarning salohiyatini oshirish maqsadida Xususiy ekstenshn xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash dasturi uchun tanlov eʼlon qilgan edi.

📈Ushbu dastur mamlakatda agrobiznesning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun har bir g‘olibni umumiy qiymati 200 million so‘mgacha bo‘lgan trening va jihozlar bilan taʼminlaydi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ekstenshn xizmatlari fermerlar hamda agrobiznes o‘rtasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va ilg‘or tajribalarni almashish hamda targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega.

📆Bugun, 2-noyabr kuni soat 17:00 dan 18:00 gacha virtual arizaoldi axborot sessiyalari o‘tkaziladi. Ushbu axborot sessiyalari murojaatchilarga arizalarni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va ular bilan bog‘liq barcha savollarga javob olish imkoniyatini beradi.

🗣Ovozli chatga ulanish
📝Ariza shaklini yuklab olish
🆔Loyihaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi
Telegram kanal

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #raqamlashtirish #tuproq #tuproqshunoslik

DIQQAT E'LON
❗️

Tashkilotchi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

📝Mavzu: “Tuproq unumdorligini saqlashda raqamli texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari va muammolari” respublika ilmiy-amaliy anjumani

🎊Tadbir: 2022-yilning 5-dekabrida “Butunjahon tuproq kuni”ga bag‘ishlab anjuman o‘tkaziladi

Anjumanga qatnashish uchun quyidagi yo‘nalish mavzularida ilmiy maqolalar qabul qilinadi:
🔸Qishloq xo‘jaligi yerlari tuproqlarining ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish;
🔸Degradatsiyaga moyil tuproqlari sifatini yaxshilash va ulardan samarali foydalanish;
🔸Tuproqshunoslikda raqamli texnologiyalardan foydalanish;
🔸Yangi turdagi mineral, organik va noanʼanaviy o‘g‘itlarni intensiv dehqonchilik tizimlarida samarali qo‘llash istiqbollari;
🔸Tuproqlarning fizik, suv-fizik, kimyoviy, biologik xossalarini maqbullashtirish;
🔸Tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishning innovatsion usullari;
🔸Malakali kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarish bilan ilm-fan o‘rtasidagi integratsiya muammolari.

📆Qabul: 2022-yilning 20-noyabrigacha maqolalar olinadi.
Maqolalarni tati_konf_2022@soil.uz elektron manziliga yuboring.

📍Anjuman manzili: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosining 510-xonasi

📞Qo‘shimcha ma’lumotlarni anjumanning tashkiliy qo‘mitasining +998 90 905 89 20;
+998 93 524 07 85
+99 893-878-84-07
ishonch telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

📃Axborot xati

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #tanlov #agrobiznes

DIQQAT TANLOV
🌿☘️🌱🎋🛂

🍀 USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida:

O‘g‘it ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 4 mlrd. so‘m

❗️AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi #USAID O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish sotuv hajmini ko‘paytirish maqsadida “O‘g‘itlarni ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi ishga tushirilganini eʼlon qiladi.

📌Agrobiznesni qo‘llab-quvvatlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlashga yordam berishga qaratilgan mazkur dastur doirasida tanlab olingan O‘zbekistonning bir qator xususiy o‘g‘it ishlab chiqaruvchilari to‘rt milliard so‘mgacha bo‘lgan yangi uskunalar xarid qilishlari va/yoki malakasini oshirish uchun individual treningda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📃Dasturda ishtirok etish uchun ariza hujjatlarning namunalari ilovada keltirilgan.

⚠️ Arizalar 2022-yil 1-dekabr kuni soat 17:00 gacha kechiktirmasdan taqdim qilinishi kerak.

📆Loyiha doirasida Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasi axborot kanali

🇷🇺2022-yil 9-noyabr kuni soat 17:00-18:00 gacha (rus tilida)

🇺🇿2022-yil 10-noyabr kuni soat 17:00-18:00 gacha (o‘zbek tilida) ariza oldi virtual axborot sessiyalari o‘tkaziladi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #usaid #tanlov

5️⃣5️⃣5️⃣
USAID O‘G‘IT QO‘LLASH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA TANLOV EʼLON QILADI

📢AQSH Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) O‘zbekistondagi xususiy sektor kompaniyalari va jismoniy shaxslardan fermerlarni o‘g‘itlardan foydalanishning ilg‘or tajribalarini o‘qitish bo‘yicha tanlov eʼlon qildi.

💰Arizachilar tuproq tahlili, meva-sabzavotchilik va yem-xashak ekinlari uchun o‘g‘itlarni to‘g‘ri tanlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha 5000 nafargacha fermerlarni o‘qitish uchun moliyalashtirish so‘rashlari mumkin.

👤Mazkur yangi tanlov USAIDning O‘g‘it ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va ulardan samarali foydalanish jamg‘armasi doirasida tashkil etildi.

📆Arizalarni topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 16-yanvar. Tanlov shartlari va arizalar namunasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #elon #loyiha

5️⃣5️⃣5️⃣

💡INNOVATSION G‘OYALAR TANLOVI EʼLON QILINADI

🌐Tanlov Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “EU-AGRIN” loyihasi doirasida o‘tkaziladi.

💰G‘olib bo‘lgan har bir loyiha 450 000 000 so‘mgacha moliyalashtiriladi.

👥Loyihalar Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.

📷Loyihalar g‘oyasi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish yo‘lida suvni tejash, tuproqni saqlash, undan unumli foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va salbiy taʼsirlarni yumshatish mavzulari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.

👉Tanlov shartlari haqida batafsil maʼlumot

📆Arizalar 2023-yilning 9-yanvar sanasiga qadar 4agroinnovation@gmail.com elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

‼️Muddatidan kechikkan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣
Qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida urug‘liklar yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida 15-yanvardan 5-fevralgacha tender-tanlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Urug‘chilikka ixtisoslashtirilgan hududlarda paxta urug‘chiligiga 100 ming gektar, boshqa ekinlar urug‘chiligiga 13,4 ming gektar maydonlarda urug‘liklar yetishtirish huquqiga ega bo‘lish maqsadida, qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida tender-tanlov jarayonlari davom etmoqda.

Bu borada, respublikamiz bo‘yicha 200 ming gektar (100 ming gektar paxta, 86,6 ming gektar g‘alla, 13,4 ming gektar boshqa ekinlar) maydonlar urug‘chilikka ixtisoslashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari qabul qilingan.

Sizdan, tanlovda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!

#tanlov #elon #tender
*****
5️⃣5️⃣5️⃣
С 15 января по 5 февраля 2023 года проводятся тендеры между сельхозпредприятиями на право выращивания семян сельскохозяйственных культур.

В регионах, специализирующихся на семеноводстве, продолжаются тендерно-конкурсные процессы между сельхозпредприятиями с целью получения права на выращивание семян на площади 100 тыс. га для семеноводства хлопчатника и 13,4 тыс. га для семеноводства других культур.

В нашей республике 200 тыс. га (100 тыс. га хлопка, 86,6 тыс. га зерна, 13,4 тыс. га других культур) площадей специализируются на семеноводстве на основании соответствующих постановлений Совета Министров Республики Каракалпакстан и хокимиятов областей.

Просим Вас принять активное участие в конкурсе!

#конкурс #объявление #тендер

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣
Joriy yilning 16-17-iyun kunlari Toshkent shahrida Hayot fanlari festivaliToshkent davlat agrar universiteti va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining “ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi!

Festival doirasidan “Yashil hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasi, bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi, ingliz tili o‘qituvchilari konferensiyasi, jurnalistlar uchun seminar, shuningdek mavzuiy taqdimotlar, ko‘ngil ochar tadbirlar va konsert dasturlari o‘rin olgan.

Ushbu nufuzli tadbirda Singapur va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ilm-fan va ta'lim muassasalari vakillari ham qatnashadi.

Festivalda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid loyiha tajribalari, agrosohada qo‘llaniladigan robotlar, dronlar va yangi texnologiyalarning ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

Sizni ham tirik organizmlar va hayot jarayonlari qiziqtirsa va ularni o‘rganish istagida bo‘lsangiz, albatta Hayot fanlari festivaliga tashrif buyuring!

Manzil: Toshkent shahridagi Qishloq xo‘jaligi universitetlari shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2-uy.

Darvoqe,
iau.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganlar uchun kirish bepul.

#elon #IAU #TDAU #seminar #konferensiya #tadbir

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣
Joriy yilning 16-17-iyun kunlari Toshkent shahrida Hayot fanlari festivali – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining “ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi!

Festival doirasidan “Yashil hayot uchun innovatsiyalar” ko‘rgazmasi, bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi, ingliz tili o‘qituvchilari konferensiyasi, jurnalistlar uchun seminar, shuningdek mavzuiy taqdimotlar, ko‘ngil ochar tadbirlar va konsert dasturlari o‘rin olgan.

Ushbu nufuzli tadbirda Singapur va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ilm-fan va ta'lim muassasalari vakillari ham qatnashadi.

Festivalda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid loyiha tajribalari, agrosohada qo‘llaniladigan robotlar, dronlar va yangi texnologiyalarning ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

Sizni ham tirik organizmlar va hayot jarayonlari qiziqtirsa va ularni o‘rganish istagida bo‘lsangiz, albatta Hayot fanlari festivaliga tashrif buyuring!

Manzil: Toshkent shahridagi Qishloq xo‘jaligi universitetlari shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 2-uy.

Darvoqe, iau.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganlar uchun kirish bepul.

#elon #IAU #TDAU #seminar #konferensiya #tadbir

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣
Ertaga, 6-iyul kuni “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Tadbir shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma'rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etiladi. Haftalikda 60 dan ziyod mamlakatdan 450 dan ortiq davlat arboblari, siyosatchilar, yirik biznes vakillari va ekspertlar, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etyapti.

Xalqaro konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari rahbariyati va mutaxassislari bilan bir qatorda, ko‘zga ko‘ringan xalqaro ekspertlar, xorijiy mehmonlar ham qatnashadi.

Unda “Yangi O‘zbekistonda 2030-yilgacha qishloq xo‘jaligining rivojlanish strategiyasi: imkoniyatlar va istiqbollar” va “Suv resurslarini tejash zarurati – zamon talabi” seksiyalarida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ma'ruza qiladilar.

📍Tadbir 2023-yil 6-iyulda Toshkentdagi “Event-hall” majumuasida o‘tkaziladi.

Boshlanishi – soat 14.00 da.

#elon #tadbir #xalqaro_konferensiya #Yangi_Ozbekiston

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM