QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SAMARQAND KONFERENSIYASI O‘Z ISHINI BOSHLADI

🔰Qadim Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning texnik ko‘magida tashkil etilgan mazkur konferensiya 7–8 sentyabr kunlari davom etadi. Tadbirda15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan murojaatini Bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
*****
В САМАРКАНДЕ НАЧАЛ РАБОТУ МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ ПО ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

🔰В Самарканде проходит Международная конференция по продовольственной безопасности, организованная правительством Узбекистана при технической поддержке Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО). Мероприятие проходит 7—8 сентября с участием министров сельского хозяйства 15 стран, заместителей министров 8 стран, высокопоставленных дипломатов 13 стран и представителей свыше 30 международных и научных организаций, а также финансовых институтов.

На церемонии открытия мероприятия Премьер-министр Абдулла Арипов зачитал обращение Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева к участникам международной конференции по продовольственной безопасности.

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Xalqaro konferensiyada Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Islom tashkiloti (OXBIT) Bosh kotibi Erlan Baydaulet, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziri, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dunyuylar ishtirok etishdi. Jumladan Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dunyuy o'z nutqida shunday dedi:

"Men barcha Vengriya, Isroil, Italiya, Bangladeshdagi hamkasblarimni qutlamoqchiman. Shuningdek, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjondan tashrif buyurgan hamkasblarimga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu anjumanda С5 guruhi tashabbusi haqida ham gaplashamiz. Albatta, bu juda muhim tadbir va biz uning o‘tkazilishini doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki biz nafaqat o‘z mamlakatlarimiz, balki mintaqaviy muammolarni ham muhokama qilamiz, ularni hal etish uchun birgalikda yechim topamiz. Barchamiz uchun muhim bo‘lgan ozuqaga boy oziq-ovqat masalalari haqida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildiramiz. Men O‘zbekistonga kelib, bu yerda oziq-ovqat, xususan, meva-sabzavotchilik juda yaxshi rivojlanganiga amin bo‘ldim. Men tarixiy Buyuk ipak yo‘lida joylashgan ushbu shahar va mamlakatingizning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman".

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣Ayni damda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov so‘zga chiqib, tashrif buyurganlarni samimiy qutladi va bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

"Hurmatli Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori Suy Dunyuy qadrli vazirlar, hamda tadbir ishtirokchilari, avvalambor O‘zbekistonning tarixiy shahri bo‘lgan Samarqandga xush kelibsizlar.
Ushbu konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbekiston hukumati nomidan ishtirok etish imkoniyatga ega bo‘lganimdan xursandman.

Oziq-ovqat ta’minoti zanjirlarining barqarorlashuvi, oziq-ovqat tizimining barcha bosqichini, eng kichik tomorqalardan tortib, eng yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarigacha bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlikning muhimligini tan olishga yordam berdi.

Shuningdek, biz keng ko‘lamli xizmatlarini takomillashtirish uchun ushbu qo‘llab-quvvatlash tizimlari zarurligini angladik,
🟢ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va boshqarish tizimlari, shu jumladan oziq-ovqat balansi;
🟢qishloq xo‘jaligi bilimlari va axborot xizmatlarini rivojlantirish;
🟢eski va eskirgan subsidiyalar va rag‘batlantirish sxemalarini qayta ko‘rib chiqish;

Endi biz fermerlar va qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirishimiz kerak fermerlik va qishloq xo‘jaligi biznesini asta-sekin o‘zgartirish, nafaqat foydali, balki iqlimga do‘stona munosabatda bo‘lishlarini ta‘minlashga ham yordam beradi.

O‘zbekiston dunyoviy va milliy darajadagi Agro-oziq-ovqat sohasini rivojlantirish uchun o‘z bilim va tajribasini baham ko‘rishga,
xalqaro sheriklikni rivojlantirishga tayyor. Men ishonamanki, bugungi konferensiya oramizdagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim imkoniyatlarni yaratadi. E’tiboringiz uchun rahmat!"

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA BAGISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA QIZG'IN PALLADA

📍Samarqand
*****
⚖️👨‍💻👩‍💻💬
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ ПО ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В САМОМ РАЗГАРЕ

📍Самарканд

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand #Международная_конференция #продовольственная_безопасность #форум #ФАО #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND KONFERENSIYASI: TAJRIBA, TAKLIF VA TASHABBUSLAR O‘RTAGA TASHLANMOQDA

7-8-sentyabrda Samarqandda mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan yirik anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

🗣Bu xalqaro anjumanni tashkil etish ehtiyojiga to‘xtaladigan bo‘lsak, asosan bu O‘zbekistonning tashabbusi hisoblanadi. Bunda biz respublikamizning oxirgi yillarda erishgan yutuqlarini, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi tajribalarini xalqaro hamjamiyat bilan ulashishni maqsad qilganmiz.

Ma’lumki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi qabul qilinganligiga mana qariyb besh yil bo‘lmoqda. Ushbu yillar davomida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish, sohani yangi bosqichga olib chiqish, agrar tarmoqni xizmat ko‘rsatishga, sohani ilm va innovatsiyaga asoslangan tizimga o‘tkazishga doir keng qamrovli tadbirlar, islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda konferensiyada 8 ta global mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan tashabbuslar ilgari surilmoqda. Eng birinchi tashabbuslardan biri bu oziq-ovqat xavfsizligi va suv muammosi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi umumiy suv resurslarimizning 90 foizidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladi.

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚖️👨‍💻👩‍💻💬
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGIGA BAGISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA QIZG'IN PALLADA

📍Samarqand
*****
⚖️👨‍💻👩‍💻💬
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ ПО ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В САМОМ РАЗГАРЕ

📍Самарканд

#Xalqaro_konferensiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #FAO #Samarqand #Международная_конференция #продовольственная_безопасность #форум #ФАО #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND KONFERENSIYASI: QATAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🇺🇿🤝🇧🇭
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Samarqandda o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida xorijiy hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Qatar munitsipalitet va atrof-muhit vaziri Abdulla bin Abdulaziz bin Turki as-Subayya bilan uchrashuvda tomonlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Aziz Voitov O‘zbekiston va arab mamlakatlari o‘rtasida agrar sohadagi hamkorliklar qadimdan mustahkam bo‘lib kelgani, bunda O‘zbekiston-Qatar munosabatlari alohida o‘rin tutishini bildirdi.
*****
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ В САМАРКАНДЕ: ВСТРЕЧА С МИНИСТРОМ ГОСУДАРСТВА КАТАР
🇺🇿
🤝🇧🇭
Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов провел двусторонние встречи со своими зарубежными коллегами в рамках международной конференции по продовольственной безопасности в Самарканде.

В частности, на встрече с министром муниципалитетов и окружающей среды Катара Абдуллой бен Абдулазизом бин Турки аль-Субайей, сторонами были обсуждены вопросы укрепления сотрудничества. Азиз Воитов отметил, что сотрудничество между Узбекистаном и арабскими странами в аграрной сфере было крепким с давних времен, и узбекско-катарские отношения занимают в них особое место.

#Xalqaro_konferensiya #vazir #xalqaro_hamkorlik #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Uzbekistan #Qatar #Международная_конференция #министр #международное_сотрудничество #продовольственная_безопасность #форум #Узбекистан #Катар

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND KONFERENSIYASI: BIR KUNDA 1,88 MLRD AQSH DOLLARLIK KELISHUVLAR IMZOLANDI

🤝O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) texnik ko‘magida o‘tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Agrooziq-ovqat investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.

8-sentyabrda Samarqandda o‘tkazilgan O‘zbekiston agrooziq-ovqat investitsiya forumida mamlakatimizning agrar salohiyati yaqqol namoyon bo‘ldi. Tadbirda qatnashgan 26 ta mamlakatdan kelgan 100 dan ziyod kompaniyalar vakillari o‘zbekiston qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqish bildirdilar.

Ushbu qiziqish natijasi o‘laroq, forum yakuniga ko‘ra, 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi. Xususan, mamlakat agrar tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishni nazarda tutuvchi 24 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi, ularning umumiy qiymati 857,3 mln AQSh dollarini tashkil qildi.

Bundan tashqari, 14 ta loyiha uchun jami 707,5 mln AQSh dollariga teng grantlar va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etishga kelishib olindi. Shuningdek, 319,2 mln AQSh dollariga teng savdo kelishuvlari imzolandi.

#Xalqaro_konferensiya #xalqaro_hamkorlik #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA SAMARQAND DEKLARATSIYASI QABUL QILINDI

🖋7–8-sentyabrda, O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya ishining yakuniy xulosasi o‘laroq, tadbir ishtirokchilari Samarqand deklaratsiyasini qabul qildilar.

Samarqand deklaratsiyasi 10 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 7 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi.
*****
ПРИНЯТА САМАРКАНДСКАЯ ДЕКЛАРАЦИЯ ПО ГЛОБАЛЬНОЙ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ

🖋Участники Международной конференции по продовольственной безопасности, организованной правительством Узбекистана при технической поддержке Продовольственной и сельскохозяйственной организации ООН (ФАО), по итогам мероприятия, приняли Самаркандскую декларацию по глобальной продовольственной безопасности.

Документ закрепит договоренности, достигнутые в рамках конференции, на которой участвовали министры сельского хозяйства 10 стран, заместители министров 7 стран, высокопоставленные дипломаты 13 стран и представители свыше 30 международных и научных организаций, а также финансовых институтов.

#Xalqaro_konferensiya #deklaratsiya #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #Международная_конференция #декларация #продовольственная_безопасность #форум #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISROIL BILAN AGRAR SOHAGA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JALB ETISH BO‘YICHA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

🤝Shu kunlarda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston va Isroil Qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov isroillik hamkasbini qabul qilar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin iqtisodiy hamkorlikda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi o‘ziga xos o‘rin tutishini qayd etdi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qator davlatlarning Qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
*****
ПОДПИСАН МЕМОРАНДУМ О ВЗАИМОПОНИМАНИИ С ИЗРАИЛЕМ ПО ПРИВЛЕЧЕНИЮ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В АГРАРНЫЙ СЕКТОР

🤝На полях международной конференции по вопросам продовольственной безопасности, проходящей в эти дни в Самарканде, состоялась встреча министров сельского хозяйства Узбекистана и Израиля.

Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Войтов, принимая своего израильского коллегу, отметил, что направление сельского хозяйства занимает особое место в тесном экономическом сотрудничестве между нашими странами.

Также в рамках Международной конференции министр сельского хозяйства Азиз Воитов провел встречи с министрами сельского хозяйства ряда стран, таких как Бангладеш, Монголия, Турция, Кыргызстан и Таджикистан.

#Xalqaro_konferensiya #xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Samarqand #Международная_конференция #международное_сотрудничество #встреча #продовольственная_безопасность #форум #Самарканд

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM