QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.1K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🤝Berlin shahrida «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va qishloq taraqqiyoti vaziri Xenrik Kovalchik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🔴yem-xashak ekinlarini yetishtirish;

🔴intensiv mevali bog‘dorchilikni rivojlantirish;

🔴ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik;

🔴asalarichilik sohasida hamkorlik;

🔴o‘simlik urug‘larini sinovdan o‘tkazish.

Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Polsha Respublikasi qishloq xo‘jaligi va qishloq taraqqiyoti vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim (anglashuv memorandumi) imzolandi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Polsha #memorandum
*****
🤝В Берлине, Германия, в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с Заместителем Премьер-министра, министром сельского хозяйства и развития сельских районов Польши Хенриком Ковальчиком

На встрече обсуждались следующие темы:

🔴Выращивание кормовых культур.

🔴Развитие интенсивного фруктового садоводства.

🔴Взаимодействие по линии образования.

🔴Сотрудничество в сфере пчеловодства.

🔴Испытание и сертификация семян сельхозкультур.

Итогом встречи стало подписание Соглашения (Меморандум о взаимопонимании) о сотрудничестве в области сельского хозяйства между Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан и Министерством сельского хозяйства и развития сельских районов Республики Польша

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Польша #меморандум

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZARBAYJON TADQIQOTCHILARI YURTIMIZDA TAJRIBA ORTTIRISHADI

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi hamda Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchilari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad har ikki tashkilot mutaxassislarining o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Muloqot davomida mamlakatimizdagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tuproq laboratoriyasining jahon standartlariga javob berishi va ko‘plab imkoniyatlarga egaligi ozarbayjonlik mutaxassislarning eʼtiborini tortdi. Shu bois, Ozarbayjon melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari respublikamizga kelib, ushbu laboratoriyaning faoliyati bilan yaqindan tanishish istagini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

#Hamkorlik #Memorandum #Ozbekiston #Ozarbayjon #laboratoriya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
YOSHLARNING START-UP G’OYA VA TASHABBUSLARINI QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID KELISHUV

🤝Bugun 14-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), “Yoshlar — kelajagimiz” Jamg‘armasi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi o‘rtasida uch tononlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

#hamkorlik #kelishuv #yoshlar #ISСAD #Ozbekiston_savdo_sanoat_palatasi #memorandum
*****
СОГЛАШЕНИЕ О ПОДДЕРЖКЕ МОЛОДЕЖНЫХ СТАРТАП-ИДЕЙ И ИНИЦИАТИВ

🤝Сегодня, 14 апреля, Международный центр стратегических разработок и исследований в агропродовольственной сфере (ISCAD) при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, Фонд «Молодежь – наше будущее» и Торгово-промышленная палата Узбекистана подписали трехсторонний меморандум о сотрудничестве.

#сотрудничество #соглашение #молодежь #ISCAD #торгово_промышленная_палата #меморандум

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Fransiyaning "SLT" kompaniyasi o‘rtasida qiymati 6 mln. AQSh dollariga teng O‘zbekistondagi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodini sotib olish bo‘yicha memorandum imzolandi.

#xalqaro_hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #sut #memorandum

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI MOLIYALASH VA TA'LIM BO‘YICHA KELISHUVLARGA ERISHILDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniyaning “Deutsche Sparkassenstiftung für internationale Kooperation e.V.” fondi o‘rtasida Anglashuv memorandumi tuzildi.

Memorandumda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilab olindi:

🟠qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini qo‘llab-quvvatlash;
🟠O‘zbekistonning muayyan banklaridagi mavjud aylanma kredit fondlardan foydalanishni kengaytirish;
🟠yosh fermerlarni tadbirkorlikka o‘rgatishda biznes simulyatsiyalaridan foydalanish.

Shuningdek, hujjatda “Risk radari” va “Yashil moliyaviy kompas” kabi moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni O‘zbekiston agrar sohasida joriy etish masalalari ham o‘z aksini topgan.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekiston #Germaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI TIZIMIDA SUGʻURTALASHNING TURKIYA MODELI MUHOKAMA ETILDI

🇺🇿🤝🇹🇷
Shu kunlarda O‘zbekistonda Turkiya agrosug‘urta sohasi vakillaridan iborat delegatsiya ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Agrosug‘urta tizimini takomillashtirish, sug‘urtalash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda Turkiya tajribasini o‘rganishga alohida e'tibor berilgan. Bu borada ikki mamlakat vazirlarining o‘zaro muloqotlarida ham fikr almashilgandi. Mana shu hamkorlik davomi o‘laroq, bugun O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiyaning “TARSIM” sug‘urta kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov agrosug‘urta  sohasidagi Turkiya tajribasiga yuqori baho berib, O‘zbekiston sharoitida uni qo‘llash yaxshi natija berishiga umid bildirdi.

“TARSIM” kompaniyasi bosh direktori va direktorlar kengashi a'zosi Bekir Engurulu Turkiya tomoni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash sohasida hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi va bu yo‘lda dastlab qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab olishni taklif etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda agrosug‘urta tizimini tashkil etish va rivojlantirishdagi hamkorlik ishlarini jadal boshlash, bu borada ishchi guruh tuzib, “Yo‘l xaritasini” ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, hamkorlik uchun mustahkam zamin o‘laroq, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash masalasi ko‘rildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #tashrif #uchrashuv #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agrosugurta #memorandum #Ozbekiston #Turkiya #TARSIM

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI “TUTTO FOOD” XALQARO KO‘RGAZMASIDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari hamda mahalliy tadbirkorlardan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan “TUTTO FOOD” Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Bu yilgi ko‘rgazmada ham dunyoning 100 ga yaqin davlatidan oziq-ovqat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 2 500 dan ziyod kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi. Shuningdek, davlatimizdagi 21 ta korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 34 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, sharbatlar, sut, qandolat mahsulotlari, tabiiy hamda sublimatsion usulda quritilgan mahsulotlar, dorivor choylar va boshqalar ham ko‘rgazma peshtaxtalaridan o‘rin oldi.

Ko‘rgazma doirasida mamlakatimiz vakillari quyidagi natijalarga erishishdi:

“TUTTO FOOD”
xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida xorijiy yirik tijorat kompaniyalari bilan 2023-2026-yillar davomida 42 million dollarlik eksport kelishuvlari imzolandi;
🟢“SISAI SRL” (Italiya) kompaniyasi prezidenti Flavio Ramella bilan respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy yirik bozorlarga eksport qilish bo‘yicha kelishildi;
🟢“Brevis SRLS” (Italiya) kompaniyasining tijorat masalalari bo‘yicha direktori Davide Vismara bilan Italiya va Kuba davlatlariga O‘zbekistondan qayta ishlangan meva-sabzavotlar, dukkakli, sut-go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi;
🟢“International Italia SRL” (Italiya) kompaniyasining biznes aloqalar menejeri Alessandro Simon bilan O‘rta sharq va Osiyo davlatlariga  eksport qilish bo‘yicha (10 mln AQSh dollar) kelishuvga erishildi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #xalqaro_oziq_ovqat_korgazmasi #eksport #memorandum #quritilgan_meva #dukkakli_mahsulotlar #meva_sabzavotlar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XITOYLIK OLIMLAR O‘ZBEKISTONDAGI SHO‘RLANGAN YERLARDA YANGI USLUBDA MAHSULOT YETISHTIRISHNI TAKLIF QILMOQDA
🇺🇿🤝🇨🇳
Navbatdagi uchrashuv Guandun Okeanologiya universiteti (Guangdong Ocean University) rektori Pan Sinsyan boshchiligidagi ilmiy doira vakillari bilan o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov uchrashuv ishtirokchilariga bugungi kunda O‘zbekistonda ilm-fanning ishlab chiqarishga integratsiyasi, aqlli agrotarmoqni barpo etish yo‘lida tashlangan qadamlar, sohani raqamlashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda geoaxborot tizimini rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalarni taqdim etdi.

O‘z navbatida Okeanologiya universiteti rektori o‘zbek olimlari, agrar tarmoq mutaxassislari bilan amaliy hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Aniq takliflar ham yangradi: o‘zbek-xitoy laboratoriyasini tashkil qilish.

Asosiy e’tibor aynan laboratoriya tekshirishlari natijasida mamlakatimizda sho‘rlangan yerlarda qaysi mahsulot yetishtirish mumkin, ularni qaysilarini yer imkoniyatlariga moslashtirish mumkin, talab va taklifdan kelib chiqib iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda 2-3 marotaba hosil olish, takroriy ekinlardan samarali foydalanish masalalariga qaratiladi.

Buning uchun universitet delegatsiyasi shu yilning iyun oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini izhor qildi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Okeanologiya universiteti rektori Pan Sinsyan bilan yuqoridagi masalalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #laboratoriya #memorandum #Ozbekiston #XXR

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA SERTIFIKATLASH BO‘YICHA HAMKORLIK

🤝Joriy yilning 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DM hamda Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Organik qishloq xo‘jaligi departamenti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston tomonidan — Qishloq xo‘jaligi vazirligining Oziq-ovqat xavfsizligi va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish (GAP) boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jumanov va vazirlik huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi”DM direktori A‘zam Isaqov hamda hamkor tarafdan — Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Organik qishloq xo‘jaligi departamenti direktori Saginbek Tursunaliyev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlik Memorandumi ham imzolandi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #qishloq_xojaligi #memorandum #Ozbekiston #Qirgiz_Respublikasi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖋Oliy darajadagi muzokalar yakunlangach, ikki mamlakat rahbarlari huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan ikki tomonlama 15 ta hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan ushbu hujjatlar tarkibidan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi hamda “O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumlar ham o‘rin olgan.

#xalqaro_hamkorlik #Prezident #muzokaralar #delegatsiya #memorandum #Ozbekiston #Qatar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI ITALIYADAGI BIZNES-FORUMDA QATOR MUHIM HUJJATLARNI IMZOLADI

🤝Joriy yil 6-iyunda Rimda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Italiya biznes-forumi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga tarmoqni mustahkamlash va barqaror rivojlantirish maqsadlarida investitsiyalarni jalb qilish salohiyatini muhokama qilish va baholash imkoniyatini berdi.

Hujjatda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida sinov loyihasini joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Italiyaning qishloq xo‘jaligi uchun texnologiyalar va mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi bilan Anglashuv memorandumini tuzdi. Kelishuv doirasida AKIS markazlarida ta’limni tashkil etish, shuningdek o‘zbek operatorlarini o‘qitish rejalashtirilgan.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Italiya
*****
*****
МИНСЕЛЬХОЗ ПОДПИСАЛ РЯД ВАЖНЫХ ДОКУМЕНТОВ НА БИЗНЕС-ФОРУМЕ В ИТАЛИИ

🤝На прошедшем 6 июня текущего года в Риме Узбекско-итальянском бизнесе-форуме был широко представлен потенциал сельскохозяйственной и продовольственной сфер Узбекистана.

Так, между министерством и компанией «Nardi Group» был подписан Меморандум о взаимопонимании, в рамках которого планируется сотрудничество по борьбе с опустыниванием. Документом предусматривается организация пилотного проекта в Ахангаранском районе Ташкентской области.

#международное_сотрудничество #меморандум #сельское_хозяйство #Узбекистан #Италия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON-ITALIYA: QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIK SAMARALARI
🇺🇿🤝🇮🇹
O‘zbekiston va Italiya so‘nggi yillarda juda ko‘p yo‘nalishlarda sinalgan hamkor sifatida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqdalar. Yevropa Ittifoqida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan mamlakat turli yo‘nalishlar orasida agrar tarmoqqa ham alohida e'tibor bilan yondashayotgani sir emas. Buni ikki davlat sohaga taalluqli vazirliklari hamkorligida ham kuzatish mumkin. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi va Italiya Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mustaqilligi va o'rmonchilik vazirliklari o‘zaro hamkorlikda bir qancha loyihalarni muvaffaqiyatli amaliyotga tadbiq etib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Jorjiya Meloni huzurida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov
va Italiya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mustaqilligi vaziri Franchesko Lollobridjida o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida rasmiy memorandum almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

🟢400 million yevroga yaqin miqdordagi ilk kelishuvlar. Bu yirik investisiyalar portfeli, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, quruq meva hamda za’faron yetishtirish kabi o‘nlab yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.

🟢Sirdaryo viloyatida yirik va mayda shoxli qoramolning italyan zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha umumiy qiymati 56 mln yevroga teng yangi loyihani amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

🟢Yaqin kelajakda Toshkent viloyatida 32,7 mln yevroga teng quyonlarni ko‘paytirish loyihasini joriy qilish va kambag‘allikni qisqartirish uchun oilaviy fermalarga quyonlarni beg‘araz asosda taqdim etish borasida Uyushmaning tajribasini tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #memorandum #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI VA ITALIYANING “ROTA GUIDO” KOMPANIYASI HAMKORLIGI
🇺🇿🤝🇮🇹
Italiyada bo‘lib o‘tgan biznes forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Italiyaning “Rota Guido” kompaniyasi hamkorlikdagi “Exetra” kompaniyasi orqali kreditlash va vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish agentligi orqali agrotexnologiyalarni taqdim etish vositasida zootexnikaga oid italyan texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan memorandumni imzolandi. Ushbu memorandumning ijrosi esa, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ITALIYA AGROBIZNESI O‘ZBEKISTON CHORVACHILIGIGA 90 MLN YEVRO INVESTITSIYA KIRITADI
🇺🇿🤝🇮🇹
Italiya chorvadorlar uyushmasi, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda, Mirzaobod va Quyi Chirchiq tumanlarida jami 90 mln yevroga teng ikkita loyihani joriy qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Aytish kerakki, Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘z sohasida Yevropadagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 40 000 a’zoga ega. Tashkilotning 14 ta shaxsiy veterinariya va genetik laboratoriyalari mavjud. Uyushma O‘zbekiston bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik tajribasiga ega. Jumladan Toshkent viloyatida dunyodagi eng yirik quyonchilik fermalaridan birini tashkil etish loyihasini amalga oshirgan. Fermer xo‘jaligi negizida har yili 2 million boshgacha quyon boqish, shuningdek, chorva ozuqasi, tabiiy o‘g‘it va go‘sht mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.

#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #qishloq_xojaligi #memorandum #chorvachilik #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIRGALIKDA AGRAR SOHA UCHUN FOYDALI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARAMIZ

Joriy yilning 8-iyun kuni
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti va Respublikada o’g’it, kimyoviy va o’stiruvchi moddalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan “IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MCHJ qo’shma korxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #hamkorlik #memorandum

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETI VA ISPANIYA UNIVERSITETLARI HAMKORLIGI

🤝Yaqinda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU) rektori Munira Aminova xizmat safari bilan Ispaniyada bo‘ldi.

Tashrif davomida Munira Aminova va Ispaniyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari, xususan Kastilya-La Mancha va Madrid politexnika universitetlarining rahbarlari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvlarda tomonlar ispan oliy taʼlim muassasalarida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining iqtidorli talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilarining amaliyot o‘tashi, shu jumladan, yozgi taʼtil maktablarida, magistratura va doktoranturada o‘qishi hamda malaka oshirishi masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida universitet rektorlari o‘rtasida yetakchi ispan professor-o‘qituvchilarini IAUga ishga jalb qilish va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, tashrif davomida Xalqaro qishloq xo‘jaligi rektori Ispaniyaning yetakchi taʼlim muassasalari uchun laboratoriya uskunalarini ishlab chiqaruvchi “EDIBON” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sug‘orish texnologiyalari hamda sifat darajasini tekshirish bo‘yicha o‘quv laboratoriya jihozlari bilan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining o‘quv xonalarini taʼminlash masalalari yuzasidan ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.

#xalqaro_hamkorlik #IAU #memorandum #Ispaniya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON–VENGRIYA: AGROTA'LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

🤝Shu kunlarda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Vengriyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Ushbu mamlakat poytaxti – Budapesht shahrida Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminov Vengriyaning Niredxaza universiteti rektori Gyorgi Szabo bilan uchrashdi.

Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi sohasida oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ikki mamlakat ilm dargohlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Aytish kerakki, Niredxaza universiteti Vengriyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, ilmiy izlanishlar, yuqori sifatli ta'lim va talabalar uchun yuksak e'tibor uyg‘unlashgani bilan xalqaro miqyosda obro‘ qozongan.

Uchrashuvda universitet rektori Gyorgi Szabo o‘zbekistonlik talabalarni grant asosida o‘qitish imkoniyati mavjudligini bildirdi. O‘zbekiston tomoni Vengriya ta'lim tizimiga ishonch bildirib, o‘zbek yoshlarini ushbu mamlakatga tahsil olish uchun yo‘llashga tayyorligini e'lon qildi.
O‘zaro muzokaralar natijasi o‘laroq, ikki tomon o‘rtasida mazkur universitetda yurtimiz yoshlarini grant asosida ta'limga jalb qilish bo‘yicha o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, yiliga 8-10 nafar o‘zbekistonlik yoshlar Niredxaza universitetida qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bo‘yicha grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

#xalqaro_hamkorlik #memorandum

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR BELGILAB OLINDI
🇺🇿🤝🇭🇺
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi bosh direktori Laslo Baran’i bilan uchrashdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda joriy yilning 26-iyul kuni Niredxaza universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida “Master Good” kompaniyasining moliyaviy ko‘magi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasidagi o‘zaro kelishuvlar muhokama qilindi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi parrandalar uchun ozuqa xomashyosi, ozuqa ishlab chiqarish, inkubatsiya, broyler yetishtirish, go‘shtni qayta ishlash, bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Frantsiya, Gretsiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Irlandiya, Kosovo, Polsha, Latviya, Litva, Moldova, Chernogoriya, Germaniya kabi turli mamlakatlarga eksport qiladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar loyiha doirasida amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruhini, shuningdek, investitsion kelishuvning ilk nusxasini shakllantirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #videokonferensaloqa #memorandum #inkubatsiya #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM