QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AKIS TIZIMIDA AGROMASLAHATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

👥2023-yilning 23-fevral kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasida AKIS tizimida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha maslahatlashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#yigilish #davra_suhbati
*****
ОБСУЖДЕНЫ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ АГРОКОНСУЛЬТАЦИЙ В СИСТЕМЕ AKIS

👥23 февраля 2023 года в страновом офисе Всемирного банка в Узбекистане состоялась встреча рабочей группы по вопросам развития агроконсультаций в системе AKIS.

#встреча #круглый_стол

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON – VENGRIYA: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK RIVOJLANMOQDA

🤝O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 1-yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi Qo‘shma ishchi guruhining
1-yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #yigilish #Ozbekiston #Vengriya
*****
УЗБЕКИСТАН - ВЕНГРИЯ: РАЗВИТИЕ СОТРУДНИЧЕСТВА В АГРАРНОМ СЕКТОРЕ

🤝В целях реализации договоренностей, достигнутых в рамках 1-го заседания межправительственной комиссии по сотрудничеству между Узбекистаном и Венгрией, состоялось совещание Совместной рабочей группы в области сельского хозяйства двух стран.

#международное_сотрудничество #заседание #Узбекистан #Венгрия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BOZORLARDA NARX-NAVONING SUNʼIY OSHIB KETISHI QAYSI OMILLARGA BOG‘LIQ?

📊Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan “Aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (piyoz, sabzi, kartoshka va hok.) bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining keskin ko‘tarilishi sabablarini muhokama qilish”ga bag‘ishlangan keng qamrovli yig‘ilishda bu borada shu kungacha qilingan ishlar va kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, uni yetkazib beruvchilar hamda iste’molchilar uchun birdek manfaatli bo‘lgan yo‘llarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

#yigilish #narx_navo #qishloq_xojaligi_mahsulotlari
*****
КАКИЕ ФАКТОРЫ ВЛИЯЮТ НА ИСКУССТВЕННОЕ ПОВЫШЕНИЕ ЦЕН?

📊Состоялось комплексное совещание на тему: «Эффективность принимаемых мер по обеспечению населения дешевой и качественной сельскохозяйственной продукцией (луком, морковью, картофелем и др.) и резкий рост цен на сельскохозяйственную продукцию».

#совещание #цены #сельскохозяйственная_продукция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI ISHLAR TAHLIL QILINDI VA GALDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

💻Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilot va boshqarmalar mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizda agrar sohada shu kungacha olib borilayotgan ishlar, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda qishloq xo‘jaligidagi vazifalar ijrosini ta’minlashga davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni so‘zsiz ijro etish bo‘yicha yaxlit tizim yaratish nuqtai-nazaridan yondashildi.

#yigilish #qishloq_xojaligi #vazir

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON: QISHLOQ XO‘JALIGI HAMKORLIKDAGI MUHIM YO‘NALISH

👥Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish va import o‘rnini bosish rejalashtirilayotgan mahsulotlarni tizimli yetkazib berish ishlarining monitoringi bo‘yicha O‘zbekiston-Qozog‘iston ishchi guruhining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

#yigilish #xalqaro_hamkorlik #kooperatsiya_loyihalarini_amalga_oshirish
*****
УЗБЕКИСТАН−КАЗАХСТАН: СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО ВАЖНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В СОТРУДНИЧЕСТВЕ

👥Состоялось 2-ое заседание узбекско-казахстанской рабочей группы по мониторингу за ходом реализации кооперационных проектов и импортозамещения по систематическим поставкам продукции. В нем принял участие заместитель министра сельского хозяйства Кахрамон Юлдашев.

#заседание #международное_сотрудничество #реализация_кооперационных_проектов

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA QIRG‘IZ RESPUBLIKASI O‘RTASIDA AGROSANOAT MAJMUI SOHASIDA INVESTITSIYA LOYIHALARI

🤝2023-yilning 7-mart kuni Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi sohasidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va Qirg‘iz Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Samat Nasirdinov olib bordi. Tadbirda ikki mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari rahbarlari va mas’ul xodimlari, biznes vakillari ishtirok etdi.

#xalqaro_hamkorlik #yigilish #Ozbekiston #Qirgiz_Respublikasi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON-QIRG‘IZ RESPUBLIKASI HAMKORLIGI: ISHCHI GURUHNING BIRINCHI MAJLISI

🤝Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Akilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #yigilish #Ozbekiston #Qirgiz_Respublikasi
*****
ПОДВЕДЕНЫ ИТОГИ ПЕРВОГО ЗАСЕДАНИЯ УЗБЕКСКО-КЫРГЫЗСКОЙ РАБОЧЕЙ ГРУППЫ ПО СОТРУДНИЧЕСТВУ В СФЕРЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🤝В рамках визита председателя Совета министров Кыргызской Республики, руководителя администрации президента Кыргызстана Акылбека Жапарова в Узбекистан, состоялось первое заседание узбекско-кыргызской рабочей группы по сотрудничеству в сфере сельского хозяйства.

#международное_сотрудничество #заседание #Узбекистан #Кыргызская_Республика

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Mirziyoyev #yigilish #ipoteka_dasturi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda so‘nggi olti yilda mamlakatimiz aholisi 5,5 million nafarga o‘sgani, hademay 40 millionga yetishi qayd etilib, 2017-yildan buyon 326 mingta yangi uy-joy foydalanishga topshirilgani ta’kidlandi.

2022-yilda boshlangan 31 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish dasturi bo‘yicha ishlar Andijon va Xorazmda yaxshi ketayotgani ta’kidlanib, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryodagi massivlarda hokimlarning e’tiborsizligi oqibatida birorta uy foydalanishga topshirilmagani qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilishda 2023-yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

https://t.me/c/1752331301/3530
FAO O‘ZBEKISTONDA YER DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHDA YORDAM BERADI

🤝2023-yil 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi ko‘magida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilishi boshlangan «O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish» yangi loyihasining Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#yigilish #hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ormon_xojaligi_agentligi #FAO
*****
ФАО СПОСОБСТВУЕТ БОРЬБЕ С ДЕГРАДАЦИЕЙ ЗЕМЕЛЬ В УЗБЕКИСТАНЕ

🤝4 апреля 2023 года при поддержке Министерства сельского хозяйства РУ и Агентства лесного хозяйства при Министерстве природных ресурсов РУ состоялось заседание Координационного комитета проекта Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединённых Наций (ФАО) «Устойчивое управление лесами и пастбищами в засушливых экосистемах Узбекистана».

#заседание #сотрудничество #Министерство_сельского_хозяйства #Агентство_лесного_хозяйства #ФАО

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Mirziyoyev #yigilish #yoshlar

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirilgani aytib o‘tilib, shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan ayrim tumanlarda yoshlarning bandligini ta’minlash oqsayotgani tanqid qilindi va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi qayd etildi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlandi.

Bunda - yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;
- davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3052
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SHO‘RLANGAN TUPROQLARNI BOSHQARISH: XALQARO ANJUMAN GLOBAL MUAMMO YECHIMIGA BAG‘ISHLANDI

👥Toshkentda Sho‘rlangan tuproqlar xalqaro tarmog‘i (INSAS)ning ikkinchi yig‘ilishi ochildi. Ushbu tadbir bilan parallel ravishda, Yevroosiyo tuproq hamkorligining oltinchi yalpi yig‘ilishi va Sho‘rlangan tuproqlarni tahlil qilish bo‘yicha Global tuproq laboratoriyalari tarmog‘ining treningi ham o‘tkazilmoqda.

Tuproqning sho‘rlanishi undan noto‘g‘ri foydalanish, o‘g‘itlarni ortiqcha yoki nooqilona qo‘llash, o‘rmonlarning kesilishi, dengiz sathining ko‘tarilishi va boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi ushbu muammoni yanada chuqurlashtirdi. Zero, prognozlarga ko‘ra, dunyo miqyosida qurg‘oqchilikka uchragan yer maydoni XXI asr oxiriga borib 23 foizga yetishi mumkin.

Toshkentda o‘tkazilayotgan tadbirlar kun tartibidan aynan shu muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash masalalari joy olgan. Besh kun davomida 20 ga yaqin mamlakatdan 50 ga yaqin xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis-olimlar o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashadilar, shuningdek O‘zbekistonda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadilar.

#Shorlangan_tuproqlar #yigilish #trening

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVBATDAGI UCHRASHUV STRATEGIYAGA KIRITILGAN KO‘RSATKICHLARNI HISOBLASHGA BAG‘ISHLANDI

💻Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi ko‘rsatkichlarini (indikatorlar) hisoblash uchun metama‘lumotlar tizimini yaratish, Milliy oziq-ovqat balanslarini hisoblashni qo‘llab-quvvatlash uchun ma‘lumotlar tizimini ishlab chiqish mavzulari bo‘yicha maʼruzalar qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga kiritilgan indikatorlarni hisoblashda yagona yondashuvni joriy etish, yangilarini kiritish, shuningdek sohada foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar uchun ma‘lumotlarni yaratish masalalari qizg‘in muhokama qilindi.

#qishloq_xojaligi #raqamlashtirish #yigilish #oziq_ovqat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL QILISH CHORA-TADBIRLARI BELGILAB OLINDI

👥Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-iyunda qabul qilingan “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–90-sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Vazir Aziz Voitov rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik rahbariyati va mas'ul xodimlari, tizim tashkilotlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi, joylardagi boshqarmalar va tashkilotlar vakillari esa videokonferens-aloqa orqali qatnashdi.

Sohada islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish “Yo‘l xaritasi”da 2023-2024-yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 42 ta ustuvor vazifa ko‘zda tutilgani yig‘ilishda ta’kidlab o‘tildi. Ushbu ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan 22 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi belgilanganligi qayd etildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOHA OLDIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI, GALDAGI VAZIFALAR BELGILANDI

👥O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rahbarligida mamlakat agrar sohasi oldida turgan dolzarb masalalar va galdagi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videokonferens-aloqa asosida tashkil etilgan yig‘ilishda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari, tizim tashkilotlari rahbarlari, hududlardagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari qatnashdilar.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan vazir Aziz Voitov kun tartibida turgan birinchi masala – bu yilgi g‘alla o‘rim-terimini yakunlash mavzusiga to‘xtaldi. Vazir ta'kidlaganidek, shu kunga qadar 8,1 mln tonnadan ziyod g‘alla yig‘ib olindi. 2 mln tonnadan ortiq mahsulot don zaxirasi uchun jamg‘arildi. Bu yo‘nalishda respublika bo‘ylab 37 000 dan ortiq fermer xo‘jaliklari jonbozlik ko‘rsatdilar.

G‘alladan bo‘shagan maydonlarga 2023-yil hosili uchun takroriy ekinlarni ekish masalasi bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etayotganini tilga olgan vazir ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jonlantirish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ular bevosita joylarda hududiy boshqarmalar bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlayotganligini qayd etdi.

Bu yil 905 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekish mo‘ljallangan bo‘lsa, shu kunga qadar 803 ming gektar yerga ekin ekilganligi aytib o‘tildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa #galla_orim_terimi #takroriy_ekin

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EDO.IJRO.UZ” IJRO INTIZOMI IDORALARARO ELEKTRON TIZIMI

💻Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirligida 2023-yil 24-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida edo.ijro.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan foydalanishda mas’uliyatni oshirishga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, viloyat hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarining devonxona, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishdaedo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida joriy ishlash holati va sohadagi muammo va kamchiliklar hamda ishchi-xodimlar malakasini oshirish borasida qilinayotgan ishlar muhokama qilinib, ma’sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish davomida vazirlik mutasaddilari va “UNICON SOFT” MCHJ vakillari o‘rtasida edo.ijro.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida faoliyat yuritayotgan ma’sul mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

#hamkorlik #yigilish #videokonferensiya #elektron_tizim #edoijrouz

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA STRATEGIK BOSHQARUVNI MUVOFIQLASHTIRISH QO‘MITASI YIG‘ILISHI

🔰Qishloq
xo‘jaligi vazirligida Vazir Aziz Voitov boshchiligida strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish qo‘mitasining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan sohani rivojlantirishdagi islohotlar doirasida istiqbolli loyiha tashabbuslarini tanlab olish, ularni amalga oshirish hamda Reestrga kiritilgan loyihalarni realizatsiya qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish masalalari muhokama etildi.

#strategikboshqaruv #yigilish

ЗАСЕДАНИЕ КООРДИНАЦИОННОГО КОМИТЕТА СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ В МИНИСТЕРСТВЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🔰Под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова состоялась очередное заседание координационного комитета стратегического управления.

В ходе которого были обсуждены вопросы отбора министерством и его структурными подразделениями перспективных проектных инициатив, их претворения в жизнь, а также поддержки и координации процессов реализации проектов, включенных в реестр, в рамках реформ и комплексного развития сферы.

#стратегическоеуправление #заседание

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING BOKUGA TASHRIFI

🔰Boku shahrida Turkiy davlatlar II agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Qishloq xo‘jaligi vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi doirasida tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, TDT Qishloq xo‘jaligi vazirlarining birinchi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgandi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tashkilotga a'zo mamlakatlarning ilmiy-texnologik va iqtisodiy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini, eksport geografiyasini kengaytirish va jahon bozoriga chiqishni ta'minlashga imkon berishini ta'kidladi.
*****
ВИЗИТ МИНИСТРОВ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА ОРГАНИЗАЦИИ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ В БАКУ

🔰В Баку состоялся второй агробизнес-форум тюркских государств. Мероприятие было организовано в рамках второго заседания министров сельского хозяйства Организации тюркских государств (ОТГ). Напомним, что первое заседание в подобном формате прошло в Узбекистане.

Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов, в свою очередь, отметил, что научный, технологический и экономический потенциал стран-членов организации позволяет обеспечить стабильное развитие экономик данных государств и расширение географии экспорта через выход на мировой рынок.

#forum #agrobiznes #yigilish #kooperatsiya #Ozarbayjon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soha oldidagi dolzarb masalalar muhokama etildi

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi 16 ta tuman fermer xo‘jaligi va klasterlari rahbarlari, viloyat karantin inspeksiyasi va Toyloq tuman hokimi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari va masʼul rahbarlar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.

📌Vazir o‘z navbatida, fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, agrar sohada hosildorlik va mehnat unumdorligini yana-da oshirish, paxta unumdorligi, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🖋Aytish kerak, sifatli paxta xom-ashyosini yetishtirish – mashaqqatli ish. Buni ayniqsa, yillar davomida dehqonchilik qilib kelayotgan fermerlar juda yaxshi biladi. Yerga chigit qadalgandan toki uning o‘sib chiqishidan tortib yetilguniga qadar tinimsiz mehnat, kunni tunga, tunni kunga ulash talab etiladi. Ob-havoning injiqligi, tabiatning kutilmagan hodisalari esa bu masʼuliyatini yana-da oshiradi.

O‘z vaqtida olib borilgan sifatli agrotexnik tadbirlar esa paxta xom-ashyosini o‘z vaqtida yetishtirish, pirovardida iqtisodiyotimiz rivojiga munosib ulush qo‘shishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish ertangi taraqqiyot demak

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakatimizning turli tarmoq va sohalariga jadallik bilan tatbiq etilayotgani rost. Qishloq xo‘jaligi ham bundan istisno emas. Ayniqsa, tarmoqni rivojlantirishda, mahsulotlarni yetishtirishdan tortib, isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda raqamlashtirishning o‘rni katta.

🌳Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masala xususida so‘z bordi.

🖥Zamonaviy jamiyat uchun raqamli iqtisodiyot nisbatan yangi jarayondir. Davlatimiz tomonidan ham bu borada qaror amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔊Tashkil etilgan yig‘ilishda yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malakalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

#vazir #agrar #raqamlashtirish #yigilish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев мева-сабзавотчилик ва озиқ-овқат тармоғини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития плодоовощной и продовольственной отраслей.

#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X