QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Prezident #Mirziyoyev #yigilish #ipoteka_dasturi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yilgi ipoteka dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda so‘nggi olti yilda mamlakatimiz aholisi 5,5 million nafarga o‘sgani, hademay 40 millionga yetishi qayd etilib, 2017-yildan buyon 326 mingta yangi uy-joy foydalanishga topshirilgani ta’kidlandi.

2022-yilda boshlangan 31 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish dasturi bo‘yicha ishlar Andijon va Xorazmda yaxshi ketayotgani ta’kidlanib, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryodagi massivlarda hokimlarning e’tiborsizligi oqibatida birorta uy foydalanishga topshirilmagani qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilishda 2023-yilda yangi uy-joy qurish hajmini 1,5 baravarga oshirib, 90 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

https://t.me/c/1752331301/3530
#Prezident #tashrif #Sirdaryo

Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi haqida xabar bergan berdik.

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari sessiyadagi nutqida Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot bo‘yicha “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari barcha tashabbuslar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3039
#Prezident #Mirziyoyev #yigilish #yoshlar

Ayni daqiqalarda Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda yoshlar siyosati bo‘yicha ishlarni mahallada tashkil etish bo‘yicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor o‘g‘il-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirilgani aytib o‘tilib, shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan ayrim tumanlarda yoshlarning bandligini ta’minlash oqsayotgani tanqid qilindi va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi qayd etildi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlandi.

Bunda - yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar “yaxshi” toifaga;

- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh “o‘rta” toifaga kiritildi;
- davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar “ahvoli og‘ir” toifasiga alohida ajratib olindi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3052
#Prezident #Mirziyoyev #qishloq_xojaligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dala chetlarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishning ustuvor vazifalarini belgilab berdi.

Bu haqda joriy yil 23-mart kuni qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda topshiriq berilgan edi. Shundan so‘ng Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilgan xatlovda 60 ming gektarga yaqin dala chetlaridan to‘liq foydalanilmayotgani aniqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu maydonlardan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qo‘shimcha mahsulot olish imkoniyati bor.

Taqdimotda qayd etilganidek, bu ishlarni Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tashkil etadi. Buning uchun agronomlar mavsumiy ishga qabul qilinadi. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Agentlikka biriktiriladi.

Dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun urug‘, ko‘chat, o‘g‘it va suv ta’minoti maqsadlariga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ham muhim. Shu bois quritish va sovitish uskunalarini xarid qilishga 50 milliard so‘m ajratiladi.

Dala chetidagi zovur va suv bo‘ylarida 600 ming bosh parranda boqish hamda qariyb 300 mingta asalari uyasi joylashtirish imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.


https://t.me/shmirziyoyev/16784
#Prezident #qishloq_xojaligi #kartoshkachilik

19-aprel kuni
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida kartoshkachilikni rivojlantirishga qaratilgan reja va takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Davlat rahbari mamlakatimizda kartoshkaga bo‘lgan talab qariyb 4 million tonnani tashkil etayotganini, shuning 80 foizdan ortig‘i respublikamizda yetishtirilib, qolgan qismi import hisobidan to‘ldirilayotganiga eʼtibor qaratdi.

Taqdimotda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 500 tonna elita kartoshka urug‘larini 1 ming 700 ta aholi tomorqalariga bepul tarqatish, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasi yuklatildi.

Kartoshkachilikdagi muammolar, yechimlar va rejalar xususida batafsil o‘qing.

https://t.me/shmirziyoyev/16810
🔰Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Davlatimiz rahbari bugun – 3-may kuni ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi, Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi, Germaniya energetika agentligi, o‘ttizga yaqin eng yirik kompaniya va banklar rahbarlari qatnashdi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va texnologik sheriklikni kengaytirish bo‘yicha 9 milliard yevrolik yangi savdo, moliya va investitsiya bitimlari imzolandi. “Yashil” energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, metallurgiya, suv ta'minoti, qishloq xo‘jaligi, kimyo, tog‘-kon, avtomobil, to‘qimachilik, elektrotexnika sanoati va boshqa yo‘nalishlardagi katta loyihalar shular jumlasidan.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng ko‘lamli va jiddiy tebranishlar sharoitida Germaniya biznesi uchun samarali va ishonchli makon bo‘lishga tayyorligini ta'kidladi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga muvofiq, xususiy mulk daxlsizligi kafolatlari kuchaytirildi, davlat halol raqobat va sud tizimi mustaqilligi uchun sharoit yaratishiga oid qoidalar aniq mustahkamlab qo‘yildi.

👉Batafsil

#Prezident #safar #hamkorlik #Ozbekiston #Germaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Konstitutsiya #referendum

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Unda davlatimiz rahbari o‘z nutqining avvalida Konstitutsiya bo‘yicha referendum yakunlariga to‘xtaldi.

“Xabaringiz bor, shu yil 30-aprel kuni mamlakatimiz hayotida hech shubhasiz tom ma’nodagi ulkan tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik” – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari xalq bilan muloqot qilib, uning fikrini olib, Asosiy qonunimizni takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shgan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolariga, barcha deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar vakillariga, qonun loyihasini xalqaro standartlar asosida ishlab chiqishda faol ishtirok etgan olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarga, referendum jarayonlarini haqqoniy yoritib, o‘zining xolis fikrlarini bildirgan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga, xalqaro kuzatuvchilarga alohida tashakkurlar aytdi.

Shuningdek, Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz suverenitetini yanada mustahkamlashda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan bog‘liq xavf-xatarlar, suv taqchilligining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha yangi tashabbus va dasturlar ishlab chiqilishi va hamkorlarimiz bilan birga faol ish olib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

Batafsil

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
#Prezident #videoselektor #energiya_manbalari

Prezident raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika majmuasi rahbariyati oldida viloyat hokimlari bilan birga yoz mavsumida hududlarda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qoplash, elektr tarmoqlarining yuqori yuklama sharoitida uzluksiz ishlashini ta’minlash, tarmoq va hududlarda energiyani tejash vazifalari turganligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shuningdek, prezident mamlakatimizda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming so‘mdan to‘lanishi e’lon qilinganini, ular "Quyoshli xonadon" tizimiga ulanib, tegishli to‘lovlarni olishlari mumkinligini alohida ta'kidladi.

Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi.
Jumladan:

— Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit to‘lovlarining 4 foizi qoplab beriladi;

— xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, so‘mda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil" kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3105
#Prezident #safar #delegatsiya #Ozbekiston #XXR

Sian shahridagi Tan sulolasi bogʻida "Markaziy Osiyo—Xitoy" birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi, — deb xabar bermoqda Prezident.uz sayti.

Xabarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib olgani, oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoyning boy tarixi va madaniyatini oʻzida aks ettirgan, yorqin sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etilgani haqida soʻz yuritilgan.

https://t.me/shmirziyoyev/17200
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra, Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari va hukumat vakillari kutib olishdi. Ikki davlat yetakchilari shohsupaga ko‘tarilgach, mamlakatlar madhiyalari yangradi.

Samarqand shahridagi Kongress markazida davlat rahbarlari va rasmiy delegatsiyalarning hamkorlikdagi muzokalari bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #Prezident #muzokaralar #delegatsiya #Ozbekiston #Qatar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🖋Oliy darajadagi muzokalar yakunlangach, ikki mamlakat rahbarlari huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan ikki tomonlama 15 ta hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan ushbu hujjatlar tarkibidan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi hamda “O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumlar ham o‘rin olgan.

#xalqaro_hamkorlik #Prezident #muzokaralar #delegatsiya #memorandum #Ozbekiston #Qatar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan joriy yilning 7-9-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi. Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida bo‘lib o‘tadi.

Rim dunyodagi eng go‘zal shaharlardan biridir. U G‘arb sivilizatsiyasining markazi deb ham ataladi. Dunyoning eng muhim yodgorligi bo‘lgan Kolizey ham shu yerda. Ushbu yodgorlikni ko‘rmasdan Rimdan qaytib kelishni xohlaydigan odam bo‘lmasa kerak.

Hozir esa, biz sizni Rim ko‘chalari bo‘ylab g‘oyibona sayohat qilishga taklif etamiz.

#Prezident #xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #Ozbekiston #Italiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan joriy yilning 18-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘ldi.

Tashrif davomida Tehron shahridagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

#Prezident #tashrif #Eron #hujjatlar #uchrashuv

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
#Prezident #videoselektor #investitsiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda yil boshida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish vazifalarining ijrosi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha vazirlik va tarmoq kompaniyalardagi ahvol ham yaxshi emasligi qayd etildi.

Investitsiya olib kelish u yoqda tursin, ayrim rahbarlar mablag‘i ancha avval kelgan loyihalarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilishda investitsiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyihani tezlashtirish va 12,1 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi.

Jumladan, davlat investitsiya dasturi doirasida 11,5 milliard dollarlik 272 ta yirik loyihani muddatidan oldin foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi.

Bunda har bir loyihaga biriktirilgan vazir, vazir o‘rinbosarlari, bank rahbarlari mas’ul va javobgar bo‘ladi. Umuman, hududlardagi 89 ta yirik loyihani muddatidan oldin ishga tushirish uchun infratuzilma masalasi hal qilib beriladi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3193
#Prezident #videoselektor #investitsiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektr yig‘ilishida yangi loyihalar hisobidan qo‘shimcha 3 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, so‘nggi ikki yilda Saudiya Arabistoni, Fransiya, Vengriya, Singapur, Misr, Germaniya, Xitoy, Italiya, Qatar va boshqa davlatlar bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlarda juda katta kelishuvlarga erishildi.

Investitsiya jalb qilish bo‘yicha Vengriya, Pokiston, Tailand, Chexiya va Yaponiya bilan hamkorlikda ijobiy o‘zgarishlar borligi ta’kidlandi. Ushbu davlatlardan o‘tgan yili bor yo‘g‘i 40 million dollar investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 450 million dollarga ko‘paydi.

Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan shakllantirilgan investitsiya loyihalari ularning salohiyati va imkoniyatlariga mos emasligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Sanoat korxonalarini tezroq ishga tushirish uchun Hukumat komissiyasining vakolatlari kengaytiriladi.

“Takror aytaman. Agar bu ishlarni hozirdan to‘g‘ri tashkil qilsak, iqtisodiyotimizda keskin o‘sish bo‘ladi, ish o‘rinlari va aholi daromadlari ko‘payadi”, dedi davlatimiz rahbari.

Ayni paytda vazirlar, hokimlar, tarmoq va bank rahbarlari elchilar hamda Hukumat komissiyasi oldida turgan vazifalar belgilab berilmoqda, mutasaddilarning axboroti tinglanmoqda.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3196
O'ZBEKISTON PREZIDENTI BOKUGA KELDI

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi.

🔸Haydar Aliev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

🔸Bugun bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

#PREZIDENT #BOKU

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISTIQLOL BAYRAMI – BARCHAMIZNING BAYRAMIMIZ, MUSTAQIL O‘ZBEKISTON – BARCHAMIZNING FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ!

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni tabrikladi.

ПРАЗДНИК НЕЗАВИСИМОСТИ – НАШ ОБЩИЙ ПРАЗДНИК, А НЕЗАВИСИМЫЙ УЗБЕКИСТАН – НАША ОБЩАЯ ГОРДОСТЬ И ЧЕСТЬ!

В парке "Янги Узбекистон" состоялись торжества, посвященные 32-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.

#Prezident_tabrigi #bayram #Mustaqillikkuni

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 28-konferensiyasi ishtirokchilari bilan birgalikda suratga tushdi hamda yetakchilar bilan global sammit ochilishiga yo‘l oldi.

#repost #Prezident #iqlim_ozgarishi

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM