QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#prezident #Sirdaryo #Президент #Сырдарья

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanidagi “Politeks Sirdaryo paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasini borib ko‘rdi.

**********

Президент Шавкат Мирзиёев посетил предприятие хлопково-текстильного кластера «Политекс Сирдарё» в Сайхунабадском районе.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#prezident #Sirdaryo #Президент #Сырдарья

Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Sirdaryo viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

**********

В Сайхунабадском районе с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по мерам экономического и социального развития Сырдарьинской области.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#prezident  #Sirdaryo

PREZIDENT
SIRDARYO VILOYATIDAGI BIR QATOR QISHLOQ XO‘JALIGI OBYEKTLARIDA BO‘LDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligidagi ishlar holati, aholi hayoti bilan tanishish maqsadida bugun Sirdaryo viloyatiga keldi.

Bu yil viloyatda 75 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ayni paytda qariyb 80 ming gektar yerga g‘alla ekilmoqda.

Davlatimiz rahbari Sirdaryo tumanidagi “Arslon bobo” va “Omonboy o‘g‘li Tugal” fermer xo‘jaliklari, shuningdek, Sayxunobod tumanidagi “Shukronalik mo‘jizalari” fermer xo‘jaligi dalasini ko‘zdan kechirdi.

"Xalqimiz «mehr ko‘zda» deganidek, sizlar bilan ko‘rishib, hormanglar deb keldim, dedi Shavkat Mirziyoyev. – Adolatli hakam bo‘lsa, aytish mumkinki, Sirdaryoda ham o‘zgarish bo‘layapti. Lekin zamon shunday shiddat bilan o‘tayaptiki, odamlarning niyatlari ilgarilab ketyapti. Shunga yarasha sharoit yaratish, xalqimiz talabini qondirish uchun yangi-yangi rejalar qilishimiz kerak. Bugun aziz Sirdaryo ahliga rahmat aytish bilan birga, erishilayotgan natijalar bardavom bo‘lishi uchun, tumanlarning, odamlarning biri ikki bo‘lishi uchun zarur yo‘nalishlarni belgilagani keldik".

Fermerlar qishloq xo‘jaligida imkoniyatlar kengayib, manfaatdorlik oshgani, majburiy mehnat tugatilgani, qo‘shimcha mahsulotlar yetishtirilayotganini aytishdi.

👉BATAFSIL

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“POLY TEX SIRDARYO KLASTER”IDA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI MAVSUMGA TAYYOR

Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanidagi “Poly tex Sirdaryo klaster” 2019-yilda tashkil etilgan. Klasterda 100 tа doimiy va 20 tа mavsumiy ish o‘rni yaratilgan. Joriy yil yanvar oyida klaster qiymati 37,1 mlrd so‘mlik 53 ta zamonaviy resurs tejamkor qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta`minlandi.

#klaster #texnika #agrotexnika #traktor #kombayn #kultivator #Sirdaryo
*****
СЕЛЬХОЗТЕХНИКА «POLY TEX SIRDARYO KLASTER» К СЕЗОНУ ГОТОВА

«Poly tex
Sirdaryo klaster» в Сайхунабадском районе Сырдарьинской области создан в 2019 году. В кластере создано 100 постоянных и 20 сезонных рабочих мест. На январь 2023 года стоимость сельскохозяйственной техники кластера составляла 37,1 млрд сумов, в эту сумму вошла стоимость 53 единиц современной ресурсоэффективной сельскохозяйственной техники.

#кластеры #техника #агротехника #трактор #комбайн #сенокосилка #сеялка #Сырдарья

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDAN YANA BIR PILOT LOYIHA: SIRDARYODA ORGANIK QORA SEDANA YETISHTIRISH BOSHLANDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vazirligi Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi va “Crop production organic Ltd” kompaniyasi ilk pilot loyihaga qo‘l urdi.

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida bir necha yillardan buyon foydalanilmasdan kelayotgan qarovsiz 20 gektar yer maydoni tanlab olindi. Dastlab bu yerda qo‘l mehnati va zamonaviy texnika yordamida ishlov berildi. Unumdor nam tuproq pestitsid va kimyoviy ishlovsiz ekish uchun tayyor holatga keltirildi. Jahon standartlari asosida tayyor yerga 300 kilogramm organik qora sedana urug‘i ekildi.

#agroinfo #qora_sedana #Sirdaryo #organik
*****
ПРОЕКТ МИНСЕЛЬХОЗА: В СЫРДАРЬЕ НАЧАЛИ ВЫРАЩИВАТЬ ОРГАНИЧЕСКИЙ ЧЕРНЫЙ ТМИН

🔰Управление по развитию органического производства и надлежащей сельскохозяйственной практике Минсельхоза и компания «Crop production organic Ltd» приступили к реализации первого пилотного проекта.

В Сырдарьинском районе Сырдарьинской области выделено 20 гектаров заброшенной земли, которая несколько лет не использовалась. Ее обрабатывали как вручную, так и с помощью современного оборудования. Плодородная влажная почва была подготовлена ​​к посадке без пестицидов и химической обработки. В соответствии с мировыми стандартами на подготовленной земле было посажено 300 килограммов органических семян черного тмина.

#агроинфо #черный_тмин #Сырдарья #органика

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BIR GURUH TALABALAR SIRDARYODAGI KLASTERLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

👨‍🎓Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining bir guruh talabalari Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Bek klaster” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

#IAU #talaba #klaster #Sirdaryo
*****
ГРУППА СТУДЕНТОВ ОЗНАКОМИЛАСЬ С ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ КЛАСТЕРОВ В СЫРДАРЬЕ

👩‍🎓Группа студентов Международного сельскохозяйственного университета (IAU) при поддержке Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан ознакомилась с деятельностью предприятия «Бек Кластер» в Сырдарьинской области.

#студенты #кластер #Сырдарья

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining bir guruh talabalari Sirdaryoda bo‘lib, viloyatdagi zamonaviy issiqxonalar, agroklasterlar faoliyati bilan tanishgani haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida maxsus reportaj namoyish etildi. Unda talabalarning bulg‘or qalampiri, baqlajon va boshqa sabzavot mahsulotlarini gidroponika usulida yetishtirish va ularni qadoqlash, agroklasterlarda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #talabalar #IAU #klasterlar #Sirdaryo

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Prezident #tashrif #Sirdaryo

Biroz avval Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi haqida xabar bergan berdik.

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlat rahbari sessiyadagi nutqida Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot bo‘yicha “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari barcha tashabbuslar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3039
QISHLOQ XO‘JALIGI UCHUN YANGI AGROINDUSTRIAL PARK TASHKIL ETILADI
🇺🇿🤝🇨🇳
Har tomonlama konstruktiv va manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuv «CITIC Construction» kompaniyasi prezidenti Yao Tang bilan kechdi.

Aytish joiz, ushbu kompaniya O‘zbekistonda bir necha yillardan beri samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Asosiy faoliyati qurilish, bunyodkorlik va loyihalash hisoblanadi. Bu uning mamlakatimizdagi olib borayotgan yo‘nalishi. Ayni damda ushbu kompaniya qishloq xo‘jaligi sektoriga ham katta qiziqish bildirmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida kompaniya prezidenti Yao Tang “CITIC Construction” Sirdaryo viloyati Xovos tumanida umumiy qiymati 500 mln. dollarlik O‘zbekiston-Xitoy agroindustrial parkini (agrologistika, qayta ishlash, sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqarish va boshqalar) tashkil etish loyihasini amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #agroindustrial_park #CITIC_Construction #Sirdaryo #Ozbekiston #XXR

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON-XITOY: HAMKORLIKDA YANGI EKIN NAVLARI YETISHTIRILMOQDA

🔰Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi safari bilan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Dastlab vazir “Peng Sheng” qo‘shma korxonasi tarkibiga kiruvchi Teyan Chang va Agroekotexnologiya MChJlardagi ish jarayoni bilan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Peng Sheng” qo‘shma korxonasi o‘ziga xos agrologistika kompleksini tashkil etishga juda katta e’tibor bilan yondashmoqda. Misol uchun MChJ shaklidagi Teyan Chang va Agroekotexnologiya korxonalari hozirgi kunda 16 gektarlik issiqxona, 67 gektarlik paxta, 103 gektarlik uzumzor hamda 42 gektarlik piyoz ekish maydoniga ega bo‘lib, bugungi kunda bu korxonalarda o‘rtacha hisobda 190 nafar doimiy, 450 nafar mavsumiy ishchilar ish bilan ta’minlangan. Mazkur korxona tarkibidagi jelatin ishlab chiqaruvchi korxonada ham ish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #agroekotexnologiya #jelatin #Sirdaryo #Ozbekiston #Xitoy
*****
В РАМКАХ СОТРУДНИЧЕСТВА УЗБЕКИСТАНА И КИТАЯ ВЫРАЩИВАЮТСЯ НОВЫЕ СОРТА СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ КУЛЬТУР

Сегодня министр сельского хозяйства Азиз Воитов посетил Сырдарьинскую область с рабочим визитом. Первыми адресами в программе значились общества с ограниченной ответственностью «Теян Чанг» и «Агроэкотехнология», входящих в структуру совместного предприятия «Пенг Шенг».

ООО «Теян Чанг» и «Агроэкотехнология» в настоящее время имеют в арсенале 16 га тепличных хозяйств, 67 га хлопчатника, 103 га виноградников и 42 га посевов лука, где занято в среднем 190 постоянных и 450 сезонных рабочих. Процесс выработки желатина на производстве в составе совместного предприятия продолжается интенсивно.

#сельское_хозяйство #министр #визит #агроэкотехнология #желатин #Сырдарья #Узбекистан #Китай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
YANGI LOYIHA – SIRDARYOGA BO‘LGAN KATTA QIZIQISH SAMARASI

🔰O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Sirdaryoga tashrifi davomida Sayxunobod tumanidagi ishlar bilan ham tanishdi.

Bu yerda “Sayxunobod naslchilik chorvasi” MChJ va Xitoyning “Tyang Jing Kayting” xorijiy kompaniyasi hammuassisligida tashkil etiladigan qo‘shma korxona tomonidan “10 ming bosh chorva klasteri, sut, go‘sht, ichak va terini qayta ishlash hamda yuqori sifatli o‘g‘it ishlab chiqarish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Sayxunobodda quriladigan korxona natijasida beshta loyiha ishga tushiriladi. Ularning umumiy qiymati 30 million dollarni tashkil etadi. Loyiha quvvati 36 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga teng bo‘lib, uning doirasida ikki yuzta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #chorva_klasteri #sut #Sirdaryo
*****
НОВЫЙ ПРОЕКТ – РЕЗУЛЬТАТ БОЛЬШОГО ИНТЕРЕСА К СЫРДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

🔰В ходе визита в Сырдарьинскую область министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов ознакомился с проводимой работой в Сайхунабадском районе.

Здесь состоялась презентация проекта организации кластера ООО «Сайхунобод наслчилик словами» совместно с китайской компанией «Тян Цзин Кайтинг», включающего 10 000 голов крупного рогатого скота, мощности по переработке молока, мяса, кожи и производство высококачественных удобрений.

В результате строительства предприятия в Сайхунабаде будет запущено пять проектов. Их общая стоимость составляет 30 миллионов долларов США. Мощность проекта составляет 36 тысяч тонн продукции, помимо этого будет создано двести новых рабочих мест.

#сельское_хозяйство #министр #визит #молоко #Сырдарья

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SIRDARYODA G‘ALLA O‘RIMI BOSHLANDI

🌾Kuni kecha sirdaryoliklar ham g‘alla o‘rimiga kirishdilar. Viloyatning Boyovut, Xovos, Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin, Guliston va Sirdaryo tumanlarida 2023-yilgi hosilini nes-nobud qilmay yig‘ib-terib olish ishlariga start berildi.

Joriy yilda sirdaryoliklar 73 ming gektar maydonda boshoqli don parvarishlab, undan 540 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirib olishni maqsad qilgan. O‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan olib borish maqsadida 280 dan ziyod yuqori unumli don o‘rish kombaynlari va 843 ta tashish texnikalari jalb qilindi.

O‘rim mavsumi arafasida bevosita joylarda rizq-ro‘zimiz bo‘lgan bug‘doyni qisqa muddatlarda, nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishga oid seminarlar tashkil qilingani mavsumni ko‘tarinki ruhda va samarali o‘tkazishga zamin yaratdi, deydi mutaxassislar.

Darhaqiqat, Sirdaryodagi klasterlar, fermerlar, kombaynchilar va bu jarayonga mas'ul bo‘lgan boshqa mutasaddilar o‘z oldida turgan vazifalarni chuqur his qilgan holda, yig‘im-terim ishini uyushqoqlik bilan boshladilar.

#yigim_terim #galla #boshoqli_don #Sirdaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SIRDARYO G‘ALLAKORLARI BELGILANGAN MARRAGA YETDILAR

🌾Yig‘im-terim ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi oldinga qo‘yilgan maqsadga bor-yo‘g‘i 16 kunda erishish imkonini berdi.

Viloyatda ekin maydonlarining o‘tgan yillardagiga qaraganda qisqargani ham, suv taqchilligi, qish-bahor oylarining dehqonchilik uchun noqulay kelgani ham Sirdaryo mirishkorlarini shashtlaridan qaytara olmadi.

Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy agrotexnik tadbirlar, ilm-fanning amaliyotga tatbig‘i, shaxsiy manfaatdorlikka berilgan e'tibor va eng muhimi – yerga bo‘lgan mehr va fidokorona mehnat erishilgan natijalar omili bo‘ldi.

Sirdaryoda bu yil g‘alla uchun 76,2 ming gektar yer ajratildi. Hozirga qadar 64,2 ming gektar yerda 465 ming 500 tonna don yig‘ib olindi. Bu esa, viloyat uchun rekord ko‘rsatkich – gektariga 72,5 sentnerlik natijaga erishilganini anglatadi. Quvonarlisi shundaki, viloyatdagi ayrim fermer xo‘jaliklari 85-100 sentnerdan hosil olishga muvaffaq bo‘ldilar.

G‘alla hosili uchun kurashda g‘olib kelgan sirdaryolik mirishkorlar bir kun bo‘lsin, tin olmay, yangi kurashga bel bog‘ladilar – g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish agrotexnik tadbirlarini amalga oshirishga kirishdilar. G‘allasi o‘rib olingan maydonlarni peshma-pesh somondan tozalab, takroriy ekin ekishga yerni tayyorlamoqdalar va takroriy ekinlar ekish rejasini olmoqdalar.

#G'alla #Sirdaryo #o'rim_yig'im #hosil #takroriy_ekin

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
ILGʻOR TASHABBUSLARNING AMALIYOTGA TATBIGʻI

🔰Sirdaryoda “Qishloq xoʻjaligida ilgʻor rivojlanishni amaliyotda tashkil etish” mavzusiga bagʻishlangan seminar ish boshladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashmoqda.

Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi:

“Qishloq xoʻjaligida bugungi zamon, bugungi kun talabiga mos boʻlgan yaxshi tashabbus va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish uchun, avvalo, ularni yaxshilab oʻrganib, ichiga kirib, puxta rejalashtirib, keyin amalga oshirishimiz lozim. Bugungi seminar doirasida mana shu nazariya va tashabbuslarni oʻrganib, muhokama qilib, amaliyotimizga joriy etsak boʻladi. Ushbu seminar mana shu borada yaxshi imkoniyat beradi”.

#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XORIJIY TAJRIBA, ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA VA YANGI NAVLAR – KATTA HOSIL GAROVI

🔰Seminar ishtirokchilari viloyatdagi “Agro Eko Technology” MChJga qarashli 67 gektar maydonda Xitoy tajribasi asosida parvarishlanayotgan g‘o‘za maydoniga tashrif buyurishdi.

Ushbu maydonlarda chigitning "Sulton" navi plyonka ostiga qator orasi 76 sm qilib ekilgan bo‘lib, bu yerda 100% tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.

Hozirgi kunda maydonda asosan g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari olib borilmoqda. 3 marta o‘sishni sozlovchi biostimulyatorlar bilan suspenziya sepildi.

Maʼlumot o‘rnida. Sirdaryo viloyatida joriy 2023-yil hosili uchun jami 77,5 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda. Viloyatda tuproq-iqlim sharoitiga mos va turli stress omillarga bardoshli 3 ta yangi g‘o‘za navlari (Ravnaq-1, Yuksalish, SSB-Klaster-1) ekilgan maydon 4,0 ming gektarga kengaytirildi va ertapishar navlar maydoni 67 foizga yetdi.

Shuningdek, 2019-2023 yillar davomida 13 ming (17 %) ga paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilindi.

Natijada yiliga 26 mln kubometrga yaqin suv tejalib, hosildorlik gektariga 26,2 sentnerdan 32,1 sentnerga yetkazildi, ya'ni o‘rtacha paxta hosildorligi 6,0 sentnerga (123 %) oshirildi.

#seminar #paxta #tomchilatib_sugorish #hosildorlik #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIRDARYODAGI AGROTASHABBUSLAR – MUTAXASSISLAR E'TIBORIDA

🍇Sirdaryo viloyatida o‘tayotgan seminar ishtirokchilari Sirdaryo tumanidagi “PENG SHENG” MCHJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi bo‘ldilar. Bu yerda tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirokchilar eʼtiboriga zamonaviy texnika va texnologiyalar havola etildi.

Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari “Peng Sheng Charm” korxonasiga borib, bu yerdagi jelatin ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. Aytish kerakki, ushbu ishlab chiqarishning loyiha qiymati 8,9 mln dollar bo‘lib, yiliga 468 tonna mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Qishloq xo‘jaligida katta maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan seminar qatnashchilarining navbatdagi manzili Sirdaryo tumanidagi “Agro eko texnologiya” MChJga qarashli 110 gektar yer maydonida yetishtirilayotgan uzum plantatsiyasi etib belgilandi. Sirdaryo tumanida 2019- yilda “Agro Eko Texnologiya” MChJ tomonidan 70 gektar yerga uzumzor barpo etilgan edi. Keyinchalik, korxona o‘z faoliyatini yana 40 gektar maydonga kengaytirdi. Hozirda jami 110 gektar maydonni qamrab olgan uzumzorda to‘liqligicha tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Bu uzumzorlar 30 gektar maydonda “Kaberne Frans” va 25 gektardagi “Pino nuar” hamda 55 gektarda “Toifi” uzum navlari parvarish qilinmoqda.

Eʼtiborlisi, uzumzorlarning gektaridan o‘rtacha 150-160 sentnerdan hosil olinib, shu yerning o‘zida qayta ishlab, vino ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

#seminar #tomchilatib_sugorish #uzumzor #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLINING IJTIMOIY MUHOFAZASINI KO‘ZLAGAN LOYIHALAR

🌱Seminar doirasida Sirdaryo viloyatdagi Boyovut tumanida joylashgan “Ijtimoiy issiqxonalar” faoliyati bilan ham tanishildi.

Prezident tashabbusi bilan respublikada foydalanilmay bo‘sh turgan dala chetlarida hamda kollektor-drenajlar atroflarida ixcham “Ijtimoiy issiqxona”lar tashkil qilinib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tayyor holda ajratilishi belgilangan.

Boyovut tumanida ham “Boyovut limonchlik klasteri” MChJning 148 gektar maydonida jami 1600 ta quyosh nuridan isitiladigan “Ijtimoiy issiqxonalar” tayyor holda qurib, aholiga topshiriladi. Bu esa 3200 dan ortiq aholi bandligi ta`minlanishi demakdir. Ijtimoiy issiqxonalarni qurib, ishga turishishga xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 15 mln dollar yo‘naltiriladi.

E`tiborlisi, tumanda 2,5 sotixli issiqxona tayyor holda qurib, aholiga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan kredit hisobidan topshiriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqxonalardan yiliga 2-3 marta hosil olinib, 5-6 ming dollar daromad ko‘riladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir loyiha bilan tanishish maqsadida seminar qatnashchilari tumandagi "Hasanboy-Husanboy" fermer xo‘jaligida bo‘ldilar. Bu yerda ular takroriy ekinlar ekish hamda ehtiyojmand oilalarga 1 gektardan yer maydoni ajratish jarayoni bilan tanishishdi.

Fermer xo‘jaligida g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydonlariga mosh kabi dukkakli ekinlar ekilib, “S.Ayniy” MFY da istiqomat qilayotgan 10 nafar ehtiyojmand oilalarning har biriga 1 gektardan ajratib berildi. Agar 1 gektardan 2 tonnadan mosh hosili olinadigan bo‘lsa, har bir oila o‘rtacha 20 mln so‘mdan sof daromadga ega bo‘ladi. Mana sizga imkoniyat, mana sizga daromad.

#seminar #Ijtimoiy_issiqxona #takroriy_ekin #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ILG‘OR TASHABBUSLARNI QO‘LLASHDA SIRDARYO TAJRIBASI O‘RGANILDI

🔰Sirdaryoda agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Bu tadbirning Sirdaryoda o‘tkazilishi bejiz emas. Zero ushbu viloyatda bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida yirik innovatsion loyihalar, yangicha g‘oya va tashabbuslar hayotga joriy etilmoqda.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalanish, tomchilatib sug‘orish va boshqa suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, intensiv bog‘lar barpo qilish, “Ijtimoiy issiqxonalar” joriy qilish orqali aholi farovonligini oshirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda
Sirdaryo tajribasi o‘rnak bo‘larli darajada.

Seminar ishtirokchilariga ushbu loyihalar bilan bevosita tanishib, chuqur va atroflicha o‘rganish va viloyat tajribasini kelgusida respublika ko‘lamida keng yoyish imkoniyati taqdim etildi.

Seminarning nazariy qismida qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda joriy qilish, bu boradagi e'tiborga molik jihatlar xususida fikr almashildi.

Tadbirning amaliy qismida viloyatdagi agrar obyektlarga tashrif buyurilib, ular faoliyati bilan atroflicha tanishildi. Ish tajribalari o‘rganildi, bu yerda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnikalar unumdorligi, suvni tejovchi texnologiyalar samarasi, ekin ekish va parvarishlashga yangicha yondashuvlarning afzal jihatlari bevosita ish jarayonida o‘rganildi. Seminar ishtirokchilari tadbirda tanishib, o‘rganilgan yangicha yondashuv, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarni butun respublika miqyosida keng tatbiq etish lozimligini bir ovozdan ma'qulladilar.

#seminar #tomchilatib_sugorish #uzumzor #Ijtimoiy_issiqxonalar #tomchilatib_sugorish #intensiv_boglar #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM