QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🤝Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida "Green week 2023" doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Bavariya oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Davlat kotibi Hubert Bittlmayer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟢2021-yilda ishga tushirilgan qishloq xo‘jaligida fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashga qaratilgan ACIS dasturini Bavariya davlat qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot markazi tajribasi asosida tadbiq etish va Respublikaning barcha hududlarida ACIS markazlarini tashkil etish rejalari;

🟢Bavariya bilan hamkorlikda innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

🟢сhorvachilik bo‘yicha O‘zbekistonga yirik va mayda qoramollarning yuqori mahsuldor zotlarini yetkazish.

Bavariya vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikning imkoniyat va salohiyat uyg‘unligida o‘zaro amaliy yo‘nalishlariga e’tibor qaratdilar.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Bavariya
*****
🤝В Берлине (Германия), в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с госсекретарем Министерства продовольствия, сельского и лесного хозяйства Баварии Хубертом Биттльмайером.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟢Налаживание сотрудничества и обмен опытом с Баварским государственным исследовательским центром сельского хозяйства;

🟢Инновационный элемент аграрного развития;

🟢Совместная работа с Баварской федеральной ассоциацией животноводства по вопросам поставок эмбрионов и семенного материала высокопродуктивных пород крупного и мелкого рогатого скота в Узбекистан.

В ходе встречи с представителями Баварии стороны обратили внимание на взаимные практические направления сотрудничества.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Бавария

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri Bolorchuluun Khayangaa bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟢qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish va bayonnomani kelishish;

🟢Ikki davlat o‘rtasida go‘sht va qandolat mahsulotlari, yong‘oq, shokolad, pechenye, vino, tamaki kabi mahsulotlarni o‘zaro yetkazib beradigan kompaniyalar ro‘yxatini tuzish va ular bilan shartnomalar imzolash.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Moguliston
*****
🤝В рамках «Green week 2023» в столице Германии Берлине состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова и министра продовольствия, сельского хозяйства и легкой промышленности Монголии Болорчулуун Кхаянгаа.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟢Достижение соглашений о реализации совместных проектов в области сельского хозяйства и согласование протокола;

🟢Составление списка компаний, осуществляющих взаимные поставки мяса и кондитерских изделий, орехов, шоколада, печенья, вина, сигарет между двумя странами и заключение с ними договоров.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Монголия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vaxid Kirishchi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟠“TAGEM” qishloq xo‘jaligi ilmiy-siyosiy tadqiqotlari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirish;

🟠Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida sugʻurtalashni joriy etish uchun Turkiyaning “Tarsim” tizimini oʻrganish;

🟠Hamkorlikni faollashtirish va Turkiyaning muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan parrandachilik, asalarichilik, shuningdek, yem-xashak urug‘lari ishlab chiqarish bo‘yicha oilaviy kooperativlarni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish;

🟠O‘zbekistonda pista yetishtirishni rivojlantirish.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Turkiya
*****
🤝В Берлине (Германия), в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова и министром сельского и лесного хозяйства Турции Вахидом Киришчи.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟠Развитие сотрудничества с Главным управлением сельскохозяйственных научных и политических исследований "Tagem";

🟠Изучение турецкой системы "Tarsim" для внедрения страхования в сельском хозяйстве в Узбекистане;

🟠Активизация сотрудничества и реализация проектов с турецким Координационным агентством (TIKA) по созданию семейных кооперативов по птицеводству, пчеловодству, а также производству кормовых семян;

🟠Развитие производства фисташек в Узбекистане.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Турция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniya poytaxti Berlin shahrida «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Fransiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Mark Feno o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
🟢uzumchilik sohasini yanada rivojlantirish;

🟢O‘zbekistonda agrologistik markaz tashkil etish;

🟢“INRAE”, “CIRAD” va “IDELE” kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda bog‘dorchilik, uzumchilik, chorvachilik va veterinariya sohalarini rivojlantirish.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Fransiya
*****
🤝В рамках «Green week 2023» в столице Германии Берлине состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова и министра сельского хозяйства Франции Марка Фено.

На встрече обсуждались следующие темы:
🟢дальнейшее развитие виноградарства;

🟢Создание агрологистического центра в Узбекистане;

🟢Развитие садоводства, виноградарства, животноводства и ветеринарии в Узбекистане в сотрудничестве с компаниями ”INRAE“, “CIRAD” и “IDELE”.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Франция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰“Made in Uzbekistan” stendimiz Berlindagi “Green week-2023” xalqaro ko‘rgazmasida o‘z ishini davom ettirmoqda. 240 kvadrat metr maydonga ega O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorlarning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Jumladan: 227 turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariyangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, shuningdek, qayta ishlangan sut va goʻsht mahsulotlari, yogʻ va yogʻ mahsulotlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, un va un mahsulotlari, margarin mahsulotlari va boshqalar.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya #Made_in_Uzbekistan
*****
🔰Наш стенд «Made in Uzbekistan» продолжает свою работу на международной выставке «Green week 2023». На стенде Узбекистана площадью 240 квадратных метров представлены национальные продукты от более чем 60 предпринимателей из Республики Каракалпакстан, регионов страны и города Ташкента.

Среди них: 227 видов сельскохозяйственной и продовольственной продукции – свежие и обработанные фрукты и овощи, а также переработанные молочные и мясные изделия, масложировая продукция, безалкогольные напитки, кондитерские изделия, мука и мучные изделия, маргариновые продукты и многое другое.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #Узбекистан #Германия #Made_in_Uzbekistan

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🤝Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilayotgan "Green week 2023" doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Kanada Qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari vaziri o‘rinbosari Mishel Kuper bilan uchrashdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🔴O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish;

🔴Don mahsulotlari ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish;

🔴Investitsiyalar va texnologiyalar;

🔴Chorvachilik va genetik muhandislikni rivojlantirish.

Tomonlar hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qildilar. Umumiy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilindi. Ishchi guruh kelishuvlarni kuzatib boradi va tashkiliy masalalarni hal qiladi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Kanada
*****
🤝В Берлине, Германия, в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с заместителем министра сельского хозяйства и агропродовольствия Канады Мишель Купер.

На встрече обсуждались следующие темы:

🔴Развития и диверсификации системы финансирования аграрного сектора в Узбекистане.

🔴Производство зерновой продукции и установление сотрудничества между профильными НИИ.

🔴Инвестиции и технологии.

🔴Развитие животноводства и генная инженерия.

Стороны обсудили обширную повестку сотрудничества. Было решено создать совместную рабочую группу по реализации общих инициатив. Рабочая группа будет вести мониторинг договорённостей и решать организационные вопросы.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Канада

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING BERLIN KONFERENSIYASI

🗣71 nafar Qishloq xo‘jaligi vazirlari o‘ndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari bilan birga 15-Berlin konferensiyasida butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga doir masalalarni muhokama qilish uchun yig‘ildi.

Anjumanda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rasmiy nutq so‘zladi.

Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston milliy va global oziq-ovqat transformatsiyasi jarayoniga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir.

Bugungi kunda, mamlakatimiz tomonidan imtiyozli kreditlash dasturlari orqali jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qishloq aholisi, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka rag‘batlantirish, ularning turmush tarzini yaxshilash qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatimiz uchun uchta muhim jihatni qayd etdi: deregulyatsiya, inklyuzivlik, ekologik barqarorlik va hosildorlikning o‘sishini rag‘batlantirish;
oziq-ovqat transformatsiyasi hamda 2023-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Global konferensiyaga ilmiy yondashish.

“Mamlakatda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”, shuningdek, oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilingan.

Bu borada suv resurslari, energetika, oziq-ovqat va ekologiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydigan
Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimiz ham muhim ahamiyatga ega”,dedi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z nutqida.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin #konferensiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “No comment”dasturida “Berlinda xalqaro yashil haftalik: O‘zbekiston agrosanoati uchun yangi imkoniyatlar” sarlavhasi ostida qisqa lavhalar efirga uzatildi.

#repost #Ozbekiston_24 #Germaniya #Berlin #xalqaro_yashil_haftalik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“GREEN WEEK 2023” O‘ZBEKISTON ISHTIROKI NATIJALARI

🔰Berlinda 84-Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi – “Green week 2023” nihoyasiga yetmoqda. Ko'rgazma davomida butun dunyodan 1 700 dan ortiq eksponentlar dunyo miqyosida shuhrat qozongan eng xilma-xil mahsulotlarning 100 mingga yaqin turini namoyish etishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu ko'rgazma doirasida oziq-ovqat bilan bog'liq 300 dan ortiq turli forumlar, seminarlar, kongresslar va uchrashuvlar tashkil etildi va o'tkazildi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZ MEVA-SABZAVOTLARI GERMANIYALIK YOSHLARGA MANZUR BO‘LDI

Berlinda ochilgan 84-xalqaro «Green week 2023» ko‘rgazmasi ham nihoyasiga yetay deb qoldi. Yashil haftalikning navbatdagi kunida Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Jem O‘zdemir ikkinchi bor O‘zbekiston stendiga tashrif buyurdi.

U bu safar germaniyalik bir guruh yoshlar bilan birgalikda ko‘rgazmada namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari yurtimizda meva-sabzavot mahsulotlari va poliz ekinlarini yetishtirish, pishib yetilgan meva va sabzavotlarni navlarga ajratish va kalibrlash hamda ularni qayta ishlash, sublimatsiya va quritish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, ekologik tozaligi e’tirof etilgan ushbu mahsulotlar dunyoning 70 dan ortiq davlatlariga eksport qilinayotgani, jumladan, Germaniyaga yurtimizdan qanday qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilayotgani haqida ham ma’lumotlar berildi.

O‘z o‘rnida vazir Jem O‘zdemir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining inson salomatligidagi ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, bu mahsulotlar yurtimizda tabiiy sharoitda, organik usulda yetishtirilishini e’tirof etdi. Shu bilan birga u ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan bo‘lgan uchrashuvda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni olganini, vazirlik rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga sazovorligini aytib o‘tdi.

Namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tatib ko‘rgan germaniyalik yoshlar ko‘rgazmada turli davlatlar orasida, aynan, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari manzur bo‘lganini e’tirof etishdi. Shuningdek, vazir Jem O‘zdemir boshchiligidagi germaniyalik yoshlar, o‘zbek milliy taomlari va shirinliklar bilan ham mehmon qilindi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM