QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING BERLIN KONFERENSIYASI

🗣71 nafar Qishloq xo‘jaligi vazirlari o‘ndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari bilan birga 15-Berlin konferensiyasida butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga doir masalalarni muhokama qilish uchun yig‘ildi.

Anjumanda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rasmiy nutq so‘zladi.

Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston milliy va global oziq-ovqat transformatsiyasi jarayoniga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir.

Bugungi kunda, mamlakatimiz tomonidan imtiyozli kreditlash dasturlari orqali jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qishloq aholisi, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka rag‘batlantirish, ularning turmush tarzini yaxshilash qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatimiz uchun uchta muhim jihatni qayd etdi: deregulyatsiya, inklyuzivlik, ekologik barqarorlik va hosildorlikning o‘sishini rag‘batlantirish;
oziq-ovqat transformatsiyasi hamda 2023-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Global konferensiyaga ilmiy yondashish.

“Mamlakatda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”, shuningdek, oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilingan.

Bu borada suv resurslari, energetika, oziq-ovqat va ekologiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydigan “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimiz ham muhim ahamiyatga ega”,
dedi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z nutqida.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin #konferensiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “No comment”dasturida “Berlinda xalqaro yashil haftalik: O‘zbekiston agrosanoati uchun yangi imkoniyatlar” sarlavhasi ostida qisqa lavhalar efirga uzatildi.

#repost #Ozbekiston_24 #Germaniya #Berlin #xalqaro_yashil_haftalik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“GREEN WEEK 2023” O‘ZBEKISTON ISHTIROKI NATIJALARI

🔰Berlinda 84-Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi – “Green week 2023” nihoyasiga yetmoqda. Ko'rgazma davomida butun dunyodan 1 700 dan ortiq eksponentlar dunyo miqyosida shuhrat qozongan eng xilma-xil mahsulotlarning 100 mingga yaqin turini namoyish etishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu ko'rgazma doirasida oziq-ovqat bilan bog'liq 300 dan ortiq turli forumlar, seminarlar, kongresslar va uchrashuvlar tashkil etildi va o'tkazildi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM