QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI 1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI BILAN BARCHA BOLAJONLARNI TABRIKLAYDI!

👶🏻Bolalik...
Bu hali bahor tugamasdan barglar orasidan mo‘ralab turadigan ko‘ksulton-u dovuchchalarning nordon ta'mi, qo‘shnining polizidagi handalaklar tarovati, maktab yonida istiqomat qiluvchi Rahmonqul bobo so‘yib beradigan tarvuzlar toti, darsdan so‘ng uyga qaytishda, yo‘l yoqasidagi uzumzordan qorovul Abduvohid boboning ko‘zini shamg‘alat qilib, ming bir hadik ila olib chiqib sinfdosh qizlarga ilinadiganimiz uzumlar mazasi, endigina tandirdan chiqqan shirmoy nonni suvga oqizoq qilib yeyish rohati bilan yodda qolgan.

👦🏻Bolalik... Hosili yig‘ishtirib olingan dalalardan terilgan kartoshka, sabzi, jo‘xorilarni cho‘g‘da pishirish kabi xotiralar bilan ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Umrning bu pallasi hattoki butun qishloq xo‘jaligi ekinlari yig‘ishtirib olingan yaydoq dalalardan ham xohlaganingizcha zavqlanish imkonini beradigan beg‘ubor davr. Bu bebaho davr inson umrining baxtiyor damlari hisoblanadi.

👧🏻Shunday ekan, barcha bolalarga unutilmas, shirin va quvonchli damlar tilaymiz.

#1_iyun #xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni #tabrik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram