QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Tabrik #Vazir #Konstitutsiya #30yil #Bayram #8_dekabr

🇺🇿Qishloq xo‘jaligi sohasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularning eksportini ko‘paytirish, hosil sifatini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan kompleks islohotlar muntazam amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizning mehnatkash xalqi tufayli amalga oshirilmoqda vа bu mehnatni Konstitutsiyamiz himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkinligimiz va farovonligimizning huquqiy kafolati bo‘lib, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soladi. Shuni esda tutish kerakki, u xalqimizning boy, tarixiy va huquqiy merosining ko‘p asrlik tajribasi va maʼnaviy qadriyatlari asosida yaratilgan.

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimga tinchlik va farovonlik tilayman. Xalqimiz amalga oshirayotgan har bir amal O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan doimo himoya qilinsin.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri
Aziz Voitov.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yurt muhofazasi, xalq osoyishtaligi, O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida fidokora xizmat qilayotgan barcha soha vakillarini muborakbod etadi hamda sharafli kasblarida kuch va matonat tilaydi!

✨️Ona Vatanga sadoqat va fidoyiligingiz hamisha tahsinga loyiq. Sizga yurt va chegara sarhadlarining osoyishtaligi hamda tinchligini taʼminlashda, adolat va barqarorlikni mustahkamlashda bukilmas iroda, bitmas-tuganmas sabr-toqat, jasorat yor bo‘lsin!

Samimiy tilaklar bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi!

#bayram #tabrik #vatan_himoyachilari_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan
samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿Hayotingiz doim sharaf va zafarlarga boy bo‘lsin.

Vatan himoyachilariga ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini asrab-avaylashida kuch-quvvat tilaymiz!

#bayram #tabrik #vatan_himoyachilari_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✨️Qishloq xo‘jaligi vazirligida ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi ✨️

🌹Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan munis ayollar, latofatli opa-singillarimiz uchun o‘zgacha kun bo‘ldi. Vazirlik ishchi-xodimlari nazokatli ayollarimiz uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etdi.

🎻Qizil gilam, gullar, jonli musiqa, olqishlar, kamera miltillashi, iliq tilaklar - vazirlikda ishlab kelayotgan go‘zal ayollarimizni asosiy kirish joyidan shunday kutib olishdi. Ayni damda har bir ayol bunday tantanali yig‘ilishdan, yaratilgan muhitdan o‘zining yoqimli hayajon va hayratini bildirdi.

💐Ularga sovg‘alar va gullar taqdim etildi. Vazirlik foyyesida yorqin fotohudud, oshxonada bayram dasturxoni tashkil etildi.

✨️Bunday e’tibor va bayramni uyushqoqlik bilan o‘tkazganliklari uchun vazirlik tizimidagi barcha xotin-qizlari samimiy minnatdorlik va minnatdorchilik bildirdilar.

#bayram #tabrik #ayollar_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎁Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida faoliyat olib borayotgan munis ayollar, latofatli opa-singillarimiz uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

#bayram #tabrik #ayollar_kuni
*****
🎁В преддверии Международного женского дня 8 марта, мужская половина Министерства сельского хозяйства Узбекистана организовала торжественное празднование для всех сотрудниц ведомства.

#праздник #Международный_женский_день

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA AYOLLARI UCHUN BAYRAM TADBIRI

✨️Bugun Toshkent davlat agrar universitetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayramga tashrif buyurgan xotin-qizlarni eshik oldida gul va ajoyib tilaklar bilan kutib olindi.

#bayram #tabrik #tadbir #ayollar_kuni
*****
ПРАЗДНИЧНОЕ МЕРОПРИЯТИЕ ДЛЯ ЖЕНЩИН АГРАРНОГО СЕКТОРА

✨️В Ташкентском государственном аграрном университете состоялось праздничное мероприятие, посвященное 8 марта - Международному женскому дню. Женщин, пришедших в гости на праздник, встречали у дверей цветами и чудесными пожеланиями.

#праздник #Международный_женский_день #поздравление #мероприятие

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ayollar, aziz opa-singillar!
✨️Siz biz uchun tuganmas mehr, ezgulik va iroda manbai, oila timsolidirsiz. Inson hayoti va jamiyat rivojida siz – munis ayollarimizning o‘rni beqiyos. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz.

Bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida ham tinimsiz mehnat qilib kelayotgan ayollarimizning soni ortib bormoqda. Ulardagi yaratuvchanlik qobiliyati, mehr-muruvvat, g‘amho‘rlik kabi nozik hilqat vakillariga mansub fazilatlar aynan yerga don qadash yoki mevali daraxt nihollarini o‘tqazishdan boshlab, ularni voyaga yetgunga qadar parvarishlashda ham qo‘l kelmoqda.

Siz opa-singillarimizning oilada suyukli yor, mehribon ona, sarishtali uy bekasi bo‘lishingiz bilan birga agrar sohadagi ayollar ishlashi uchun xos bo‘lmagan dala ishlaridan ham tap tortmay yangi yerlarni o‘zlashtirayotganingiz, mevali bog‘lar yaratayotganingiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hatto eksportga ham chiqarayotganingiz tahsinga sazovordir.

Sizlar orqali butun O‘zbekistonimizdagi mehridaryo onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizga mazmunli umr, mustahkam sog‘lik, ish va o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini hamda o‘tayotgan har bir kuningiz quvonchli onlarga, hursandchiliklarga to‘liq bo‘lishini tilayman.

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollari, munis onaxonlarimiz, mehribon opa-singillarimiz, go‘zal qizlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov

#vazir #bayram #tabrik #8_mart #Xalqaro_xotin_qizlar_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉Ushbu bayramda biz turli yoshdagi, kasbdagi insonlardan ayollarni baxti va bu tuyg‘uning barcha uchun ahamiyati haqidagi fikrlarini bilishga urindik. Shuningdek, chellenjda erkaklar ayollarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladilar.

#bayram #tabrik #ayollar_kuni #8_mart
*****
🎉В этот праздничный день предлагаем послушать мнения людей разных профессий и возрастов о том, что они думают о женском счастье и что для каждого это значит. А мужчины искренне и душевно поздравили женщин с 8 марта!

#праздник #поздравление #Международный_женский_день #8_марта

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Yer, tuproq sayyoramizdagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarining asosi va poydevoridir.
Sog‘lom va xavfsiz oziq-ovqat yerning sifatiga bog‘liq. Uning holati iqlim o‘zgarishini yumshatishda muhim ahamiyatga ega. Yerni asrash va resurslardan to‘g‘ri foydalanish bevosita ekologiya bilan bog‘liq.

Tuproq – tirik organizm. U tabiatga hayot baxsh etadi. Qahramonimiz butun umri davomida tuproq sinovlari bilan shug‘ullangan. Yer – dunyodagi eng bebaho boylik, deya e’tirof etadi qahramonimiz Inna Kojenkova.

🌐To‘liq video

#bayram #tabrik #8_mart #Xalqaro_xotin_qizlar_kuni #tuproq
*****
🔰Почва – это главный ресурс нашей планеты, основа и фундамент всего продовольствия. Здоровая почва также играет важную роль в смягчении последствий изменения климата. Это живой организм, дающий жизнь всему остальному.

Наша сегодняшняя героиня всю свою жизнь занимается землей. Знакомьтесь - Инна Ивановна Коженкова, начальник почвенной лаборатории ГУП «Аналитический центр качества, состава и репозитории почв».
«Почва – это то, что нас кормит. Когда мы берем ее в руки, то чувствуем что-то родное и теплое»,
– говорит Инна Ивановна. Для нее это самое дорогое сокровище в мире.

🌐Полное видео

#праздник #поздравление #8_марта #Международный_женский_день #почва

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI 1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI BILAN BARCHA BOLAJONLARNI TABRIKLAYDI!

👶🏻Bolalik...
Bu hali bahor tugamasdan barglar orasidan mo‘ralab turadigan ko‘ksulton-u dovuchchalarning nordon ta'mi, qo‘shnining polizidagi handalaklar tarovati, maktab yonida istiqomat qiluvchi Rahmonqul bobo so‘yib beradigan tarvuzlar toti, darsdan so‘ng uyga qaytishda, yo‘l yoqasidagi uzumzordan qorovul Abduvohid boboning ko‘zini shamg‘alat qilib, ming bir hadik ila olib chiqib sinfdosh qizlarga ilinadiganimiz uzumlar mazasi, endigina tandirdan chiqqan shirmoy nonni suvga oqizoq qilib yeyish rohati bilan yodda qolgan.

👦🏻Bolalik... Hosili yig‘ishtirib olingan dalalardan terilgan kartoshka, sabzi, jo‘xorilarni cho‘g‘da pishirish kabi xotiralar bilan ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Umrning bu pallasi hattoki butun qishloq xo‘jaligi ekinlari yig‘ishtirib olingan yaydoq dalalardan ham xohlaganingizcha zavqlanish imkonini beradigan beg‘ubor davr. Bu bebaho davr inson umrining baxtiyor damlari hisoblanadi.

👧🏻Shunday ekan, barcha bolalarga unutilmas, shirin va quvonchli damlar tilaymiz.

#1_iyun #xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni #tabrik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15-OKTYABR XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasiga asosan 15-oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni deb eʼlon qilingan. Yurtimizda ham ushbu sana 2019-yildan beri anʼanaviy nishonlab kelinmoqda. Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasiga oʻzlarining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan qishloq ayollari - munis opa-singillarimizni mazkur sana bilan samimiy qutlaymiz!

#15_oktyabr #qishloq_ayollari #qishloq_xoʻjaligi #tabrik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MAʼRIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

Qishloq xo‘jaligi vazirligida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov, Toshkent davlat Agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Sayyora Xolmirzayeva hamda vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining shakllanish bosqichlari, ona tilimizning hozirgi siyosiy ahamiyati, ish hujjatlarida qo‘llanilishi hamda agrar sohada tilimiz meyorlariga rioya qilinishi yuzasidan fikrlar almashilindi. Shuningdek, Sayyora Xolmirzayeva tilimizning boy tarixi haqida so‘zlab berar ekan, uning hozirgi holatga kelguniga qadar necha-necha og‘ir yo‘llar bosib o‘tilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov tadbir qatnashchilarini 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, ona tilimizning kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini alohida qayd etdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori bilan #onatilimfaxrim xeshtegi ostida fotosuratga tushishdi.

#ona_tili #millat #tabrik #onatilimfaxrim

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM