QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Eurasia_SDI #O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Bugun Belorussiya respublikasining Minsk shaharida «Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha VII-Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI)» bo’lib o’tmoqda.

Ushbu konferensiyada dasturiy ta'minot, sun'iy yo‘ldosh, uchuvchisiz uchish qurilmalariga doir yetakchi xalqaro kompaniyalarning taqdimotlari, davra suhbatlari tashkil etilib, ko‘rgazma stendlari namoyishi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida “
OzdavyerloyihaDILI Qishloq xo’jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etish va unda fazoviy ma’lumotlar o’rni mavzusi bo’yicha taqdimot bilan chiqishi belgilangan.

VII- Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI) - ma'muriy samaradorlik, yangi iqtisodiy qiymatni yaratishdagi axborot infratuzilmasi uchun ma'lumot bilan ta'minlovchi vosita bo‘lib, u ko‘p tarmoqli sanoatni kengaytirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “Ozdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, Rossiya Federatsiyasining Mineralniye vodi shahrida o‘tayotgan “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazmada butun dunyodan tashrif buyurgan 1000 dan ortiq bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, yer yuritish xo‘jaliklari hamda soha olimlarini bir joyga to‘plash bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Rossiya va Yevropa davlatlarining ilg‘or kompaniyalari agrar sohasidagi zamonaviy va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etadilar.

Mazkur konferensiya doirasida “OzdavyerloyihaDILI vakillari tomonidan rivojlangan mamlakatlarning bog’dorchilik sohasidagi yer tuzish ishlarini o‘rganish, boshqa manfaatli tashkilotlar bilan do'stona munosabatlarni o‘rnatish va kelgusida qo‘shma hamkorliklarni amalga oshirish rajalashtirilgan.
#E_lon #O_zdavyerloyiha_DILI #Doktorantura

Qishloq xo‘jaligi vazirligi "O'zdavyerloyiha" DILI 06.01.10-Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi ixtisosligi bo'yicha 2022 yil uchun tanlov e'lon qiladi.

Talabgorlar: http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro'yxatdan o'tadilar.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Seminar

Ayni damda “Ozdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutida Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, Moskva davlat universiteti tuproqshunoslik fakulteti tuproq fizikasi va melioratsiyasi bo'limining yetakchi ilmiy xodimi - Sapojnikov P.M. bilan hamkorlikda qishloq xo’jaligi yerlarini boshqarish, ularni qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik va shu bilan bog’liq mavzularda 2 kunlik maruza-seminari boshlandi.

Mazkur seminarda markaziy apparat bo’lim boshliqlari, yer tuzuvchi xodimlar hamda institut doktorantlari ishtirok etishmoqda.

2 kunlik maruza-seminar doirasida:

- Qishloq xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanishni qonuniy qo'llab quvvatlash;
- Qishloq xo'jaligi yerlari bo'yicha davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish kontseptsiyasi;
- Yer nazorati to'g'risidagi qonun hujjatlari. Yerni nazorat qilish turlari;
- Qishloq xo'jaligi yerlarini garovga qo'yish hususiyatlari mavzularida ochiq darslar
o’tilishi rejalashtirilgan
#O_zdavyerloyiha_DILI #Yoshlar_siyosati #QVZ

Qishloq xo’jaligi vazirligi “Ozdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan o’tkazilgan yoshlar forumida barcha hududlardan yig’ilgan yoshlar tashabbusiga asosan “Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni” ga bag’ishlangan “Bosh direktor kubogi” quvnoqlar va zukkolar ko’rik tanlovining ilk saralash bosqichiga start berildi.

Institutimiz tarixida birinchi marotaba
o’tkazilayotgan Bosh direktor kubogi Quvnoqlar va zukkolar ko’rik tanlovining ilk saralash bosqichi Buxoro viloyatida bo'lib o'tmoqda.
💠Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima
va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.

⚙️Shu bilan bir qatorda algoritmlar rivojlanib borar ekan, chiroyli va noyob illyustratsiyalar yaratish hamma uchun ochiq bo'ldi. Bu vazifa oddiy ko'rsatmalar asosida ijodiy tarkibni sintez qiluvchi xizmatlar tomonidan soddalashtirilgan.

🧠"O'zdavyerloyiha" instituti faoliyati bilan bog'liq ushbu tasvirlar Sun’iy intellekt tasvirlar generatori tomonidan yaratilgan.

#O_zdavyerloyiha_DILI #Sun_iy_intellekt

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston 24 telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida "Davlat idoralarida xotin-qizlarning o‘rni" mavzusida o‘tkazilgan forum haqida lavha efirga uzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ozdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan tashkillashtirilgan ushbu forumda mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, oila munosabatlarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

#repost #maxsus_reportaj #O_zdavyerloyiha_DILI

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🌱 Qishloq xo‘jaligi barchamiz uchun

📈 Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan tizimda har bir xodimni qo‘llab quvvatlash, qishloq xo‘jaligi sohasi har bir xonadon uchun, barchamiz uchun tamoyilida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸 Shu jumladan "Ozdavyerloyiha" instituti hamda hududiy bo‘linmalar tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining Respublikamizda uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi Oltiariq tumanidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 1 500 ta uzum qalamchalari yetkazib berildi.

Ta'kidlash joizki, Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tomonidan yetib kelgan qalamchalar hududiy bo‘linma xodimlariga ham tarqatib berilmoqda.

👥 Xodimlarning tomorqa yerlariga ekilgan qalamchalar 3-4 yilda hosilga kirib oila uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.

#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Qoraqalpog_iston_Respublikasi #Farg_ona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM