QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Eurasia_SDI #O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Bugun Belorussiya respublikasining Minsk shaharida «Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha VII-Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI)» bo’lib o’tmoqda.

Ushbu konferensiyada dasturiy ta'minot, sun'iy yo‘ldosh, uchuvchisiz uchish qurilmalariga doir yetakchi xalqaro kompaniyalarning taqdimotlari, davra suhbatlari tashkil etilib, ko‘rgazma stendlari namoyishi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI Qishloq xo’jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etish va unda fazoviy ma’lumotlar o’rni mavzusi bo’yicha taqdimot bilan chiqishi belgilangan.

VII- Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI) - ma'muriy samaradorlik, yangi iqtisodiy qiymatni yaratishdagi axborot infratuzilmasi uchun ma'lumot bilan ta'minlovchi vosita bo‘lib, u ko‘p tarmoqli sanoatni kengaytirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.