Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INTENSIV BOG‘: AFZALLIK VA IMKONIYATLAR
🌱 Bugun mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish, bog‘lar barpo etish ommalashmoqda. Sababi, bunday usulda mahsulot yetishtirish oddiy usulda yetishtirgandan ko‘ra, bir necha marotaba tejamkor va samaralidir.
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ barpo etish uchun “Grapes and Gardens Investment” AJ ga 2020-yilda 151 gektar yer maydoni ajratib berilgandi.
Ushbu maydonlarning 100 gektariga intensiv usulda 11 turdagi o‘rik, 50 gektariga 3 xil navdagi gilos ko‘chatlari ekildi. Tajriba tariqasida barpo etilgan ushbu bog‘dagi daraxtlar bugun g‘arq meva solgan.
#intensiv_bog #meva_sabzavot #daraxt
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
JOMBOYDAGI INTENSIV BOG‘DA O‘ZGACHA USLUB
🌳Bog‘ barpo etish, uning hosilidan xalqni bahramand etish savobli amallardan hisoblanadi. Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda birgina bog‘ barpo etish uchun yillarni sarflash esa bog‘dorchilik uchun maqbul yechim emas. Shu bois ham respublikamizda intensiv bog‘lar barpo etish va unda yetishtiriladigan hosilni mahalliy bozorlarimizga va eksportga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bizga taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2023-yilda Respublika hududi bo‘ylab, aholi va dehqon xo‘jaliklarida — 89,9 ming gektar hamda fermer xo‘jaliklarida 247,4 ming gektar (shundan 70 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar), jami 337,3 ming gektar mevali bog‘lar parvarish qilinmoqda. Mamlakatimizdagi mavjud mevali bog‘lardan 3 mln tonna hosil olish rejalashtirilgan. 70 ming gektar intensiv bog‘larda yetishtirilayotgan hosildorlik o‘rtacha 150-200 sentnerni tashkil etmoqda.
#intensiv_bog #mevali_boglar #fermer_xojaliklari #Samarqand
*****
СВОЕОБРАЗНЫЙ МЕТОД ВЫРАЩИВАНИЯ ПРОДУКЦИИ В ИНТЕНСИВНОМ САДУ В ДЖАМБАЙСКОМ РАЙОНЕ
🌳Посадить сад и дать людям насладиться его плодами — во всех отношениях достойное дело. В сегодняшнем быстро меняющемся мире тратить годы только на один сад — не лучшая идея для садоводства. Поэтому в республике создаются интенсивные сады, продукция которых поступает как на внутренний, так и на внешние рынки.
По имеющейся информации, в республике в 2023 году на приусадебных участках и дехканских хозяйствах разбиты фруктовые сады на 89,9 тыс. га и в фермерских хозяйствах — на 247,4 тыс. га (из них интенсивные сады — 70 тыс. га). Всего площадь подобных садов составляет 337,3 тыс. га. Планируется собрать 3 млн тонн плодов. Средняя урожайность 70 тыс. га интенсивных садов составляет 150-200 ц.
#интенсивные_сады #фруктовые_сады #фермерское_хозяйство #Самарканд

QORAQALPOG‘ISTONNING AGRAR SOHADAGI IMKONIYATLARI O‘RGANILMOQDA
🔰O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘zdan kechirish, joylarda amalga oshirilayotgan loyihalarning izchilligini ta’minlash maqsadida ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.
Dastavval vazir Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi – AKISning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiali uchun foydalanishga taklif etilgan binosi bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Xo‘jayli tumaniga yo‘l oldi. Tumandagi “Mild Asia tekstile” MChJning 45,8 gektar yer maydoniga paxta ekilgan. 90 gektar yerga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan.
Mazkur klasterning hududiga yondosh 8 gektar yer maydonida yangi intensiv bog‘ barpo qilish rejasi aynan shu yerda ma’lum qilindi. Yangi loyiha muhokamasi chog‘ida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etiladigan bog‘ning Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitiga mos bo‘lishi nuqtai-nazaridan fikrlar bildirildi.
#vazir #tashrif #AKIS #intensiv_bog #paxta #Qoraqalpogiston

YAKKABOG‘DA MEVACHILIK: ELGA – DARMON, TADBIRKORGA – DAROMAD
🥬Yurtimizda meva-sabzavotchilik uchun juda qulay muhit mavjud. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar esa, qalbida qo‘ri bor har bir inson uchun agrobiznes bilan shug‘ullanishda ajoyib sharoitlarni yaratmoqda.
Mana shunday vatandoshlarimizdan biri – Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanilik Gulsanam Jo‘raqobilova 2005-yilda o‘z tumanida bog‘ yaratishni niyat qiladi. Shu maqsadda “DARMON FARM” korxonasini tashkil etadi.
Tuman hokimligi tadbirkorning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bog‘ uchun jami 484,8 gektar yer ajratib beradi. Shundan 200 gektarga zamonaviy intensiv bog‘, 84,8 gektarga mahalliy bog‘ barpo etiladi. 210 gektar yerda esa uzumzor tashkil qilinadi.
Uzoq o‘rganishlar, qiyoslash va saralashlar samarasi o‘laroq, Avstriya, Polsha, Italiyadan mevani qayta ishlovchi zamonaviy uskunalar keltirildi. Rossiyadan 5000 tonnali keskin muzlatish imkoniyatiga ega muzlatish ombori olib kelindi. Faoliyat kengayib, yiliga 20 000 tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lindi. Ishchilar soni yuzdan oshdi.
Hozirda korxona soatiga 5 tonna meva-sabzavotni qayta ishlab, pyure tayyorlamoqda. Shuningdek, soatiga 2 tonna olmani qayta ishlab, sharbat ishlab chiqarmoqda. Bir necha turdagi sabzavot barra va muzlatilgan holida xorijga eksport qilinmoqda.
#qishloq_xojaligi #meva_sabzavot #intensiv_bog #mahalliy_bog #uzumzor #muzlatgich #qayta_ishlash #Qashqadaryo
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram