QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
CHO‘L HUDUDLARIGA ISHLOV BERISHDA ISROIL TAJRIBASI QO‘LLANILADI
🇺🇿🤝🇮🇱
Rim konferensiyasi doirasidagi uchrashuvlar, muzokaralar davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Isroil Qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlari vaziri Avi Dixter o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Isroil qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlanishi bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar safida. Shuni alohida taʼkidlash joizki, mamlakat ekinlarni iqlim sharoitiga moslashtirish, qurg‘oqchilikka yuz tutgan yerlarga ishlov berish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha namunaviy tajribaga ega.

Maʼlumki, Orolqum — dunyodagi eng yosh sahro bo‘lib, uning taʼsiri kelajak ekotizimiga ham tahdid soladi. Mana shu taʼsirlarni yumshatish va u yerdagi ekotizmni saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri isroillik mutaxassislarni Orolbo‘yiga taklif qildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #iqlim #suv_resurslari #ekotizim #Ozbekiston #Isroil

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

Bugun jahon hamjamiyati insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri global iqlim o‘zgarishi ekanligini tan olmoqda.

Hozirgi kunga kelib, dunyo miqyosida har bir davlat ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlanishi uchun o‘zidagi bor imkoniyatlarini to‘liq ishga solmoqda.
☀️ Iqlim o‘zgarishi mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Кeyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste’moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zaxiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

📈 Aytish joizki, bu borada O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda katta ishlarga qo‘l urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jahonning ilg‘or mamlakatlari bilan hamkorlikda loyihalar hayotga joriy etilmoqda.

Suv resurslarini axborotlashtirish va kerakli miqdordagi suvni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali suv resurslari yo‘qotilishining oldini olish bilan suv resurslaridan yanada samarali foydalanish mumkin.

Xususan, O‘zbekiston kabi yog‘ingarchilik kam va suvni ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlarda suv resurslaridan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

#ekologiya #tomchilatib_sugorish #suv_resurslari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM