QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.59K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGIDA EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

Bugun jahon hamjamiyati insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri global iqlim o‘zgarishi ekanligini tan olmoqda.

Hozirgi kunga kelib, dunyo miqyosida har bir davlat ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlanishi uchun o‘zidagi bor imkoniyatlarini to‘liq ishga solmoqda.
☀️ Iqlim o‘zgarishi mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Кeyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste’moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zaxiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

📈 Aytish joizki, bu borada O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda katta ishlarga qo‘l urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jahonning ilg‘or mamlakatlari bilan hamkorlikda loyihalar hayotga joriy etilmoqda.

Suv resurslarini axborotlashtirish va kerakli miqdordagi suvni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali suv resurslari yo‘qotilishining oldini olish bilan suv resurslaridan yanada samarali foydalanish mumkin.

Xususan, O‘zbekiston kabi yog‘ingarchilik kam va suvni ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlarda suv resurslaridan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

#ekologiya #tomchilatib_sugorish #suv_resurslari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHISH - DAVR TALABI

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan Mamlakat platformasi doirasidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishchi guruhining “Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish” mavzusiga bag‘ishlangan ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy dasturni amalga oshirish chora-tadbirlarining yakuniy loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi kabi sohaga aloqador bir qancha vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish borasidagi "Yo‘l xaritasi"ning yakuniy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda iqlim o‘zgarishiga bog‘liq holda yer va suv resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etish, iqlim o‘zgarishi omillarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish, chorvachilikni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va tarmoqda atmosferaga issiqxona effektini hosil qiluvchi gazlar ajralishini kamaytirish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va sug‘urtalash tizimini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va unga bo‘layotgan tasirni kamaytirishda jahon tajribalari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kabi bir qator yechimlar muhokama qilindi.

#iqlim #ekologiya #islohotlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM