QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.3K photos
2.52K videos
5 files
8.32K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
XITOY O‘ZBЕKISTONDAGI YIRIK AGROLOGISTIK MARKAZNI INVЕSTITSIYALASHGA TAYYOR

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning “CITIC GROUP” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Yibo Vang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Xitoy
*****
КИТАЙ ГОТОВ ИНВЕСТИРОВАТЬ В КРУПНЫЙ АГРОЛОГИСТИЧЕСКИЙ ЦЕНТР УЗБЕКИСТАНА

🤝В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась встреча министра сельского хозяйства Азиза Воитова с делегаций из Китая во главе с Йибо Вангом, заместителем генерального директора Департамента сельского хозяйств «CITIC GROUP».

#международное_сотрудничество #министр #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #Китай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CAMC ENGINEERING: “O‘ZBEKISTON BILAN HAMKORLIKKA TAYYORMIZ”

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi o‘rtasida video-konferensaloqa tarzidagi uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi texnikasi va tomchilab sug‘orish tizimlari yetkazib berilishi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashdi va Xitoy tomonini bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va zamonaviy texnika-texnologiya bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Xitoy
*****
«CAMC ENGINEERING»: «МЫ ГОТОВЫ К СОТРУДНИЧЕСТВУ С УЗБЕКИСТАНОМ»

🤝Состоялась встреча в формате видеоконференцсвязи между руководством Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и китайской компании «CAMC Engineering». В рамках мероприятия обсуждались возможности поставки сельхозтехники и систем капельного орошения.

Министр сельского хозяйства Азиз Воитов, принявший участие во встрече, ознакомил китайскую сторону с проводимой в нашей стране работой по модернизации сельского хозяйства и оснащению его современной техникой и технологиями.

#международное_сотрудничество #министр #встреча #сельское_хозяйство #Узбекистан #Китай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #safar #delegatsiya #Ozbekiston #XXR

Sian shahridagi Tan sulolasi bogʻida "Markaziy Osiyo—Xitoy" birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi, — deb xabar bermoqda Prezident.uz sayti.

Xabarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va rafiqasi tantanali kutib olgani, oliy martabali mehmonlarga saroy oldidagi maydonda Xitoyning boy tarixi va madaniyatini oʻzida aks ettirgan, yorqin sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etilgani haqida soʻz yuritilgan.

https://t.me/shmirziyoyev/17200
O‘ZBEKISTON-XITOY: HAMKORLIKDA YANGI EKIN NAVLARI YETISHTIRILMOQDA

🔰Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi safari bilan Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Dastlab vazir “Peng Sheng” qo‘shma korxonasi tarkibiga kiruvchi Teyan Chang va Agroekotexnologiya MChJlardagi ish jarayoni bilan tanishdi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Peng Sheng” qo‘shma korxonasi o‘ziga xos agrologistika kompleksini tashkil etishga juda katta e’tibor bilan yondashmoqda. Misol uchun MChJ shaklidagi Teyan Chang va Agroekotexnologiya korxonalari hozirgi kunda 16 gektarlik issiqxona, 67 gektarlik paxta, 103 gektarlik uzumzor hamda 42 gektarlik piyoz ekish maydoniga ega bo‘lib, bugungi kunda bu korxonalarda o‘rtacha hisobda 190 nafar doimiy, 450 nafar mavsumiy ishchilar ish bilan ta’minlangan. Mazkur korxona tarkibidagi jelatin ishlab chiqaruvchi korxonada ham ish jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #agroekotexnologiya #jelatin #Sirdaryo #Ozbekiston #Xitoy
*****
В РАМКАХ СОТРУДНИЧЕСТВА УЗБЕКИСТАНА И КИТАЯ ВЫРАЩИВАЮТСЯ НОВЫЕ СОРТА СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ КУЛЬТУР

Сегодня министр сельского хозяйства Азиз Воитов посетил Сырдарьинскую область с рабочим визитом. Первыми адресами в программе значились общества с ограниченной ответственностью «Теян Чанг» и «Агроэкотехнология», входящих в структуру совместного предприятия «Пенг Шенг».

ООО «Теян Чанг» и «Агроэкотехнология» в настоящее время имеют в арсенале 16 га тепличных хозяйств, 67 га хлопчатника, 103 га виноградников и 42 га посевов лука, где занято в среднем 190 постоянных и 450 сезонных рабочих. Процесс выработки желатина на производстве в составе совместного предприятия продолжается интенсивно.

#сельское_хозяйство #министр #визит #агроэкотехнология #желатин #Сырдарья #Узбекистан #Китай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA ILK BOR “OZIQ-OVQAT SANOAT TEXNOPARKI” BARPO ETILMOQDA
🇺🇿🤝🇨🇳
“Sirdaryo–Xitoy biznes forumi qatnashchilari Sirdaryo viloyati Xovos tumanida O‘zbekistonda ilk bor barpo etilayotgan “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” va hududda amalga oshirish mumkin bo‘lgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Xitoydagi yetakchi kompaniyalar vakillariga O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud imkoniyatlar va takliflar xaqida ma’lumot berdi.

Taqdimot B2B formatidagi muloqotlar doirasida davom etdi. Unda 10 gektar yer maydoniga barpo etilayotgan “Oziq-ovqat sanoat texnoparki” qurilish loyihasining qiymati 25 million AQSH dollarini tashkil etishi va ushbu tadbirkorlik obyektini temir yo‘l kesishmasi yaqinida joylashganligi ta`kidlandi hamda Xitoy bozorida talabi yuqori mahsulotlarni kerakli usulda ishlab chiqarib eksport qilishni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #oziq_ovqat_sanoat_texnoparki #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Xitoy

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRINING RIM UCHRASHUVLARI

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Rim shahrida o‘tayotgan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning 43-konferensiyasi doirasida bir qator mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
🇺🇿🤝🇨🇳
Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq ishlari vaziri Tan Jenszyan bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligiga oid hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikka ham to‘xtab o‘tildi. Aziz Voitov ikki vazirlik shafeligida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qishloq xo‘jaligi kurslarini muntazam tashkil etishni taklif etdi.
🇺🇿🤝🇦🇿
Aziz Voitovning navbatdagi uchrashuvi Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vaziri Majnun Mamedov bilan bo‘ldi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama aloqalarning bugungi holatiga baho berildi, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Agrosug‘urta va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida Ozarbayjon tajribasini o‘rganish, paxtachilikda o‘zbek seleksiyasiga mansub g‘o‘za navlarini Ozarbayjonda ommalashtirish, shuningdek ipakchilik va veterinariya sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida fikr almashildi.
🇺🇿🤝🇪🇪
Estoniya Qishloq xo‘jaligi vaziri Madis Kallas bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlikning bosh yo‘nalishi sifatida agrota’lim sohasidagi hamkorlik tilga olindi. Jumladan, ikki mamlakat agrar universitetlari o‘rtasida o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksporti istiqbollari muhokama etildi, jumladan Boltiqbo‘yi mamlakatiga barra qovun, ko‘kat, shuningdek turshak va mayiz yetkazib berish imkoniyatlari yuqori baholandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #oziq_ovqat #Ozbekiston #Xitoy #Ozarbayjon #Estoniya #FAO

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni Pekin shahrida "China CAMC Engineering" kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishning amaliy jihatlari, jumladan, mamlakatimiz hududlarida gidrotexnik inshootlar va Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.

Bundan tashqari prezidentimiz Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Prezidentimiz tomonidan Markaziy Osiyoning “Yashil” kun tartibi” va “Yashil ipak yo‘li” konseptual tashabbuslarini o‘zaro bog‘lash doirasida kambag‘allikni qisqartirish va “aqlli” qishloq xo‘jaligini rivojlantirish choralari va loyihalarini o‘z ichiga olgan “Yashil” taraqqiyot dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

#repost #Ozbekiston #Xitoy #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro maydondagi eksport salohiyati namoyish qilinmoqda

Joriy yilning 5-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida “China international import Expo-2023” VI xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi.

🖋O‘zbekiston delegatsiyasi ham mazkur ko‘rgazmaga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Mamlakatimiz iqtisodiy quvvatini namoyish etuvchi stenddan qishloq xo‘jaligi sohasi yutuqlari ham joy oldi.

🏠Pavilonimiz boshqalarnikidan ajralib turishi tabiiy. Ochilish marosimi va ilk kun tafsilotlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.

📌Tashrif buyuruvchi mutaxassis va xaridorlar diqqatiga mikroko‘katdan tortib, turli iqlim sharoitlariga chidamli o‘simliklar, sabzavot va ekinlar, Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etilgan.

🌍Dunyo bozorlariga eksport hajmini yana-da oshirish maqsadida ko‘rgazmada “O‘zbek brendi” nomi ostidagi zaminimiz neʼmatlari namoyish etilmoqda.

🔊Ilk natija yomon emas: 2024-2025 yillarda 30 mln. dollarlik eksportni amalga oshirish bo‘yicha ilk kelishuvlarga erishildi.

#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #Xitoy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга давлат ташрифи билан Хитой Халқ Республикасига келди. Пекин шаҳрининг “Шоуду” аэропортида давлатимиз раҳбарини ХХР маданият ва туризм вазири Сунь Ели ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с государственным визитом в Китайскую Народную Республику. В пекинском аэропорту "Шоуду" главу нашего государства встретили министр культуры и туризма КНР Сунь Ели и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X