QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
19K photos
2.5K videos
5 files
8.23K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #Jahon_Banki #hamkorlik

JAHON BANKINING QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT MASALALARI BO‘YICHA BOSH DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va vazir maslahatchisi Alisher Shukurov hamda Jahon bankining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bo‘yicha bosh direktori Martin van Nyukop boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Jahon Bankining qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi hamda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

👉Batafsil
*****
#встреча #Всемирный_Банк #сотрудничество
ВСТРЕЧА С ГЕНЕРАЛЬНЫМ ДИРЕКТОРОМ ВСЕМИРНОГО БАНКА ПО ВОПРОСАМ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА И ПРОДОВОЛЬСТВИЯ

🤝В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась встреча заместителя министра Шухрата Мирзаева и советника министра Алишера Шукурова с представителями делегации во главе с генеральным директором Всемирного банка по вопросам сельского хозяйства и продовольствия Мартином ван Ньюкопом.

В ходе встречи были обсуждены вопросы сотрудничества между Узбекистаном и Всемирным банком в области сельского хозяйства и реализации стратегий развития сельского хозяйства и животноводства в нашей стране.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
EKOLOGIK XATARLARGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV TRENINGI BO‘LIB O‘TDI

👥Poytaxtimizda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Jahon banki hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziISCAD hamkorligida Jahon bankining ekologik va ijtimoiy asoslarini amalga oshirishda LAOG va IEMI mutaxassislarining salohiyatini mustahkamlash borasida o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi.

Treningda ishtirokchilarga ekologik va ijtimoiy xatarlarni boshqarish asoslarini va ularning portfeli bilan bog‘liq E&I xatarlarini boshqarish tartib-qoidalarini tushunishga yordam berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

#Qishloq_xojaligi_vazirligi #Jahon_banki #ISCAD #oquv_trening

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONADA JAHON BANKI ISHTIROKIDAGI ZAMONAVIY ISSIQXONA

🍓Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan “Dolina Stroy” MCHJga ham 2019-yilda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon banki ishtirokidagi loyihalar doirasida 600 ming AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Bu yerda hozirda doimiy 14 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib borishmoqda. Ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu issiqxonada bir yilda 50 tonnagacha hosil yetishtirilib, aholi dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

#qishloq_xojaligi #Jahon_banki #Oziq_ovqat #kredit #issiqxona #qulupnay #gidroponika

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
JAHON BANKINING AGRAR SOHAGA OID HISOBOTI TINGLANDI

🤝2023-yilning 7-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov va Jahon Banki vakillari Bayarsaihan Timurdavaa hamda Dilshod Xidirovlar o‘rtasida hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bayarsaihan Timurdavaa mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va missiya yakunlari bo‘yicha muhokama etiladigan masalalar yuzasidan hisobotni taqdim etdi. Jumladan, hisobot doirasida “O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida kredit liniyalari bo‘yicha oziq-ovqat yo‘nalishlarini qo‘shish va lizing kompaniyalarini ishtirokiga ruxsat berish o‘rganildi.
*****
ЗАСЛУШАН ОТЧЕТ ВСЕМИРНОГО БАНКА О РАЗВИТИИ АГРАРНОЙ СФЕРЫ

🤝7 июля 2023 года в Министерстве сельского хозяйства состоялась отчетная встреча между министром Азизом Воитовым и представителями Всемирного банка Баярсайханом Тимурдаваа и Дильшодом Хидировым.

В её рамках Баярсайхан Тимурдаваа представил отчет о реализованных проектах в аграрном секторе нашей страны и вопросах, требующих обсуждения по итогам миссии. В частности, в докладе изучена возможность добавления продовольственных направлений в кредитные линии и разрешение на участие лизинговых компаний в рамках проекта «Модернизация сельского хозяйства в Республике Узбекистан».

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #oziq_ovqat #lizing #Jahon_Banki #международное_сотрудничество #встреча #лизинг #Всемирный_банк

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DON MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH: IMKONIYAT VA NATIJALAR

🌾Non aholi isteʼmoli uchun muhim bo‘lgan va doimo ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlari sirasiga kiradi. Shu bois ham don yetishtirish, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish dolzarb vazifalardan sanaladi.

“Vodiy yuksalish davri tomorqa xizmati” MChJ 2014-yilda tashkil etildi. Albatta, jamiyat oldida yangi maqsadlar, rejalar bisyor edi. 2020-yilda ushbu korxonada yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Ushbu loyiha donni qayta ishlash hamda qolipli non ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, qiymati 1,1 mln dollarni tashkil etdi. Shundan Jahon banki tomonidan ajratilayotgan kredit liniyasi hisobidan Turkiyadan 495 ming AQSH dollari miqdoridagi zamonaviy texnika olib kelindi. Loyihani amalga oshirishda Qozog‘iston va Afg‘oniston bilan hamkorlik qilinmoqda. Eksport salohiyati borgan sari ortmoqda.

🎥Videolavhamizda ushbu korxona va uning faoliyatiga to‘xtalamiz.
*****
ПЕРЕРАБОТКА ЗЕРНОВЫХ: ВОЗМОЖНОСТИ И РЕЗУЛЬТАТЫ

🌾Хлеб является одним из важнейших видов продуктов питания и практически всегда присутствует в повседневном рационе. Потому выращивание зерна, производство хлеба и хлебобулочных изделий всегда в приоритете обеспечения продовольственной безопасности.

Общество с ограниченной ответственностью «Водий юксалиш даври томорка сервис» в городе Фергане, специализируется на переработке зерна. Общая стоимость проекта составила 1,1 млн долларов. За счет кредитной линии, предоставленной Всемирным банком, из Турции импортировано современное оборудование на 495 тысяч долларов США. Проект реализуется в сотрудничестве с Казахстаном и Афганистаном. Растет экспортный потенциал.

🎥В нашем видеоматериале мы подробно расскажем о его деятельности.

#non #non_mahsulotlari #don_mahsulotlari #Jahon_banki #eksport #зерно #хлеб #хлебобулочное_изделие

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NETXAUS TEXNOLOGIYASI – JAZIRAMADA HOSIL YETISHTIRISHDAGI OQILONA YECHIM

🍅Farg‘ona shahridagi “Agro servis azia” MCHJ ham, pomidorchilik bilan shug‘ullanish uchun Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida kredit olarkan, yangicha texnologiya – “Netxaus” usulida faoliyat yuritishga qaror qilgandi.

Netxaus – bu hasharotlardan himoya qiluvchi maxsus to‘r yopilgan va tabiiy havo aylanishini ta’minlaydigan majmua. Sodda qilib aytganda, u issiqxonalarda qo‘llaniladigan texnologiyalar asosida, yilning issiq davrida ham sabzavot yetishtirish imkonini beruvchi juda qulay yechimdir.

Netxaus — issiqxonalarda yetishtirilgan ekologik toza mahsulot xorij bozorlarida talabgir sanaladi. Shu bois, fermer xo‘jaligi hosilning aksar qismi – 80 foizini eksport qiladi. 20 foizi esa, ichki bozorga chiqariladi.
*****
ТЕХНОЛОГИЯ НЕТХАУС – РАЗУМНОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ВЫРАЩИВАНИЯ УРОЖАЯ В ЖАРУ

🍅ООО “Агро Сервис Азия”
в Фергане, за счёт кредита в рамках проекта с участием Международного банка прогресса и реконструкции “Развитие сектора плодо-овощеводства приняло решение работать по новой технологии – “Нетхаус”.

Нетхаус – это комплекс, закрытый специальной сеткой, защищающей от насекомых и обеспечивающей естественную циркуляцию воздуха.
Проще говоря, это очень удобное технологическое решение для использования в теплицах, которое позволяет выращивать овощи даже в самый жаркий период.

Выращенная в теплицах Нетхаус продукция считается экологически чистой востребованной на зарубежных рынках. Поэтому большую часть урожая – 80 процентов фермерское хозяйство экспортирует. Остальные 20 процентов, поставляются на внутренний рынок.

#issiqxona #zamonaviy_texnologiyalar #pomidorchilik #meva_sabzavotchilik #netxaus #Jahon_banki #теплицы #современные_технологии #нетхаус #Всемирный_банк

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi

Bugun, Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Alisher Shukurov hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🖥Uchrashuv davomida agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, agrar sohadagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan hisoblangan paxta yetishtirish va urug‘chilik, paxtachilik tarmog‘ining yangi istiqbollari yuzasidan mavjud kelishuvlar va klasterlar faolyaitini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

📌Suhbatda aynan paxtachilik tarmog‘i va klasterlar faoliyatini modernizatsiya qilish, bugungi kunga qadar yechimini topmagan bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

📝Uchrashuv yakunida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada jadallashtirish va kelgusida hamkorlikda yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

#agrar #jahon_banki #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM