QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#meva_sabzavotchilik #hamkorlik

O‘ZR QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI DELEGATSIYASI AGRAR SOHAGA ILG‘OR TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH BO‘YICHA KOREYA TAJRIBASINI O‘RGANMOQDA

🤝O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Koreya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Delegatsiya vakillari “O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish” loyihasi doirasida Koreya qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimi, meva-sabzavotchilik sohasidagi tajribasi bilan yaqindan tanishish va loyiha bo‘yicha kelgusida bajariladigan ishlar borasida kelishib olish maqsadida turli qishloq xo‘jaligi obyektlarini o‘rganib, koreyalik hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Tashrif davom etmoqda. Bizni kuzatib boring.

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“TOSHKENT XALQARO INVESTITSIYA FORUMI”: AGRAR SOHAGA QARATILAYOTGAN E’TIBOR

2023-yilning 27-28-aprel kunlari
poytaxtimizda “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” bo‘lib o‘tdi. Bu yerda vazirlik va nufuzli tashkilot rahbarlari, investorlar, ekspertlar mamlakatimizning investitsiya salohiyati uchun foydali bo‘lgan bitimlarni imzolashdi, ko‘pgina kelishuvlarga erishildi.

“Hozirgi kunda 800 dan ortiq paxta,
meva-sabzavotchilik va boshqa yo‘nalishlardagi agroklasterlar mavjud. Kichik xo‘jaliklarni 200 dan ortiq kooperativlarga birlashishi ham qishloq xo‘jaligidagi islohotlardan biri hisoblanadi. Yana bir muhim masala, diversifikatsiya jarayoni bo‘lib, oxirgi besh yilda 400 ming gektar paxta va g‘alla yer maydonlari qisqartirilib, fermer-dehqon xo‘jaliklariga boshqa mahsulotlarni ekish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ajratildi. Hududlarda 1,1 mln gektar yerlarni oborotga kiritish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan 10 yillik Konsepsiya qabul qilindi. Bugungi kunga qadar, qariyb 600 ming gektar yerlar qishloq xo‘jaligi oborotiga kiritildi”, — dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z nutqida.

#xalqaro_forum #vazir #qishloq_xojaligi #oziq_ovqat #paxta #Konsepsiya #meva_sabzavotchilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
QISHLOQ XO‘JALIGI MUTASADDILARI ITALIYADA BO‘LDILAR

🇮🇹O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va sohadagi bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalar vakillari 22-26-mayda Italiyada bo‘ldi.

Tashrif doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi Italiya qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan, xususan, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlaridagi ishlarni o‘rgandilar. Shuningdek, Italiyada sug‘orish ishlari qanday yo‘lga qo‘yilgani, mamlakatdagi irrigatsiya tizimlari bilan yaqindan tanishdilar.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #safar #delegatsiya #meva_sabzavotchilik #uzumchilik #chorvachilik #baliqchilik #Ozbekiston #Italiya
*****
СПЕЦИАЛИСТЫ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА ПОБЫВАЛИ В ИТАЛИИ

🇮🇹Италию посетили представители Министерства сельского хозяйства Узбекистана и ряда профильных научно-исследовательских учреждений.

В рамках визита делегация нашей страны ознакомилась с итальянским сельским хозяйством, в частности, в центре внимания были методы ведения бизнеса в сферах плодоовощеводства, виноградарства, животноводства и рыболовства. Также наши специалисты познакомились с функционированием ирригационных системам страны на Аппенинском полуострове.

#международное_сотрудничество #сельское_хозяйство #визит #делегация #плодоовощеводство #виноградарство #животноводство #рыболовство #Узбекистан #Италия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NETXAUS TEXNOLOGIYASI – JAZIRAMADA HOSIL YETISHTIRISHDAGI OQILONA YECHIM

🍅Farg‘ona shahridagi “Agro servis azia” MCHJ ham, pomidorchilik bilan shug‘ullanish uchun Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki ishtirokidagi Meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida kredit olarkan, yangicha texnologiya – “Netxaus” usulida faoliyat yuritishga qaror qilgandi.

Netxaus – bu hasharotlardan himoya qiluvchi maxsus to‘r yopilgan va tabiiy havo aylanishini ta’minlaydigan majmua. Sodda qilib aytganda, u issiqxonalarda qo‘llaniladigan texnologiyalar asosida, yilning issiq davrida ham sabzavot yetishtirish imkonini beruvchi juda qulay yechimdir.

Netxaus — issiqxonalarda yetishtirilgan ekologik toza mahsulot xorij bozorlarida talabgir sanaladi. Shu bois, fermer xo‘jaligi hosilning aksar qismi – 80 foizini eksport qiladi. 20 foizi esa, ichki bozorga chiqariladi.
*****
ТЕХНОЛОГИЯ НЕТХАУС – РАЗУМНОЕ РЕШЕНИЕ ДЛЯ ВЫРАЩИВАНИЯ УРОЖАЯ В ЖАРУ

🍅ООО “Агро Сервис Азия”
в Фергане, за счёт кредита в рамках проекта с участием Международного банка прогресса и реконструкции “Развитие сектора плодо-овощеводства приняло решение работать по новой технологии – “Нетхаус”.

Нетхаус – это комплекс, закрытый специальной сеткой, защищающей от насекомых и обеспечивающей естественную циркуляцию воздуха.
Проще говоря, это очень удобное технологическое решение для использования в теплицах, которое позволяет выращивать овощи даже в самый жаркий период.

Выращенная в теплицах Нетхаус продукция считается экологически чистой востребованной на зарубежных рынках. Поэтому большую часть урожая – 80 процентов фермерское хозяйство экспортирует. Остальные 20 процентов, поставляются на внутренний рынок.

#issiqxona #zamonaviy_texnologiyalar #pomidorchilik #meva_sabzavotchilik #netxaus #Jahon_banki #теплицы #современные_технологии #нетхаус #Всемирный_банк

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM