QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
EKINLAR TO‘G‘RISIDAGI RAQAMLASHGAN MA'LUMOTLARDAN FERMERLARGA MOLIYAVIY XIZMATLAR KO‘RSATISHDA FOYDALANILADI

💻Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya'ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilsa, mazkur ma'lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.

Avval xabar berganimizdek, paxta, boshoqli don ekinlari va meva-sabzavotchilikni moliyalashtirish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi ishlab chiqilmoqda. Vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilayotgan ushbu platforma kompleks moliya xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Vazirlik mazkur platformani amaliyotga joriy etish doirasida yana bitta raqamlashtirish loyihasini joriy etmoqda. Mazkur tizim CropAgro” AT nomini olgan bo‘lib, undan yerdan foydalanuvchilarning ekin yerlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning aniqligi va dolzarbligini oshirish bilan birga, ularning ochiqligini ta'minlash, fermer va klasterlarning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishni tashkil etishga xizmat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.

#qishloq_xojaligi #Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #agroplatforma #CropAgro #raqamlashtirish #raqamli_texnologiyalar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CROPAGRO” TIZIMIDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA

👥Joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining CropAgro” axborot tizimidan foydalanish masalalariga doir seminar-treninglar davom etmoqda.

Tizim ekinlarni yer konturlari kesimida rejalashtirish, bunda yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvlarini hisobga olish, tegishli axborot tizimlariga mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatli elektron ma'lumotlarni taqdim etishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tuman bo‘limlari hamda "O‘zdaverloyiha" DILI hududiy bo‘linmalari uchun tashkil etilayotgan tadbirlarda vazirlik va "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" DM mutaxassislari axborot tizimida ishlash, yerlar va ekinlarga oid bo‘lgan ma'lumotlar va hisobotlarni shakllantirish, tizimning imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilmoqda.

Shu bilan birga, mutaxassislarga CropAgro” axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashilmoqda.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Suv_xojaligi_vazirligi #Ozdaverloyiha #CropAgro_axborot_tizimi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“AGROPLATFORMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILADI

💻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil yakunigacha:
🟢Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;
🟢qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.

#agroplatforma #raqamli_qishloq_xojaligi #geoaxborot_texnologiyalari #CropAgro

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM