QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
HUDUDLAR O‘Z GEOPORTALLARIGA EGA BO‘LDI

💻Joriy yilning 23-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tegishli tizim tashkilotlari uchun hududlarga maxsus ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi geoportallaridan foydalanish mavzusida seminar o‘tkazildi.

Geoportallar – fazoviy maʼlumotlar resurslarini vizual ko‘rish va foydalanish uchun eng qulay servis hisoblandi.

Geoportalda hududlardagi yerdan foydalanuvchilar, yer chegaralari, konturlar va ekinlariga oid, tuproq, 8 ta asosiy ekinlar monitoringi, shu jumladan, kosmik suratlarning tahlillari bo‘yicha ekinlar vegetatsiyasi, tuproq va o‘simlik namligi, o‘simlikdagi azot miqdori to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.
*****
РЕГИОНЫ ПОЛУЧИЛИ В АРСЕНАЛ СОБСТВЕННЫЕ ГЕОПОРТАЛЫ

💻23 июня этого года для Министерства сельского хозяйства Республики Каракалпакстан, областных управлений, профильных системных организаций был проведен семинар по использованию специально разработанных для регионов геопорталов.

Геопорталы являются наиболее удобным сервисом для визуального просмотра и использования ресурсов пространственных данных.

На геопортале размещена информация о землепользоватеях в регионах, обозначены границы, контуры и посевные площади, внесены данные о почве, мониторинге 8 основных сельскохозяйственных культур, в том числе о вегетации посевов, влажности почвы и растений, о содержании азота в растениях на основе анализа данных космических снимков.

#geoaxborot_tizimi #integratsiya #geografik_axborot_tizimlari #agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Ozdavyerloyiha #sifat_tahlil_markazi #геопорталы #Центр_цифровизации_агропромышленности #Уздаверлойиха

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EKINLAR TO‘G‘RISIDAGI RAQAMLASHGAN MA'LUMOTLARDAN FERMERLARGA MOLIYAVIY XIZMATLAR KO‘RSATISHDA FOYDALANILADI

💻Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya'ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilsa, mazkur ma'lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.

Avval xabar berganimizdek, paxta, boshoqli don ekinlari va meva-sabzavotchilikni moliyalashtirish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi ishlab chiqilmoqda. Vazirlik huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilayotgan ushbu platforma kompleks moliya xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.

Vazirlik mazkur platformani amaliyotga joriy etish doirasida yana bitta raqamlashtirish loyihasini joriy etmoqda. Mazkur tizim “CropAgro” AT nomini olgan bo‘lib, undan yerdan foydalanuvchilarning ekin yerlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning aniqligi va dolzarbligini oshirish bilan birga, ularning ochiqligini ta'minlash, fermer va klasterlarning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishni tashkil etishga xizmat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.

#qishloq_xojaligi #Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #agroplatforma #CropAgro #raqamlashtirish #raqamli_texnologiyalar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISH LOYIHASI XALQARO E'TIROFGA SAZOVOR BO‘LDI

💻AQSHda o‘tgan xalqaro “ESRI User Conferense”da Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining geoportali alohida taqdirlandi.

Geoportal tuproq va ekinlar monitoringini zamonaviy shaklda yuritish imkonini beradi: unda kosmik suratlarning tahlillari bo‘yicha ekinlar vegetatsiyasi, tuproq va o‘simlik namligi, o‘simlikdagi azot miqdori kabi ma’lumotlar mavjud bo‘lib, elektron maʼlumotlar almashinuvi doirasida qator vazirlik va idoralar, tizim tashkilotlarning maʼlumotlari uzluksiz aks ettiriladi va yangilanib boradi.
*****
ПРОЕКТ ЦИФРОВИЗАЦИИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА ПОЛУЧИЛ МЕЖДУНАРОДНОЕ ПРИЗНАНИЕ

💻Геоинформационная система Министерства сельского хозяйства была награждена за достижения в области географических информационных систем (ГИС) в рамках «ESRI User Conference» — крупной международной конференции пользователей программ ESRI 2023 года, организованной компанией «Environmental Systems Research Institute (ESRI)» в Сан-Диего, США.

Геопортал позволяет вести мониторинг почвы и посевов современным методом. Здесь также содержится системная информация по таким вопросам, как вегетация сельскохозяйственных культур, влажность почвы и растений, содержание азота в растениях на основе анализа космических снимков с использованием 4 мультиспектральных индексов и многое другое.

#geoportal #Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #геопортал #Центр_цифровизации_агропромышленности

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“CROPAGRO” TIZIMIDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA

👥Joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish masalalariga doir seminar-treninglar davom etmoqda.

Tizim ekinlarni yer konturlari kesimida rejalashtirish, bunda yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvlarini hisobga olish, tegishli axborot tizimlariga mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatli elektron ma'lumotlarni taqdim etishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tuman bo‘limlari hamda "O‘zdaverloyiha" DILI hududiy bo‘linmalari uchun tashkil etilayotgan tadbirlarda vazirlik va "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" DM mutaxassislari axborot tizimida ishlash, yerlar va ekinlarga oid bo‘lgan ma'lumotlar va hisobotlarni shakllantirish, tizimning imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilmoqda.

Shu bilan birga, mutaxassislarga “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashilmoqda.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Suv_xojaligi_vazirligi #Ozdaverloyiha #CropAgro_axborot_tizimi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHANI RAQAMLASHTIRISH BORASIDA YANGI IMKONIYATLAR BERILMOQDA

👥Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 257-son qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar, agrar soha vakillari ishtirokidagi seminarni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va qarorning agrar sohadagi ahamiyati, undan kelib chiqqan holda soha vakillari oldiga qo‘yiladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, qarorga binoan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli Masʼuliyati cheklangan jamiyatga o‘zgartirilib, agrar sohani raqamlashtirish yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi yagona integrator sifatida faoliyat yuritishi belgilangan.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #seminar_trening #agrar_sohani_raqamlashtirish #raqamli_qishloq_xojaligi #agroplatforma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA POKISTON: AGROSOHADA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
🇺🇿
🤝🇵🇰
Bugun Pokiston Respublikasi delegatsiyasi mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi.

Agrosanoatni raqamlashtirish markazi binosida o‘tkazilgan taqdimot va onlayn namoyishda mehmonlarga joriy etilayotgan axborot va geoaxborot tizimlari, shuningdek, sohani tartibga solishning o‘rnatilgan huquqiy asoslari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yer uchastkalarini berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va yerdan foydalanuvchilarning ishlab chiqilgan axborot tizimlaridan foydalanishi bo‘yicha malakasini oshirish kabi ommabop xizmatlarni ko'rsatish va ishga tushirishga ham e’tibor qaratildi.
*****
СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ПАКИСТАНА В АГРОСФЕРЕ
🇺🇿
🤝🇵🇰
Сегодня делегация из Республики Пакистан ознакомилась с проектами цифровизации в сфере сельского хозяйства.

В
ходе презентации и онлайн-демонстрации, проведенной в здании «Центра цифровизации агропромышленности», гостям была представлена информация о внедрённых информационных и геоинформационных системах, а также о созданной нормативно-правовой базе, регулирующей порядок работы и предоставления таких востребованных услуг, как предоставление земельных участков сельскохозяйственного назначения, оказание государственной поддержки при производстве сельхозпродукции и повышение квалификации землепользователей по использованию разработанных информационных систем.

#xalqaro_hamkorlik #Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #международное_сотрудничество #Центр_цифровизации_агропромышленности

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'ZBEKISTON VA POKISTONNING AGROSOHADAGI HAMKORLIGI
🇺🇿
🤝🇵🇰
Pokiston Respublikasi delegatsiyasi Qishloq xo'jaligi vazirligida bo‘lib, sohadagi raqamlashtirish loyihalari bilan tanishgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Tashrif doirasidagi taqdimot va onlayn namoyishda mehmonlarga sohada amalga oshirilgan axborot va geoaxborot tizimlari, shuningdek, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini taqdim etish, mahsulotlarni ishlab chiqarishda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ishlab chiqilgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha yerdan foydalanuvchilarning malakasini oshirish kabi talab yuqori bo‘lgan xizmatlarning ishlashi va taqdim etilishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza haqida ma'lumotlar berildi.

Ushbu lavhamizda Pokiston delegatsiyasining Agrosanoatni raqamlashtirish markazi ga tashrifi, taqdimotlar va bu borada mehmonlarning bildirgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

#xalqaro_hamkorlik #Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“AQLLI ISSIQXONALAR” BO‘YICHA KOREYA TAJRIBASI O‘RGANILDI

💻Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida agrar soha IT mutaxassislari uchun Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari tomonidan “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan 3 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining IT mutaxassislari “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari borasida o‘z bilim va tajribalarini oshirdilar.

Loyihaning maqsadi esa, O‘zbekiston atrof-muhitiga moslashtirilgan “aqlli” fermer xo‘jaliklarining sanoat texnologiyalari salohiyatini oshirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirish markazini barpo etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Bilimlar, muhim maʼlumotlar tortig‘i va qizg‘in bahs-munozalardan so‘ng, o‘quv seminari o‘z ishini yakunladi. Qatnashchilarga sertifikatlar va sovg‘alar topshirildi hamda esdalik uchun suratga tushildi.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Aqlli_issiqxonalar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM