QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
VAZIRLAR SIRDARYO VILOYATIDAGI AGROMAJMUA ISHI BILAN TANISHDILAR

🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Xovos tumani hokimi Uchqun Kamolov, shuningdek, vazirlik delegatsiyalari ishtirokida Sirdaryo viloyatida joylashgan “RS Success Agro” biotexnologik sanoat qishloq xo‘jaligi kompleksining investitsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

👉Batafsil

#vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SUV XO‘JALIGIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI KENGAYTIRISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

💧Samarqand viloyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda bu sohada davlat-xususiy sheriklikning istiqbollariga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Samarqand viloyati Narpay tumanida 53 km kanal va 271,9 km kollektor tarmog‘i hamda 8 ta nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 10 yil muddatga “Maroqand Sifat” MChJ boshqaruviga berilgan. Loyihaning umumiy qiymati 462,8 mlrd so‘m bo‘lib, dastlabki yillarda xususiy sherik tomonidan 31,1 mlrd so‘m investitsiya kiritish belgilangan.

Sheriklik o‘z samarasini bermoqda – hozirga qadar yettita nasos stansiyasida jami summasi 795,5 mln so‘mga teng 7 ta nasos agregati ta'mirlandi hamda 4 880 mln so‘mga 2 ta gusenitsali ekskavator, 2 ta avtosamasval sotib olindi.

#seminar #suv_xojaligi #kollektor #nasos_agregati #investitsiya #Samarqand

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOG‘DORCHILIKDA YANGI NAVLAR YARATISH – DAVR TALABI

🔰Avval xabar berganimizdik, butun respublikadan Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan qishloq va suv xo‘jaligi hududiy bo‘linmalari mutasaddilari, fermerlar va soha mutaxassislari ishtirokida Samarqand va Buxoro viloyatlarida qishloq xo‘jaligida istiqbolli loyihalar, sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga doir Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish” mavzusidagi respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuxrat G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroev, sohaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbarlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, qishloq, va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari va boshqa mutaxassislar qatnashdi.

#qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #vazir #tashrif #seminar #In_vitro #Samarqand

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Avstraliya sug‘orish kanallarini avtomatlashtirish konsorsiumi vakillari bilan uchrashdi. Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda dastlab ikki tomon o‘z imkoniyatlari va aniq maqsadlarini bayon etishdi.

Ma’lumki, dunyoda suv iste‘moli demografik o‘sish va iqtisodiy rivojlanish bilan hamohanglikda ortib bormoqda. Shuningdek, odamlarning suv resurslariga ta‘siri natijasida hamda iqlim o‘zgarishi tufayli ularning miqdori pasaymoqda. Mamlakatimiz suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, ulardan samarali foydalanish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, suvni tejash masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda va uni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ko‘lami kengaytirilmoqda. Bu esa, qishloq xo‘jaligida suvni sezilarli darajada tejashga va undan samarali foydalanishga hamda ekinlarning hosildorligini oshirishga xizmat qiladi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uhrashuv #suv_resurslarini_boshqarish #suv_xojaligi #gidro_inshootlar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ILGʻOR TASHABBUSLARNING AMALIYOTGA TATBIGʻI

🔰Sirdaryoda “Qishloq xoʻjaligida ilgʻor rivojlanishni amaliyotda tashkil etish” mavzusiga bagʻishlangan seminar ish boshladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashmoqda.

Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi:

“Qishloq xoʻjaligida bugungi zamon, bugungi kun talabiga mos boʻlgan yaxshi tashabbus va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish uchun, avvalo, ularni yaxshilab oʻrganib, ichiga kirib, puxta rejalashtirib, keyin amalga oshirishimiz lozim. Bugungi seminar doirasida mana shu nazariya va tashabbuslarni oʻrganib, muhokama qilib, amaliyotimizga joriy etsak boʻladi. Ushbu seminar mana shu borada yaxshi imkoniyat beradi”.

#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILG‘OR TASHABBUSLARNI QO‘LLASHDA SIRDARYO TAJRIBASI O‘RGANILDI

🔰Avval xabar berganimizdek, Sirdaryoda agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashdi.

Seminarning nazariy qismida qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda joriy qilish, bu boradagi e’tiborga molik jihatlar xususida fikr almashildi.

Tadbirning amaliy qismida viloyatdagi agrar soha obektlarga tashrif buyurilib, ular faoliyati bilan atroflicha tanishildi.
*****
СЫРДАРЬИНСКИЙ ОПЫТ ПРИМЕНЕНИЯ ПРОГРЕССИВНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

🔰Как мы уже сообщали, в Сырдарьинской области прошел семинар, посвященный изучению и внедрению передового опыта в агропромышленном комплексе.

В мероприятии приняли участие советник Президента Республики Узбекистан Шухрат Ганиев, министр сельского хозяйства Азиз Воитов, министр водного хозяйства Шавкат Хамраев, хоким Сырдарьинской области Акмалджон Махмудалиев, а также хокимы районов и представители агросферы. Сегодня в аграрном секторе области реализуются крупные инновационные проекты, выдвигаются новые идеи и инициативы.

Цель семинара заключалась в том, чтобы поближе познакомить специалистов со всех регионов с прогрессивными тенденциями и в дальнейшем распространить полученный опыт по всей республике. Соответственно, практическая часть мероприятия состояла из визитов на различные сельскохозяйственные объекты области с подробным знакомством с их деятельностью.

#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #paxta #tomchilatib_sugorish #hosildorlik #uzumzor #Ijtimoiy_issiqxona #takroriy_ekin #Sirdaryo #семианр #сельскохозяйственные_объекты #капельное_орошение #урожай #виноградарство #Сырдарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“CROPAGRO” TIZIMIDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA

👥Joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish masalalariga doir seminar-treninglar davom etmoqda.

Tizim ekinlarni yer konturlari kesimida rejalashtirish, bunda yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvlarini hisobga olish, tegishli axborot tizimlariga mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatli elektron ma'lumotlarni taqdim etishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tuman bo‘limlari hamda "O‘zdaverloyiha" DILI hududiy bo‘linmalari uchun tashkil etilayotgan tadbirlarda vazirlik va "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" DM mutaxassislari axborot tizimida ishlash, yerlar va ekinlarga oid bo‘lgan ma'lumotlar va hisobotlarni shakllantirish, tizimning imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilmoqda.

Shu bilan birga, mutaxassislarga “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashilmoqda.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Suv_xojaligi_vazirligi #Ozdaverloyiha #CropAgro_axborot_tizimi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM