QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Avstraliya sug‘orish kanallarini avtomatlashtirish konsorsiumi vakillari bilan uchrashdi. Samimiy ruhda boshlangan uchrashuvda dastlab ikki tomon o‘z imkoniyatlari va aniq maqsadlarini bayon etishdi.

Ma’lumki, dunyoda suv iste‘moli demografik o‘sish va iqtisodiy rivojlanish bilan hamohanglikda ortib bormoqda. Shuningdek, odamlarning suv resurslariga ta‘siri natijasida hamda iqlim o‘zgarishi tufayli ularning miqdori pasaymoqda. Mamlakatimiz suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, ulardan samarali foydalanish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, suvni tejash masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda va uni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ko‘lami kengaytirilmoqda. Bu esa, qishloq xo‘jaligida suvni sezilarli darajada tejashga va undan samarali foydalanishga hamda ekinlarning hosildorligini oshirishga xizmat qiladi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uhrashuv #suv_resurslarini_boshqarish #suv_xojaligi #gidro_inshootlar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM