Ulmasbekbooks | Blog
69 subscribers
235 photos
19 videos
4 files
183 links
👍Shunchaki shaxsiy qarashlar, fikrlar, o'ylar (har sohada)...
📚 Kitoblar haqida suhbatlar

📧Murojaat uchun: @deylsbot
Beemalol yozavering shunda kutaman😉

Instagram: https://www.instagram.com/ulmasbekbooks
Download Telegram
#fakt #kutubxona

Avstriyadagi Admont Abbey kutubxonasi

Aynan shu kutubxona 1991-yilda Disneyning "Sohibjamol va maxluq" multifilmidagi Maxluqning kutubxonasi uchun prototip bo'lib xizmat qilgan.

@ulmasbekbooks
#kutubxona

🏛 Portugaliya Qirollik kutubxonasi

Rio-de-Janeyro kutubxonasi 1837-yilda Portugaliyalik siyosiy surgunlar tomonidan Braziliyada milliy madaniyatini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan. Biroz vaqt oʻtib, kutubxona binosi qurilgan. Go'zallik nuqtai nazaridan, uning ichki bezatilishini boshqa biror narsa bilan taqqoslab bo'lmaydi. Dizayn uchun Portugaliya Lissabonining chekkasidagi Hieronymite monastiri namuna sifatida olingan. Ohaktoshdan yasalgan jabha Rioga kemada keltiriladi. U medalyonlar va haykallar, jumladan Vasko da Gama tasviri bilan bezatilgan. Me'mor portugaliyalik Rafael de Silva i Kastro edi.

Kutubxonaning yangi binoda ochilishi 1887-yilda bo'lib o'tdi va 20-asrning boshida u ommaviylashdi. Braziliya Adabiyot akademiyasining birinchi maʼruza oʼqishlari ushbu binoda bo'lib o'tdi.


@ulmasbekbooks
#kutubxona

📌 "Odi" Xelsinki markaziy kutubxonasi

🇫🇮 Finlar dunyodagi eng ishtiyoqli kutubxona foydalanuvchilari qatoriga kiradi. Shu sababli ular o'zlari uchun yangi kutubxonani qurishdi - katta, g'ayrioddiy, zamonaviy. Ulkan "muz bloki" shaklida qurildi.

Bo'sh joyning faqat uchdan bir qismi kitob saqlash uchun ishlatiladi - yaʼni "kamtarona" qilib aytsak, 100 000 jild kitob uchun. Foydalanuvchilar onlayn xizmatlar va kitob robotlari tufayli millionlab kitoblardan foydalanish imkoniyatiga ega boʼlishadi.

Bu yerda tabiiy daraxtlar o'sadi, kinoteatr, ovoz yozish studiyasi, restoran, kafe, panoramali ekranlar, mandarinli bolalar xonasi, Kalevala naqshli gilamlar, yolg'iz o'qish va mulohaza yuritish uchun koptokli stullar bilan jihozlangan pol, yog'ochdan yasalgan sahna, konki ijarasi va hattoki tikuv mashinalari ham mavjud

Ana sizga kutubxona-yu, ana sizga sharoit😔

@ulmasbekbooks
#kutubxona

📌 Pragadagi Chexiya milliy kutubxonasi

Klementinumda joylashgan 18-asrning barokko uslubida qurilgan binolar majmuasi.

Majmua bir nechta binolarni o'z ichiga oladi jumladan: Mirror Chapel, Matematika muzeyi, Astronomiya rasadxonasi, Universitet kutubxonasi, Ob-havo stantsiyasi.

Milliy kutubxona fondida 7 millionga yaqin nusxada kitoblar mavjud. 2005-yilda kutubxona YuNESKOning "Jahon xotirasi" mukofotiga sazovor bo'ldi. Ko'pincha Internetda Chexiya Milliy kutubxonasi dunyodagi eng go'zal kutubxona deb nomlanadi.


@ulmasbekbooks
#kutubxona

👑 Lyudovik XVI kutubxonasi

📌 1774-yilda Lyudovik XV vafotidan sal avval Gabriel tomonidan loyihalashtirilgan kutubxona fanlarga (xususan, geografiya) ishtiyoqi baland qirol Lyudovik XVI ning sevimli xonasi edi.

@ulmasbekbooks
#fakt #kutubxona

😌 Ruhiyat uchun dorixona

"Kutubxona" so'zining o'zi yunoncha soʻz bo'lib, ikki asosdan iborat: "biblio" - "kitob" va "teka" - "ombor" yaʼni kitoblar ombori degan maʼnoni anglatar ekan.

🏛 Birinchi bunday muassasalar piramidalar mamlakati - Misrda paydo bo'lgan. Fir'avn Ramzes II o'z saroyida "ruhiyat uchun dorixona" qurishni buyuradi, aynan shu xonada papiruslar saqlanar edi. Misrliklarning fikriga ko'ra papiruslar, insonning ichki dunyosiga ta'sir oʼtkazish bo'yicha tana uchun dori-darmonlarga o'xshardi.

@ulmasbekbooks
#fakt #kutubxona #rekord

Ginnesning rekordlar kitobida muddati o‘tgan kutubxona kitobi uchun dunyodagi eng katta jarima miqdori 345,14 dollarni tashkil etgan. Bu kitob “Kunlar va amallar” bolalar she’rlari boʼlib, kuniga 2 sentlik jarima toʼplanib borishi natijasida bu rekord paydo boʼlgan.

📝Jarima AQShning Illinoys jamoat kutubxonasi tomonidan chiqarilgan. Kitob 1955-yil 19-aprelda topshirilishi kerak edi, biroq 47 yildan keyin Illinoys shtatida yashovchi bir kishi bu kitobni onasining uyidan topib oldi. Kechiktirilgan chek kutubxonaga topshirildi.

🏛Kutubxonaning o‘zi 145 yoshda, u 1875-yilda ochilgan. Agar kitob o‘shanda olingan boʼlganda edi, jarima 1000 dollardan oshishi mumkin edi. Aytgancha, bugungi kunda AQShdagi kutubxonalarning 92 foizi jarima soladi, bu esa kitobxonlarga ularning mas'uliyatli boʼlishni eslatib turadi.

@ulmasbekbooks
#kutubxona #fakt

🏛 O'rta asrlarda Yevropa davlat kutubxonalarida kitoblar javonlarga zanjirband qilingan. Bunday zanjirlar kutubxonadan kitoblarni olib chiqishga imkon bermas edi. Faqatgina javon yonida kitoblarni olishga va o'qishga imkon bor edi.

🧐 Bu amaliyot 18-asrgacha keng tarqalgan bo'lib, bu kitobning har bir nusxasining juda qimmatligi bilan bog'liq edi.

@ulmasbekbooks
​​#kutubxona #kitoblar #qiziqarli #tarjima #maqola

          🏛 Kongress Kutubxonasi qanchalik katta?

          Bugun sizlarga Kongress kutubxonasi haqida oʻzim oʻqib, oʻrgangan ayrim maʼlumotlarni berib oʻtmoqchiman. Ushbu maʼlumotlar ingliz tilidan oʻzbekchaga oʻgirildi.


          Kongress Kutubxonasi odamlar dunyo tarixini tushunishi uchun zarur bo'lgan 160 milliondan ortiq kitoblar, qoʻllanmalar va hokazolarni oʻzida saqlaydi. Kutubxonada 1507-yilda chizilgan va birinchi marta “Amerika” nomi tilga olingan xaritadan tortib, COVID-19 pandemiyasi bo'yicha og'zaki va yozma maʼlumotlargacha mavjud.

          Kongress Kutubxonasi 1800-yil 24-aprelda, Prezident Jon Adams «Kongress foydalanishi uchun zarur bo'lgan kitoblarni» sotib olishga va «ularni saqlash uchun mos xonani jihozlashga» 5000 dollar ajratishni tasdiqlaydigan Kongress Aktini imzolaganda tashkil etilgan. (Ushbu akt shuningdek federal hukumatning ish joyini Filadelfiyadan Vashingtonga ko'chirishni ham nazarda tutgan.)

          Kutubxona uchun birinchi xarid Londondan buyurtma qilingan 740 ta kitob va 30 ta xaritalardan iborat to'plam bo'lgan. Kitoblar asosan qonunchilikka oid bo'lib, Kongressning qonun chiqaruvchi organiga mos kelgan, qolgan qismi esa turli mavzularni qamrab olgan. Kitoblar dastlab AQSh Kapitoliysida, kutubxonaning birinchi uyida saqlangan.

        Birinchi xariddan keyingi ikki asrdan ko'proq vaqt davomida kutubxona ancha kengaydi. Bugungi kunda Kongress Kutubxonasi fizik jihatdan uchta binoga - Tomas Jefferson binosi, Jon Adams binosi va Jeyms Madison xotira xinosi (Kapitoliy yonida joylashgan) binolarga boʻlingan. Uning javonlari kolleksiyalari taxminan 800 mil (1287 km) kattalikdagi maydonini egallaydi va 164 milliondan ortiq fondni o'z ichiga oladi. Bu fond quyidagilarni o'z ichiga oladi:

▪️ 470 tildagi katalogga kiritilgan 29.49 milliondan ortiq kitoblar;
▪️ 1501-yilgacha bosilgan 5700 nusxa incunabula (eng qadimgi chop etilgan kitoblar);
▪️ Mustaqillik Deklaratsiyasining qo'lyozma loyihasi, Ozodlik Deklaratsiyasining birinchi loyihasi va Abraham Linkolnning qo'li bilan yozilgan Gettisburg Murojaatnomasining ikki nusxasi;
▪️ Ma'lum bo'lgan Gutenberg Bibliyasining uchta mukammal vellum nusxasidan biri;
▪️ AQSh hukumatining 1 milliondan ortiq nashrlari;
▪️ 5.8 million xaritalar, jumladan, Martin Valdseyuller tomonidan 1507-yilda tuzilgan dunyo xaritasi bo'lib, u "Amerika" nomi ilk bor qayd etilgan hujjat hisoblanadi;
▪️ Dunyo bo'ylab gazetalarning 1 million nusxada chop etilgan sonlari, bundan tashqari, bog'lam holidagi jildlarda va mikrooʻramlarda yuz minglab boshqa nusxalari;
▪️ O'tgan ikki yil davomida chop etilgan 60,000 nashrdagi jurnallar;
▪️ 8.2 million qogʻoz holidagi musiqa notalari;
▪️ 4.2 million audio yozuvlar;
▪️ 1.8 million film va video yozuvlar;
▪️ 16 milliondan ortiq bosma suratlar, fotograf, chizmalar va plakatlar;
▪️ Besh Stradivarius torli musiqa asboblari va dunyodagi eng katta fleyta kolleksiyasi.

Kongress kutubxonasi haqida qisqacha shular edi. Yana ham koʻproq maʼlumotlarni sizlar bilan boʻlishaman. Kongress kutubxonasiga borish barchamizga nasib etsin.

© Oʻlmasbek

@ulmasbekbooks