Ulmasbekbooks | Blog
68 subscribers
235 photos
19 videos
4 files
179 links
👍Shunchaki shaxsiy qarashlar, fikrlar, o'ylar (har sohada)...
📚 Kitoblar haqida suhbatlar

📧Murojaat uchun: @deylsbot
Beemalol yozavering shunda kutaman😉

Instagram: https://www.instagram.com/ulmasbekbooks
Download Telegram
Qiziqarli fakt: odam qanchalik ko'p bilsa, miya kasalliklari xavfi shunchalik kam bo'ladi.

Gap shundaki, aqlning ishi kasal yoki kasal bo'lishga "tayyor" bo'lgan to'qimalarni qoplaydigan qo'shimcha miya to'qimalarini ishlab chiqarishga yordam beradi.

#fakt

@ulmasbekbooks
#fakt #kutubxona

Avstriyadagi Admont Abbey kutubxonasi

Aynan shu kutubxona 1991-yilda Disneyning "Sohibjamol va maxluq" multifilmidagi Maxluqning kutubxonasi uchun prototip bo'lib xizmat qilgan.

@ulmasbekbooks
#fakt

🤔 1 millionga yaqin yaponlar hikikomori, ya'ni ijtimoiy hayotdan o'z ixtiyori bilan voz kechgan odamlardir.

Ular turli shaxsiy va ijtimoiy sabablarga ko'ra ongli ravishda yolg'izlikni tanlaydilar.

Menimcha ancha qiyin boʻlsa kerak yolgʻizlikda yashash.

@ulmasbekbooks
#fakt

📊 AQSh, Kanada va Britaniyada oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, erkaklarning atigi 20 foizi badiiy adabiyot (fiction) oʻqishar ekan.

👩 Adabiy va badiiy bloglarga tashrif buyuruvchilarning ham aksariyati ayollardir.

@ulmasbekbooks
#fakt #kutubxona

😌 Ruhiyat uchun dorixona

"Kutubxona" so'zining o'zi yunoncha soʻz bo'lib, ikki asosdan iborat: "biblio" - "kitob" va "teka" - "ombor" yaʼni kitoblar ombori degan maʼnoni anglatar ekan.

🏛 Birinchi bunday muassasalar piramidalar mamlakati - Misrda paydo bo'lgan. Fir'avn Ramzes II o'z saroyida "ruhiyat uchun dorixona" qurishni buyuradi, aynan shu xonada papiruslar saqlanar edi. Misrliklarning fikriga ko'ra papiruslar, insonning ichki dunyosiga ta'sir oʼtkazish bo'yicha tana uchun dori-darmonlarga o'xshardi.

@ulmasbekbooks
#fakt #kutubxona #rekord

Ginnesning rekordlar kitobida muddati o‘tgan kutubxona kitobi uchun dunyodagi eng katta jarima miqdori 345,14 dollarni tashkil etgan. Bu kitob “Kunlar va amallar” bolalar she’rlari boʼlib, kuniga 2 sentlik jarima toʼplanib borishi natijasida bu rekord paydo boʼlgan.

📝Jarima AQShning Illinoys jamoat kutubxonasi tomonidan chiqarilgan. Kitob 1955-yil 19-aprelda topshirilishi kerak edi, biroq 47 yildan keyin Illinoys shtatida yashovchi bir kishi bu kitobni onasining uyidan topib oldi. Kechiktirilgan chek kutubxonaga topshirildi.

🏛Kutubxonaning o‘zi 145 yoshda, u 1875-yilda ochilgan. Agar kitob o‘shanda olingan boʼlganda edi, jarima 1000 dollardan oshishi mumkin edi. Aytgancha, bugungi kunda AQShdagi kutubxonalarning 92 foizi jarima soladi, bu esa kitobxonlarga ularning mas'uliyatli boʼlishni eslatib turadi.

@ulmasbekbooks
#fakt

O'qish stressni yengillashtiradigan eng samarali vositalardan biridir

Sasseks universiteti tadqiqotchilari o'tkazgan tajribada atigi olti daqiqa mutolaa tanadagi stress gormonlarini 68 foizga kamaytirishi mumkinligini aniqladilar!
Taqqoslash uchun, video o'yinlar stressni atigi 21 foizga, piyoda yurish esa 42 foizga kamaytiradi.

Kuningizning atigi 6 daqiqasini mutolaaga sarflay olmaysizmi? Zero, barchasi mana shu 6 daqiqadan boshlanadi.

@ulmasbekbooks
#kutubxona #fakt

🏛 O'rta asrlarda Yevropa davlat kutubxonalarida kitoblar javonlarga zanjirband qilingan. Bunday zanjirlar kutubxonadan kitoblarni olib chiqishga imkon bermas edi. Faqatgina javon yonida kitoblarni olishga va o'qishga imkon bor edi.

🧐 Bu amaliyot 18-asrgacha keng tarqalgan bo'lib, bu kitobning har bir nusxasining juda qimmatligi bilan bog'liq edi.

@ulmasbekbooks
#fakt

🕰 Ma'lum bo'lgan birinchi soat quyosh soati bo'lib, u gnomondan kelib chiqqan. Ammo quyosh soatining bitta muhim kamchiligi bor - ular quyoshga muhtoj, ya'ni havo bulutli yoki tun bo'lsa, quyosh soatidan foydalanib bo'lmaydi. Shuning uchun Bobilda miloddan avvalgi 16-asrda klepsidra - suv soati ixtiro qilingan. Klepsidra qurilmasi juda oddiy - teshikdan suv tomadi va stakanda soatni belgi bilan koʼrsatish mumkin boʼladi.

Klepsidraga asoslangan Platon uyg'otuvchi soatni yaratdi - oqayotgan suv pastki idishdagi havoni siqib chiqaradi. Natijada soat belgilangan koʼrsatkichda aniqlanadi.

@ulmasbekbooks
​​#mutolaa #fakt

Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi

Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha ko‘p kitob o‘qisa, hayot yo‘lini shunchalik aniq tanlashini ta’kidlashmoqda. Kitob o‘qish hayotdagi to‘siqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular.

🍂 Kuningizni kitob mutolaasidan boshlang qadrdonlarim!

@ulmasbekbooks
​​#qiziqarli #fakt

🤔 Bashoratmi yoki tasodifmi?

🛳 Morgan Robertson 1898-yilda "Titanning halokati" yoki "Befoyda" romanini yozgan. Bu Shimoliy Atlantikada aysbergga urilib, cho‘kib ketadigan okean layneri haqidagi hikoya edi. Oradan roppa-rosa 14 yil o'tib, "Titanik" xuddi shu joyda va xuddi shunday cho'kdi. Romanda kema Atlantika okeanida aysbergga urilib, cho‘kib ketgan kema Titan deb atalgan.

@ulmasbekbooks
​​#qiziqarli #fakt

Ilmiy asarda tasvirlanadigan birinchi to'plam Aristotelga tegishli boʼlgan.

Aristotel ko'plab mamlakatlardan ko'plab o'simliklarni to'plash va tasvirlash bilan shug'ullanadigan kollektor edi. Uning kollektsiyasining asosiy yetkazib beruvchisi Aleksandr Makedonskiy edi.

@ulmasbekbooks
​​#fakt #kitoblar #tarjima #maqola

📜 Elektron kitoblar tarixiga bir nazar

Dastlabki elektron kitoblar juda sodda va funksional jihatdan cheklangan bo'lgan. Bu elektron kitoblar 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida paydo bo'la boshlagan va birinchi modellar ko'pincha faqat matnni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan. O'sha davrning elektron kitoblari zamonaviy e-ink texnologiyasiga ega bo'lmaganligi sababli, ularning ko'rish qobiliyati ham odatdagi raqamli displeylar kabi bo'lgan va ko'zga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi yorqin orqa yoritma ishlatilgan.

Dunyodagi birinchi marta shu turdagi qurilma Michael Hart tomonidan Project Gutenberg doirasida 1971-yilda yaratilgan bo'lib, bu loyihada elektron kitoblar yaratish va tarqatish g'oyasi ilgari surilgan. Bu elektron kitoblar asosan oddiy matn fayllari (.txt) formatida bo'lgan va murakkab grafika yoki formatlashni qo'llab-quvvatlamagan.

U Illinois shtati Universiteti Urbana-Shampen kutubxonasida ishlaydigan va bir kompyuter tizimiga bepul foydalanish huquqini olgan. O'sha payt Hart, kompyuterning katta saqlash imkoniyatlari va elektron hujjatlarni nusxalash qobiliyatidan ilhomlanib, madaniy ahamiyatga ega adabiyotlarni raqamli formatda saqlash g'oyasini o'ylab topdi.

Uning fikricha, agar adabiy asarlarni elektron formatda saqlash mumkin bo'lsa, bu ma'lumotlar doimiy ravishda bepul va hammaga ochiq bo'lardi. Shu tariqa, u Aholi istemol tovarlar deklaratsiyasi (Deklaratsiya of Independence) hujjatini skanerlaydi va raqamli formatga o'tkazadi, shu bilan elektron kitob tarixidagi birinchi asar yaratilgan.

Shunday qilib, Project Gutenberg ilk elektron kutubxonani yaratdi va bu g'oya keyinchalik XXI asr boshlarida Amazon, Google Books va boshqa elektron kitob do'konlari va platformalarining rivojlanishiga zamin yaratdi. Elektron kitoblar va o'quvchilar texnologiyasi esa keyingi yillarda, xususan, 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida, elektron kitoblarni o'qish uchun maxsus qurilmalar chiqarila boshlaganida yana-da rivojlandi.

Eng avvalgi elektron kitob o'quvchilardan biri Sony Data Discman edi, u 1992 yilda chiqarilgan. Bu qurilma CD-ROM disklaridagi elektron kitoblarni o'qish uchun ishlatilgan va u mobil foydalanuvchilar uchun ma'lumot almashish vositasi edi. Uning ekranida ko'pincha faqat tekst ko'rsatilgan va rasmlar yoki yuqori sifatli grafiklar bilan ishlov berish imkoniyatlari juda cheklangan.

© Oʻlmasbek

@ulmasbekbooks
#fakt #bilarmidingiz #qiziqarli

Bu asar real hayotdagi voqealarga asoslangan. Romanning bosh qahramoni real hayotda mavjud bo'lgan moliyachi va sanoatchi Charlz T. Yerkesning hayoti va faoliyatidan olingan.

Charlz T. Yerkes XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Amerikada mashhur bo'lgan va o'zining moliyaviy manipulyatsiyalari bilan tanilgan shaxs edi. U Ko‘chmas mulk va moliyaviy bozorlar bilan shug'ullangan va ko'plab bahsli va ziddiyatli ishlar bilan bog'liq edi.

Berilgan maʼlumotdan foydalanib topib koʻringchi gap qaysi asar haqida ketmoqda?

@ulmasbekbooks
#qiziqarli #fakt

TURK MIFOLOGIYASIDA RANGLAR NIMANI ANGLATADI?

Turk mifologiyasida to‘rt tomon turli ranglar bilan belgilangan:
Qora - shimol, suv, tun, qish, yomon ruhlar timsoli.
Qizil – janub, olov, yoz, ko‘tarinkilik timsoli.
Ko‘k (moviy) - sharq, osmon, bahor, tong, daraxt, bayroq timsoli.
Oq - g‘arb, kuz, otlar, haqiqat  timsoli.
Sariq rang oila, boylik, oltin, ajdodlar, o‘choq timsoli.

@ulmasbekbooks