Ulmasbekbooks | Blog
68 subscribers
235 photos
19 videos
4 files
179 links
👍Shunchaki shaxsiy qarashlar, fikrlar, o'ylar (har sohada)...
📚 Kitoblar haqida suhbatlar

📧Murojaat uchun: @deylsbot
Beemalol yozavering shunda kutaman😉

Instagram: https://www.instagram.com/ulmasbekbooks
Download Telegram
​​#mashhurlar #tafakkur

Kunlardan bir kun qadimgi yunon faylasufi Diogen kamon otuvchining qayta-qayta urinsa ham mo‘ljalga sira urolmayotganini ko‘rib, nishonning yoniga borib turadi. Tomoshabinlar hayron bo‘lib so‘rashadi:
Nega bunday qildingiz? Axir…
– Eng xavfsiz joy mana shu yer ekan
! – deb javob qiladi faylasuf.

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha #mashhurlar

"... agar noshir ozgina chalgʻib ketsa yoki qogʻoz sifati yomonroq chiqsa, matn muallifining oʻzi ham yozganlarini oʻqiy olmay qoladi."

Hoji Muin

@ulmasbekbooks
#janrlar #qiziqarli #bilarmidingiz

Pamflet – bu qisqa, odatda kichik hajmdagi, jamoatchilikka muhim bir mavzuda ma'lumot beruvchi yoki biror masala bo'yicha fikr-mulohazalarni tarqatish uchun yozilgan nashrdir. Pamfletlar odatda siyosiy, ijtimoiy yoki madaniy masalalar bo'yicha yoziladi va keng omma orasida tarqatiladi. Ular muallifning nuqtai nazarini ifodalash, muayyan masala yoki hodisaga e'tibor qaratish va odamlarni ma'lum bir harakatga undash maqsadida yoziladi. Pamfletlar ko'pincha qisqa, aniq va ta'sirli bo'ladi.

@ulmasbekbooks
#fakt #bilarmidingiz #qiziqarli

Bu asar real hayotdagi voqealarga asoslangan. Romanning bosh qahramoni real hayotda mavjud bo'lgan moliyachi va sanoatchi Charlz T. Yerkesning hayoti va faoliyatidan olingan.

Charlz T. Yerkes XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Amerikada mashhur bo'lgan va o'zining moliyaviy manipulyatsiyalari bilan tanilgan shaxs edi. U Ko‘chmas mulk va moliyaviy bozorlar bilan shug'ullangan va ko'plab bahsli va ziddiyatli ishlar bilan bog'liq edi.

Berilgan maʼlumotdan foydalanib topib koʻringchi gap qaysi asar haqida ketmoqda?

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha #nazm

Choʻlponning fikricha, ayollarni uyda saqlash qamoqning bir koʻrinishidir, u Sharq ayolini mustamlaka qilingan Sharqning oʻziga oʻxshatardi:

Men bir Sharq qizimen, Sharqning oʻzidek
Butun tanim, jonim - xayol uyasi,
Menim qora koʻzim kiyik koʻzidek
Belgisiz ovchining oʻqin koʻrguvsi.

Aytalarkim, yozda har bir joni bor
Erkin nafas olar, shodlanar, yayrar.
Aytalarkim, Sharqda bogʻlik xotinlar
Ul yorugʻ dunyoga na zamon kirar?

Sharq qizi

@ulmasbekbooks
#tafakkur #mashhurlar

Tarbiya qiyin ish va tarbiya shart-sharoitlarini yaxshilash - har qanday kishining ham muqaddas burchlaridan biridir, zero, o‘zini va tevarak-atrofdagilarni ma’lumotli qilishdan ham ko‘ra muhimroq ish yo‘q.

           Suqrot

@ulmasbekbooks
#bilarmidingiz #qiziqarli #mutolaa

Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi

Qator  tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Alsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.

@ulmasbekbooks
Ajoyib fikrlari, qarashlari va jahon adabiyotining sara asarlarini oʻzbek tiliga mohirona tarjima qilib kelayotgan bir tarjimonning sahifasini sizlar bilan boʻlishmoqchiman.

Oʻzim muntazam ravishda kuzatib boraman. Qoʻyiladigan postlarni miriqib oʻqiyman, bilmaganlarimni oʻrganaman.

❗️ Bu ushbu sahifamda tavsiya qilgan birinchi boshqa sahifa hisoblanadi.
(Reklama emas, xolis tavsiya)

https://t.me/bobil_kutubxonasi
#mulohaza

Insonlarga yordam bera olsangiz yordam bering, berolmasangiz ibodat qiling! Ibodat qilolmasangiz, ular haqida yaxshi fikrda bo‘ling. Boshqalar haqidagi yaxshi fikrlar ham bu xizmatdir!

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

1912-yilda Munavvarqori «turkiy, forsiy va porsiyon»larni Oʻrta Osiyodagi musulmon guruhlari sifatida sanagan.
«Porsiyon» rus tilidagi «forsiy» soʻzining kalkasi boʻlib, ayni ibora ikki turli yozilishda ishlatilishi lingvistik emas, balkim diniy farqliliklarni urgʻulashga qaratilgandir. Rus tilidagi «porsiyon», ayni damda, shia mazhabini ham anglatadi.

Shu kabi maʼlumotlar sizga qiziqmi? Oʻqigan va ayni dam mutolaasida boʻlgan kitoblarimdan berib boraman.

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

«biz, turkistonliklar, uchun forsiy tilning ahamiyati katta, chunki madrasa va udabo tilidur... Tursiktonning Samarqand va Fargʻona viloyatlarida forscha soʻylayturgan bir necha shahar va qishloqlar bordur». «Har turkni forsiy va har forsni turkiy bilmogʻi lozimdur», lekin turkistonliklar 2 emas, 4 tilni (dini uchun arab tili, dunyoni anglash uchun rus tillarini ham) bilishi kerak», Mahmudxoʻja Behbudiy.

@ulmasbekbooks
#taqriz

​​Teodor Drayzerning "Sarmoyador" romani haqida

Teodor Drayzerning "Sarmoyador" romani - bu adabiyot olamida o'ziga xos o'rin egallagan, inson ruhiyati va kapitalizmning murakkab tuzilishini chuqur tahlil qilgan asar. Bu roman, o'zining hayotiy voqealari va kuchli xarakterlari bilan o'quvchini o'ziga jalb qiladi va ularni zamonaviy jamiyatning murakkabliklariga olib kiradi.

Romanning bosh qahramoni Frenk Kapervud, o'zining iqtidorli va ambitsiyali shaxsiyati bilan ajralib turadi. Drayzer Kupervudning bolaligidan boshlab, uning hayot yo'lini batafsil tasvirlaydi. Kapervudning dastlabki muvaffaqiyatlari va uning moliyaviy dunyodagi yuksalishi, o'quvchini hayratda qoldiradi. Uning moliyaviy manipulyatsiyalari va biznesdagi muvaffaqiyatlari orqali, muallif kapitalizmning ichki mexanizmlarini ochib beradi.

Frenk Kapervud - bu murakkab va ko'p qirrali xarakter. Uning kuchli iroda va qat'iyatliligi, shuningdek, uning axloqiy ziddiyatlari va ichki kurashlari, o'quvchini uning hayoti va qarorlariga hamdard qiladi. Kapervudning shaxsiy hayoti ham, uning professional hayoti kabi murakkab va ziddiyatli. Uning sevgi munosabatlari va oilaviy hayoti, romanning asosiy mavzularidan biri bo'lib, insonning ichki dunyosini yanada chuqurroq ochib beradi.

"Sarmoyador" romani, kapitalizm va uning ijtimoiy ta'sirlarini chuqur tahlil qiladi. Drayzer, kapitalizmning inson hayotiga va jamiyatga ta'sirini ochib beradi. Romanda, kapitalizmning ijobiy va salbiy tomonlari, uning insoniy munosabatlarga ta'siri va axloqiy ziddiyatlari batafsil tasvirlangan. Drayzer, kapitalizmning murakkab tuzilishini va uning inson ruhiyatiga ta'sirini chuqur tahlil qiladi.

Drayzerning yozuv uslubi oddiy va sodda bo'lib, o'quvchini o'ziga tortadi. Muallif, voqealarni batafsil va hayotiy tasvirlaydi, bu esa o'quvchiga romandagi voqealarni yanada chuqurroq his qilish imkonini beradi. Drayzerning uslubi, o'zining hayotiy tajribasi va kuzatuvlari bilan boyitilgan, bu esa asarga chuqur mazmun va haqiqatni olib kiradi.

"Sarmoyador" romani Teodor Drayzerning eng muhim asarlaridan biri bo'lib, Amerika jamiyatining iqtisodiy va ijtimoiy hayotini chuqur tasvirlaydi. Frenk Kapervudning hayoti va uning moliyaviy muvaffaqiyatlari orqali Drayzer kapitalizmning qaltis tomonlarini va insoniy ambitsiyalarni chuqur o'rganadi. Bu roman o'quvchiga nafaqat qiziqarli syujetni, balki chuqur ijtimoiy va iqtisodiy tahlilni ham taqdim etadi. Drayzerning uslubi va tili roman o'quvchilarini qahramonning ichki dunyosiga chuqur kirishga undaydi va ularni Amerika jamiyatining murakkabliklarini tushunishga yordam beradi.

🔹 2024-yilda oʻqilgan oltinchi kitob
©️ @ulmasbekbooks
Sahifamiz rivojiga hissa qoʻshing

“Tirikchilik” platformasida yangi sahifa ochdik. Endilikda u orqali kanalimiz faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin.

👉 tirikchilik.uz/ulmasbekbooks

Qoʻllab-quvvatlovchilarga tashakkur!

@ulmasbekbooks
#tavsiya #kitoblar

Psixologlarning tavsiyasiga ko‘ra, kitoblarni faqat xotirjam holatda o'qish kerak. Agar sizning ruhiy ahvolingiz asabiy yoki xafa holatda bo'lsa, kitob o‘qishdan hech ham zavq hissini tuymaysiz. Tinch holatda o'qiyotganda, miyangiz bu jarayonni yoqimli xotiralar bilan bog‘laydi. Aksincha holatda bo‘lsangiz natija ham teskari bo‘ladi.

@ulmasbekbooks
#shunchaki #fikrlar

Gapirayotgan gaping to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin niyating to‘g‘ri bo‘lmasa, so‘zingning ahamiyati puchayadi.

@ulmasbekbooks
#mashhurlar #maslahat

Rey Bredberi:

          Roman yozishdan boshlamang. U juda ko‘p vaqt oladi. Yozuvchilikka qisqa hikoyalar orqali yo‘l toping. Har hafta bir nechta hikoya yozing. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.

          Bredberining o‘zi ilk romani – “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja”ni yozguniga qadar 30 yil shu taxlit ishlagan.

@ulmasbekbooks
#qiziqarli #fakt

TURK MIFOLOGIYASIDA RANGLAR NIMANI ANGLATADI?

Turk mifologiyasida to‘rt tomon turli ranglar bilan belgilangan:
Qora - shimol, suv, tun, qish, yomon ruhlar timsoli.
Qizil – janub, olov, yoz, ko‘tarinkilik timsoli.
Ko‘k (moviy) - sharq, osmon, bahor, tong, daraxt, bayroq timsoli.
Oq - g‘arb, kuz, otlar, haqiqat  timsoli.
Sariq rang oila, boylik, oltin, ajdodlar, o‘choq timsoli.

@ulmasbekbooks
#fikrlar #tafakkur

Ne’mat shukrga, shukr esa o‘sishga bog‘liq. Modomiki bandadan shukr to‘xtamas ekan, Allohdan ham ne’matning o‘sishi to‘xtab qolmaydi.

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha #tafakkur

O‘zingizni...

O‘zingizni muhim shaxs deb hisoblamang. Dunyo siz bo‘lsangiz ham, bo‘lmasangiz ham turaveradi. Oilangiz, farzandlaringiz siz o‘lgandan keyin ham yashayverishadi. Ishlaringiz sizsiz ham bitaveradi. Barchasini zimmangizga olib, o‘zingizni qiynayvermang. Umringiz qanday o‘tganini ham bilmay qolasiz. Tashlab qo‘ying, vazifalarni taqsimlang, atrofingizdagilar uchun emas, o‘zingiz uchun ham yashang. Ularni o‘zingizga bog‘lab qo‘ysangiz, ishoning, sizdan keyin ko‘proq qiynalishadi. Qo‘yib bering, ularni ham harakat qilishga o‘rgating, ishlaringiz siz bo‘lmasangizda yuraveradigan holatga kelsin. Vaqtingizni, kuchingizni oxiratingiz uchun ham sarflab turing. Ishoning, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan

@ulmasbekbooks