Ulmasbekbooks | Blog
69 subscribers
235 photos
19 videos
4 files
183 links
👍Shunchaki shaxsiy qarashlar, fikrlar, o'ylar (har sohada)...
📚 Kitoblar haqida suhbatlar

📧Murojaat uchun: @deylsbot
Beemalol yozavering shunda kutaman😉

Instagram: https://www.instagram.com/ulmasbekbooks
Download Telegram
#fikrlar

Barcha yaxshi kitoblar bir jihati bilan o'xshash: Oxirigacha o'qiganingizda bularning barchasi siz bilan sodir bo'lgandek tuyuladi va u siz bilan abadiy qoladi.

@ulmasbekbooks
​​#fikrlar #tafakkur

Hayot surat chizadigan taxtaga o‘xshaydi.
Undagi ranglar so‘zlar, shakllar esa amallardir.
Chetidagi aylanma chizig‘i umrdir.
Biz esa uning rassomimiz.
Hayoting tamom bo‘lganda rasm ham tugab bitadi. Qiyomat qoyim bo‘lganda har bir inson o‘z rasm taxtasini namoyish qiladi.
Mo‘yqalam qo‘lingda ekan, rasm taxtangga go‘zal suratlar chizib ol...!

@ulmasbekbooks
​​#fikrlar

Kitob kitobxonni g'am-tashvishlaridan xalos qiladi. Inson o'qisa, uning charchoqlari ham yo'qoladi. Agar u bilan yolg'iz qolsangiz, u qanday ajoyib hamroh! U fitna to'qishidan yoki sizni bezovta qilishidan qo'rqmang..
📖☕️

@ulmasbekbooks
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fikrlar

Hayot xuddi bir kitobdir. Har kuni yangi sahifa. Bir sahifasi  mahzun kechsa, keyingi sahifasi quvonchga to‘la bo‘ladi. Shuning uchun ham xavotir olmang!

Hayot sahifalarini varoqlayvering-da, qiyinchilik baribir o‘tib ketishini biling va hech qachon taslim bo‘lmang...

@ulmasbekbooks
#fikrlar #tafakkur

Umr ariqlarni to‘ldirib oqayotgan suvga o‘xshaydi. Oqaveradi-oqaveradi. Ming harakat qilib ham to‘xtatib bo‘lmaydi...
Lekin, shu oqimni foydaliroq tomonga burib yuborsa bo‘lar ekan.

Ista, bu oqimni “ekin maydoni”ga bur. Hosilidan odamlar zavq olsin.
Ista, o‘z holicha qoldir va isrof bo‘lishini ko‘rib, achingancha qolaver...


@ulmasbekbooks
#tafakkur #fikrlar

Dunyo ulkan ko‘zgudir, o‘z holicha yomonlik ham, yaxshilik ham keltirmaydi. Tegrangdagi ro‘y berayotgan hamma narsa aslida o‘z fikrlaring, his-tuyg‘ularing, istak va tutumlaringning aksidir. Aslida dunyo sobit, o‘zgarmas va hatto, qiymatsiz bir narsa, muhimi, uning sendagi aksidir. Ko‘zgularning xususiyatlari har xil, botiq ko‘zgu narsalarni ulkanlashtirib, qabariq ko‘zgu kichraytirib ko‘rsatishidan xabaring bor.

Isajon Sulton «Ozod» romanidan.

@ulmasbekbooks
#fikrlar #tafakkur

Kitob o‘qiydigan (1) va kitob o‘qimaydigan (2) kishilar orasidagi ba’zi farqlar:

1) Mustaqil fikrga ega bo‘ladi. Hayotda o‘zi uchun tutgan aniq yo‘li bo‘ladi.
2) Mustaqil fikrga ega bo‘lmaydi. Kim nima desa ergashib ketadi, hamkasbi, o‘zini do‘sti qilgan ishni u ham qilishi kerakdek his qiladi.

1) Avval o‘ylab, keyin gapiradi. Shuning uchun gapida qat’iy bo‘ladi. Bugun u, ertaga bu deb turmaydi.
2) Avval gapirib, keyin o‘ylaydi, agar o‘ylasa. Shuning uchun bugun u, ertaga bu deb turaveradi.

@ulmasbekbooks
#fikrlar #tafakkur

JASORAT

Har doim erishish jasorat bo‘lavermaydi. Ba’zan voz kechish uchun ham jasorat kerak. Chunki, voz kechish ham ba’zan zafar qozonishdir, halos bo‘lishdir va hammasini yangidan, balki a’loroq qilib boshlashga sababdir.

@ulmasbekbooks
​​#asardan_parcha #fikrlar

Muhabbat hech qachon hech kimga boʻysunmaydi. Biz oʻzimizni kimgadir muhabbat qo'yishga majburlay olmaymiz. Xuddi shu kabi qalbda uygʻongan muhabbatni toʻxtatishga ham qodir emasmiz. Biz muhabbatni emas, muhabbat bizni tanlaydi. _

_
©️Den Braun “Ibtido” asaridan

@ulmasbekbooks
​​#tafakkur #fikrlar #mulohaza

Hayot surat chizadigan taxtaga o‘xshaydi. Undagi ranglar so‘zlar, shakllar esa amallardir. Chetidagi aylanma chizig‘i umrdir. Biz esa uning rassomimiz. Hayoting tamom bo‘lganda rasm ham tugab bitadi. Qiyomat qoyim bo‘lganda har bir inson o‘z rasm taxtasini namoyish qiladi. Mo‘yqalam qo‘lingda ekan, rasm taxtangga go‘zal suratlar chizib ol...!

@ulmasbekbooks
​​#tafakkur #fikrlar

          Ekzistensial inqiroz

          Ekzistensial inqiroz - bu insonning o'z borligi, maqsadi va hayotdagi o'rni haqidagi chuqur shubhalarga tushib qolishi holatidir. Bu inqiroz odam o'zining hayotida aniq va umumiy ma'no yoki maqsad yo'qligini his qilganda paydo boʻladi, bu esa o'z mavjudligining asosini yoki mohiyatini so'roq ostiga qo'yishiga olib keladi. Odatda bu, inson hayotining qanday kechishi bilan bog'liq asosiy savollar —Kimman? Nega yashayapman? Hayotimning ma'nosi nima? — kabiga ko'ngil to'la javob topa olmaganida paydo bo'ladi. Eksistensial inqiroz ruhiy qiyinchilik va bezovtalikka sabab bo'lishi mumkin, ammo u shuningdek, kishini o'z hayotini qayta ko'rib chiqishga va unga yangi ma'no berishga ham undashi mumkin.

          Ekzistensializm konseptsiyasiga ko'ra, hayotning qadr-qimmati insonning o'zini qanday anglashida, qilgan tanlovi va qilgan harakatlarida aniq namoyon bo'ladi.

@ulmasbekbooks
#tafakkur #fikrlar

Bu hayot qonunidir, yig‘lamang...

-Agar  aziz bir insoningizni  o‘lim olib ketsa va  uni umrbodga yo‘qotsangiz,  yig‘lamang. Chunki u omonat edi, Alloh o‘z omonatini (qaytarishni) ixtiyor qildi.

- Agar bemorlik bilan sinalsangiz va har daqiqa alamdan qiynalib, ozor cheksangizda, yig‘lamang. Chunki ayni damda u sababli gunohlaringiz yuvilayotgan bo‘ladi.

-Agar aziz do‘stingiz sizdan aloqa uzsa  va  xatto uzoqlashgani sababini aytmasa ham yig‘lamang, chunki u sizni qo‘ldan boy berdi, siz uni emas.

-Agar eng yaqin insoningizni  dushmanligi, adovati oshkora bo‘lib qolsa ham yig‘lamang, balki,  umr bo‘yi uni sezmay, g‘aflatda qolmaganingiz uchun Allohga hamd ayting.

-Agar siz yaxshilik qilgan insonlar sizga zulm qilishsa ham yig‘lamang, bu olamda siz birinchi mazlum emassiz.
Muhimi, zolimlardan bo‘lib qolmang.

@ulmasbekbooks
#shunchaki #fikrlar

Gapirayotgan gaping to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin niyating to‘g‘ri bo‘lmasa, so‘zingning ahamiyati puchayadi.

@ulmasbekbooks
#fikrlar #tafakkur

Ne’mat shukrga, shukr esa o‘sishga bog‘liq. Modomiki bandadan shukr to‘xtamas ekan, Allohdan ham ne’matning o‘sishi to‘xtab qolmaydi.

@ulmasbekbooks