Ulmasbekbooks | Blog
69 subscribers
235 photos
19 videos
4 files
183 links
👍Shunchaki shaxsiy qarashlar, fikrlar, o'ylar (har sohada)...
📚 Kitoblar haqida suhbatlar

📧Murojaat uchun: @deylsbot
Beemalol yozavering shunda kutaman😉

Instagram: https://www.instagram.com/ulmasbekbooks
Download Telegram
#asardan_parcha

Inson zoti ehtiyoj sezadigan ilmlarning bari Qurʼon va hadisda bor. Shuning uchun insoniyat dunyo hayotida duch kelishi muqarrar boʼlgan barcha muammolar, mashaqqat va masalalarning yechimini avval shu manbalardan izlashi lozim...

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

Tag maʼno yashiringan ajoyib satrlar

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

O‘zingizni...

O‘zingizni muhim shaxs deb hisoblamang. Dunyo siz bo‘lsangiz ham, bo‘lmasangiz ham turaveradi. Oilangiz, farzandlaringiz siz o‘lgandan keyin ham yashayverishadi. Ishlaringiz sizsiz ham bitaveradi.  Barchasini zimmangizga olib, o‘zingizni qiynayvermang. Umringiz qanday o‘tganini ham bilmay qolasiz. Tashlab qo‘ying, vazifalarni taqsimlang, atrofingizdagilar uchun emas, o‘zingiz uchun ham yashang. Ularni o‘zingizga bog‘lab qo‘ysangiz, ishoning, sizdan keyin ko‘proq qiynalishadi. Qo‘yib bering, ularni ham harakat qilishga o‘rgating, ishlaringiz siz bo‘lmasangizda yuraveradigan holatga kelsin. Vaqtingizni, kuchingizni oxiratingiz uchun ham sarflab turing.  Ishoning, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan.

@ulmasbekbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#asardan_parcha

🇹🇯 Tojik soʻzi 1924-yildan avval Markaziy Osiyoda soʻzlashilgan fors tili uchun ishlatilmagan.
🇺🇿 Oʻrta Osiyodagi boshqa respublikalar ayniqsa Tojikiston Oʻzbekistondan nisbat olib shakllangan.

@ulmasbekbooks
​​#asardan_parcha

Sivilizatsiya - televizor tomosha qilish emas, balki uni yasashdir, ingliz matosi orqasidan chopish emas, balki uni toʻqishni oʻrganishdir. Sivilizatsiya bugun ilm, texnologiya, iqtisodiy qudrat va rivojlanishda boʻlib qoldi.
Nonimizni, qurolimizni va kiyimimizni ajnabiy qoʻl yasab berar ekan, ozodlik ham, mustaqillik ham bekordir.

© Doktor Mustafo Mahmud,
"_Niqobingizni yeching, janoblar_" kitobida
n

@ulmasbekbooks
​​#asardan_parcha

ENG YAXSHI SUHBATDOSH KITOBDIR

Kitob o‘qishga odatlanish, aqlni foydali ishlar bilan o‘stirish, keng dunyoqarash ulkan baxtdir. Johiz ismli olim g‘am-qayg‘udan yiroq bo‘lish uchun kitob o‘qishni tavsiya etib bunday degan ekan:

"Kitob holis suhbatdosh, to‘g‘riso‘z va sodiq do‘st. Sizdan malollanmaydigan hamroh. Mol-dunyoingiz uni qiziqtirmaydi. Ichingizdagi sirlaringizni yaltoqlik bilan bilib olmaydi. Sizga makr-hiyla ham qilmaydi, munofiqlarcha aldamaydi, yolg‘on so‘zlamaydi. U haqiqiy do‘stdir.

Kitobga qaraganingiz sari undan foyda olasiz, zavq-shavq tuyasiz va rohatlanasiz, zehningiz oydinlashadi, tilingiz ravon bo‘ladi, ifodangiz ko‘rkam, ruhingiz tetik, qalbingiz obod bo‘ladi, sizga xalq hurmatini, podshohlar sadoqatini in’om etadi.
Sizga zarar yetkazmasdan, mashaqqatga qo‘ymasdan, ilm egalari eshigi oldida muztar bo‘lib turmasdan, xulqda ham, nasl-nasabda ham sizga teng bo‘lmagan kimsalar bilan ko‘ngilsiz suhbatlar qurmasdan, dunyo ahllari bilan hamtovoq bo‘lmasdan turib, odamlar og‘zidan bir umr o‘rgana olmaydigan narsani kitob yordamida bir oyda o‘rgana olasiz.

Kitob sizga tunu kun va har yerda yaxshilik qiladi. Kitob bir lahza ham orom olmaydi. U bedorlikdan charchamaydigan, keragida sizga yordamlashib keladigan muallimdir. Undan yiroqlashsangiz ham sizdan ranjimaydi, berayotgan foydasini to‘xtatib qo‘ymaydi, sizga itoat qilishda davom etaveradi. Agar dushmanlaringiz ishi yurishib qolsa, sizni tashlab ular tomonga og‘ib ketmaydi. Qachon u bilan birga sizni yuksaklarga eltuvchi pillapoyaga qadam qo‘ysangiz yoki ma’rifat arqoniga osilsangiz, ya’ni, mashaqqat bilan yetiladigan qaysi ishga kirishsangiz, siz uchun uning o‘zi yetarli yordamchidir. U bilan birga ekan, odam o‘zini yolg‘iz va chorasiz xis qilmaydi. Hech bo‘lmaganda, kitob sizni uyingiz oldidan o‘tuvchi yo‘lovchilarga maqsadsiz qarab o‘tirishdan saqlaydi. Bu bilan siz juda katta foydaga erishgan bo‘lasiz
”.

Shayx Oiz al-Qarniy
📚O‘kinma


@ulmasbekbooks
​​#asardan_parcha

_Muhabbat hech qachon hech kimga boʻysunmaydi. Biz oʻzimizni kimgadir muhabbat qo'yishga majburlay olmaymiz. Xuddi shu kabi qalbda uygʻongan muhabbatni toʻxtatishga ham qodir emasmiz. Biz muhabbatni emas, muhabbat bizni tanlaydi.

_
©️Den Braun
Ibtido

@ulmasbekbooks
​​#asardan_parcha

Shohona boʻlsayu, biroq uyingizda kutubxona boʻlmasa, naqadar achinarli.

Jeyn Ostin.

@ulmasbekbooks
​​#asardan_parcha #fikrlar

Muhabbat hech qachon hech kimga boʻysunmaydi. Biz oʻzimizni kimgadir muhabbat qo'yishga majburlay olmaymiz. Xuddi shu kabi qalbda uygʻongan muhabbatni toʻxtatishga ham qodir emasmiz. Biz muhabbatni emas, muhabbat bizni tanlaydi. _

_
©️Den Braun “Ibtido” asaridan

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

“Ong oʻzgarmaguncha boshqa oʻzgarishlar negiz tutmas”.

Surgundagi Buxoro Kommunist partiyasining "Tong" jurnali (1920) va Turkompros nashr etgan "Bilim oʻchogʻi" roʻznomalarining shiori.

Topingchi, qaysi asar?

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

Hayotni hech qachon qolipga solib boʻlmaydi va odamlar bunday urinishlardan voz kechishlari kerak.
Baʼzi odamlarni aqidalar, boshqalarni esa qoʻrquv ushlab turadi. Biroq shunday odamlar ham topiladiki, ularda tabiat hukmronlik qiladi va bundaylar uchun na qoʻrquv va na boshqa narsalar bor.

Teodor Drayzer
Sarmoyador

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha #mashhurlar

"... agar noshir ozgina chalgʻib ketsa yoki qogʻoz sifati yomonroq chiqsa, matn muallifining oʻzi ham yozganlarini oʻqiy olmay qoladi."

Hoji Muin

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha #nazm

Choʻlponning fikricha, ayollarni uyda saqlash qamoqning bir koʻrinishidir, u Sharq ayolini mustamlaka qilingan Sharqning oʻziga oʻxshatardi:

Men bir Sharq qizimen, Sharqning oʻzidek
Butun tanim, jonim - xayol uyasi,
Menim qora koʻzim kiyik koʻzidek
Belgisiz ovchining oʻqin koʻrguvsi.

Aytalarkim, yozda har bir joni bor
Erkin nafas olar, shodlanar, yayrar.
Aytalarkim, Sharqda bogʻlik xotinlar
Ul yorugʻ dunyoga na zamon kirar?

Sharq qizi

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

1912-yilda Munavvarqori «turkiy, forsiy va porsiyon»larni Oʻrta Osiyodagi musulmon guruhlari sifatida sanagan.
«Porsiyon» rus tilidagi «forsiy» soʻzining kalkasi boʻlib, ayni ibora ikki turli yozilishda ishlatilishi lingvistik emas, balkim diniy farqliliklarni urgʻulashga qaratilgandir. Rus tilidagi «porsiyon», ayni damda, shia mazhabini ham anglatadi.

Shu kabi maʼlumotlar sizga qiziqmi? Oʻqigan va ayni dam mutolaasida boʻlgan kitoblarimdan berib boraman.

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha

«biz, turkistonliklar, uchun forsiy tilning ahamiyati katta, chunki madrasa va udabo tilidur... Tursiktonning Samarqand va Fargʻona viloyatlarida forscha soʻylayturgan bir necha shahar va qishloqlar bordur». «Har turkni forsiy va har forsni turkiy bilmogʻi lozimdur», lekin turkistonliklar 2 emas, 4 tilni (dini uchun arab tili, dunyoni anglash uchun rus tillarini ham) bilishi kerak», Mahmudxoʻja Behbudiy.

@ulmasbekbooks
#asardan_parcha #tafakkur

O‘zingizni...

O‘zingizni muhim shaxs deb hisoblamang. Dunyo siz bo‘lsangiz ham, bo‘lmasangiz ham turaveradi. Oilangiz, farzandlaringiz siz o‘lgandan keyin ham yashayverishadi. Ishlaringiz sizsiz ham bitaveradi. Barchasini zimmangizga olib, o‘zingizni qiynayvermang. Umringiz qanday o‘tganini ham bilmay qolasiz. Tashlab qo‘ying, vazifalarni taqsimlang, atrofingizdagilar uchun emas, o‘zingiz uchun ham yashang. Ularni o‘zingizga bog‘lab qo‘ysangiz, ishoning, sizdan keyin ko‘proq qiynalishadi. Qo‘yib bering, ularni ham harakat qilishga o‘rgating, ishlaringiz siz bo‘lmasangizda yuraveradigan holatga kelsin. Vaqtingizni, kuchingizni oxiratingiz uchun ham sarflab turing. Ishoning, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Orif Taskinning «Hayot menga shuni o‘rgatdi» kitobidan

@ulmasbekbooks