Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.15K subscribers
271 photos
63 videos
80 files
388 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22

Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi
Download Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2024
#Professional_taʼlim

⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

✔️Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

✔️1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

✔️2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

➡️Faylni yuklab olish

☝️Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024
#abituriyent

Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi

Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Hujjat topshirish kecha soat 23:59 da yakunlandi.

Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

@TEXNIKUMLAR
#qabul2024
#akademik_litsey
#infografika

Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

2-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 186 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma, hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
#qabul2024
#infografika
#kasbhunarmaktablari

Kasb-hunar maktablariga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

2-iyul soat 18.00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 33 735 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR