Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.18K subscribers
273 photos
63 videos
80 files
396 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22

Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi
Download Telegram
Фанлар мажмуаси.pdf
538.9 KB
#Professional_taʼlim

⚡️⚡️⚡️MUHIM!!!

Respublika kollej va texnikumlarga
professional taʼlim bosqichidagi kasb (mutaxassislik)larga
mos test sinov topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi

Unga koʻra, Test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlar soni jami 70 ta — 30 ta majburiy fanlar (Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), Matematika, Oʻzbekiston tarixi) va 40 ta kasb va mutaxassisliklarga mos ikkita fan boʻyicha.

@TEXNIKUMLAR
Фанлар мажмуаси.pdf
538.9 KB
#Professional_taʼlim

⚡️⚡️⚡️MUHIM!!!

Respublika kollej va texnikumlarga
professional taʼlim bosqichidagi kasb (mutaxassislik)larga
mos test sinov topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi

Unga koʻra, Test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlar soni jami 70 ta — 30 ta majburiy fanlar (Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), Matematika, Oʻzbekiston tarixi) va 40 ta kasb va mutaxassisliklarga mos ikkita fan boʻyicha.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul_2021 | #Professional_taʼlim

⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi.

2021-yil 13-noyabr kuni kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 13-noyabr kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini ruxsatnoma.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

🔚 Eslatib oʻtamiz, kirish test imtihonlari DTM tomonidan 17-noyabrga qadar 2 smenada amalga oshiriladi.

@TEXNIKUMLAR
#Professional_taʼlim

MUHIM! Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (20-yanvar kuni ham) etib belgilandi.

✔️Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kasb olishga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

@TEXNIKUMLAR
#Foydali |#Professional_taʼlim

⚡️MUHIM! 2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!

🔰2021/2022-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarga istisno tariqasida, ularni bergan arizalariga muvofiq imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.

❗️Quyida kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlar hamda fanlar majmuasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuklab oling👇🏻

💾 Kollejlar

💾 Texnikumlar

💾 Fanlar majmuasi

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi
#Professional_taʼlim

👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Professional ta’lim tizimining o‘rta professional ta’lim dasturlari bo‘yicha ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomladilar

✔️ Jumladan, Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi Olmaliq kon metallurgiya kollejida ilk 168 nafar bitiruvchilarga o‘rta professional ta’lim dasturlarining diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

➡️ Batafsil: edu.uz

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
KHM_qabul2022.pdf
1.3 MB
#Qabul2022
#Professional_taʼlim

⚡️KASB-HUNAR MAKTABLARIGA QABUL PARAMETRLARI TASDIQLANDI

🔰 2022/2023-oʻquv yili uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻiga muvofiq 330 ta kasb-hunar maktabiga jami 78 ming 490 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

➡️ Shundan, 75 470 ta oʻzbek, 930 ta rus va 2090 ta qoraqalpoq tili guruhlari uchun belgilandi.

✔️ Maʼlumot uchun, kasb-hunar maktablarida oʻqish toʻliq davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2022
#Professional_taʼlim

⚡️Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi.

🔰 100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan, joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz elektron platformasi orqali 2022-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

▪️Platformaga:

tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
#Professional_taʼlim
#Xalqaro_hamkorlik

Oliy va
professional taʼlimni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

Ayni kunlarda Qozogʻiston Respublikasining Nursulton shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim loyihasi doirasidagi xalqarо seminar boʻlib oʻtmoqda.

➡️ Batafsil ushbu havolada

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2022
#Professional_taʼlim

⚡️Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

🔰Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining buyrug‘i bilan 2022/2023-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 139 638 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

✔️Shundan:

➡️149 ta kollej uchun — 59 ming 460 ta;

➡️194 ta texnikum uchun — 80 ming 178 ta.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023
#Professional_taʼlim

⚡️1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

🔰 100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan, joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

▪️Platformaga:

tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul_2024
#Professional_taʼlim

⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi.

✔️Shundan:

▶️ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta;
▶️ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2024
#Professional_taʼlim

⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

✔️Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

✔️1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

✔️2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

➡️Faylni yuklab olish

☝️Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

@TEXNIKUMLAR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM