Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.4K photos
1.63K videos
461 files
3.54K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
📣Xorijiy OTMlardan o‘qishini Toshkent arxitektura-qurilish institutiga ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test va ijodiy imtihonlar natijalari

🔔Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha 2019 yilning 28-30 avgust kunlari o‘tkazilgan maxsus sinovlar (onlayn test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari bo‘yicha o‘tish bali 56,7 ballni tashkil etadi.

🔔Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini Toshkent arxitektura-qurilish institutiga ko‘chirish uchun maxsus sinovlar (on-layn test, kasbiy (ijodiy) imtihon) topshirgan va sinovlar natijalariga ko‘ra 56,7 va undan ortiq ball to‘plagan fuqarolar 2019 yilning 4 sentabridan tegishli fakultetlarga murojaat qilishlari mumkin.

#yangilik #perevod #transfer
@taqi_uz
📣 DIQQAT E'LON!

🔔 Institut ichida
(yo'nalishdan yo'nalishga, guruhdan guruhga) o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar diqqatiga!

☝️ Ayni shu masalada 17-fevral, dushanba kuni soat 10:00 da Institut Axborot resurs markazida yig'ilish bo'lib o'tadi. O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga shu majlisda javob olishingiz mumkin!

#yangilik #elon #perevod
@taqi_uz
📣 O'zbekiston Respublikasidagi boshqa OTM lardan Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga o'qishini ko'chirish (qayta tiklash) uchun ariza topshirganlar diqqatiga!

Ushbu PDF faylda o'qishi Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga ko'chirish (qayta tiklashi) ga tavsiya etilgan talabgorlar ro'yhati keltirilgan!

☝️ Ushbu ro'yhatda keltirilgan nomzodlar 71-2341139 raqamga bog'lanishlari so'raladi!

❗️Qolgan turdagi o'qishni ko'chirish/qayta tiklash (horijdan, ichki) natijalarini ham tez kunlarda e'lon qilamiz!

#transfer #natija #perevod
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
📣 Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga horijiy OTM laridan o'qishini ko'chirish (qayta tiklash) uchun ariza topshirganlar diqqatiga!

1️⃣ Horijiy oliy ta'lim muassasalaridan o'qishni Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga ko'chirish bo'yicha o'tkazilgan maxsus (onlayn test) sinovlari natijalari: https://t.me/arxivxona/207

2️⃣ Dunyoning TOP-1000 OTM lari ro'yhatiga kirgan Rossiya Federatsiyasi universitetlaridan Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga o'qishini ko'chirish tavsiya etilganlar ro'yhati: https://t.me/arxivxona/208

#transfer #natija #perevod
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
📣 Toshkent Arxitektura-Qurilish Institutiga turdosh bo'lmagan yo'nalishlardan o'qishini ko'chirish (qayta tiklash) natijalari

#transfer #natija #perevod
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Forwarded from Xushnudbek.uz
Perevod” uchun bugun pul to’lashga ulgurmasa nima bo’ladi?
#perevod

Xorijdan va O’zbekistondagi nodavlat oliygohlardan o’qishini ko’chirish uchun ariza bergan ko’pchilikda “Ko’rib chiqish uchun qabul qilindi” degan yozuv chiqib turibdi. Bunday holatda testga kirish uchun to’lov qilib bo’lmaydi, faqat ariza qabul qilingandan keyingina to’lov invoysi chiqadi.

Bugun, 5-avgustda arizasi qabul qilinmagan va natijada to’lov qila olmagan talabalar taqdiri nima bo’ladi? Ular perevod imtihonidan qolib ketmaydimi?

Yo’q, qolib ketmaydi. To’lovni ariza qachon qabul qilinsa, shunda qilaverasiz. U 7-avgust bo’ladimi, 10-avgust bo’ladimi, farqi yo’q.

Faqat shaxsiy kabinetingizni tekshirib turing, arizangiz holati o’zgarsa, ya’ni yoki ariza qabul qilinsa, yoki rad etilsa, shunga qarab ish qilishingiz kerak bo’ladi. Agar qabul qilinsa, tezda to’lov qilishingiz, agar rad qilinsa, arizangizdagi xatoni to’g’rilab, qayta topshirishingiz kerak.

Xullas, arizasi hali qabul qilinmaganlar uchun bugun to’lov qilishning oxirgi kuni emas, xavotir olmang.

O’zi perevodda kimlar to’lov qiladi?

Bunda 2 xil qoida bor:

1️⃣ Agar “tashqi perevod” bo’lsa, ya’ni xorijdan yoki O’zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga ko’chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 165 ming so’m miqdorida to’lov qilinadi, chunki ular testga kiradi;

2️⃣ Agar “ichki perevod” bo’lsa, ya’ni bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga yoki bir OTM ichida o’qishni ko’chirmoqchi bo’lsa, unda hech qanday to’lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.

Yana ham oson tushunish uchun:

my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to’lov qilinadi, transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to’lov qilinmaydi.

Chunki:

Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMgamy.uzbmb.uz orqali;

Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.

Shuningdek, bir OTM ichidagi perevodda rektor nomiga ariza berilsa ham to'lov qilinmaydi.

❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM