Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.4K photos
1.63K videos
461 files
3.54K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoev: Uylar davlat tomonidan bepul qurib-ta’mirlab beriladi.

Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi.

– Ta’mirlanadigan uylar ham, yangi quriladiganlari ham davlat tomonidan bepul qurib-ta’mirlab beriladi. Odamlar yangi ko‘p qavatli uylarga va o‘zlarining ta’mirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgacha to‘liq ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham o‘zlarida qoladi, – dedi Prezident.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida uy-joylari butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan aholi uchun 3 ta massivda jami 2 ming 640 kvartirali 66 ta 5 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.


Manba: Sherdor TV YouTube kanali

#Prezident #Sardoba #Qurilish #yangilik
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosidan fotolavhalar

Toshkent arxitektura-qurilish institutining Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi 9-uy manzilidagi yangi binosining o’quv laboratoriya korpusiga 4-bitiruvchi kurs Dizayn ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan yaratilgan inter'er loyihasi bo’yicha bezatilgan o’quv laboratoriya korpusidan videolavha

#yangilik #xabar #rolik
Ma'lumot uchun: ☎️ | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch doktoranti Tursunov Bekzod Akbar o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil «26» avgustdagi ““Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi PQ-4814-sonli qarori bilan 28 nafar yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar orasida Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch doktoranti Tursunov Bekzod Akbar o‘g‘li ham borligi barchamizni xursand etdi.
Shu munosabat bilan, institut jamoasi o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, mustaqil fikrlovchi va yuqori salohiyatga ega bo‘lgan, Tursunov Bekzod Akbar o‘g‘lini ushbu erishgan yutug‘i bilan tabriklaydi hamda uning ilmiy ishlariga omad tilaydi.

Ma’lumot uchun: Sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti matbuot xizmati

#xushxabar #yangilik
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
📣 Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti professori Borodina Marina Rostislavovna "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Shu yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e'lon qilindi.

Quvonarlisi, ular qatorida Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti, Arxitektura fakulteti «Landshaft dizayni va inter'er» kafedrasi professori Borodina Marina Rostislavovna ham "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Institut jamoasi Borodina Marina Rostislavovnani yuksak mukofot - xizmatlarining e'tirofi bilan chin dildan qutlaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqqiyatlar tilaydi!

#xushxabar #yangilik
Abituriyent | Videodarslar | Bot
@taqi_uz
Sirtqi bo'lim talabalari diqqatiga!

Hurmatli talabalar!
Toshkent arxitektura-qurilish institutining sirtqi ta'lim talabalari uchun alohida kanal ochildi.
Endi TAQI dagi sirtqi ta'limga doir barcha yangiliklarni ushbu kanaldan bilishingiz mumkin!

Kanalga o'tish:
@taqi_sirtqi_talim

#yangilik #sirtqi #elon
@taqi_uz
Hurmatli kanalimiz a'zolari!

Talabalar kuniga bag'ishlab institutimiz talabalari o'rtasida "Talabaligim mening - oltin davrim" tanlovi o'tkazilishi haqida
xabar bergan edik. Tanlov @taqi_2020 kanalida o'tkazilgan, hozircha eng yaxshi videoroliklar nominatsiyasi bo'yicha natijalar quyidagicha👇

1️⃣-o'rin: Ozoda Olimovna, TAQI, 1-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/472 bilan qatnashgan.
2️⃣-o'rin: Toshpo'latova Charos, TAQI, 2-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/482 bilan qatnashgan.
3️⃣-o'rin: Ahmadjonov Humoyun, TAQI, 2-bosqich talabasi. Ushbu videorolik https://t.me/taqi_2020/471 bilan qatnashgan.

G'oliblarga sovg'a va sertifikatlar institut Yoshlar ittifoqi rahbari Kumakov J. tomonidan an'anaviy ta'lim boshlangach topshiriladi!

Tashkilotchilarning beparvoligi sababli ikkinchi va uchinchi o'rinni almashtirib yozibmiz, to'g'rilab qo'ydik, buning uchun uzr so'raymiz!

#yangilik #tanlov
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
УСТОЗЛАР ҲИЁБОНИ ТАНЛОВИ (4).pdf
404.9 KB
Hurmatli kanalimiz a'zolari!

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Respublikamizning barcha tuman, shahar va viloyat markazlariga moslashtirilgan “Ustozlar hiyoboni” majmuasining noyob me’moriy loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun - olimlar, doktorantlar, amaliyotchilar, arxitektura va qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mutaxassislar taklif etiladi.

Onlayn tanlovga qo‘yiladigan talablar:
Tanlov ishlari:
“Ustozlar hiyoboni” majmuasiga mos keluvchi ob’ektlar;
Ustoz va yoshlar haykali;
Belgilangan xudud 1000-2000 m2 dan oshmasligi maqsadga muvofiq.

1️⃣-o'rin: Notebook
2️⃣-o'rin: Planshet
3️⃣-o'rin: Mobil telefon

☝️Batafsil ma'lumot yuqoridagi PDF faylda keltirilgan.

#yangilik #tanlov
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Hurmatli talabalar va professor-o'qituvchilar!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi 122-son qarori bilan respublikamizdagi OTMlar ma'lum bir sport turlariga ixtisoslashtirilishi belgilangan. Qarorga ko'ra Toshkent arxitektura-qurilish institutini BADMINTON va SHAXMATga ixtisoslashtirish, ushbu sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etish belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yil 24-dekabr kuni BADMINTON bo'yicha institut chempionati tashkil etiladi.
Musobaqa Rektorat binosi joylashgan hududda (Toshkent Moliya institutining oldingi binosi) 24.12.2020 kuni soat 12:00 da boshlanadi.

☝️ Qiziquvchilar uchun vaqtliroq soat 10:00 dan boshlanadi.

#yangilik #sport #badminton
@taqi_uz
📣 O'zbekistondagi "Saint-Gobain - 2020 dan multikomfort" talabalar tanlovining milliy finalining eng yaxshi loyihasi tanlandi.

2020-yilning 15-dekabr kuni O'zbekistonda "Saint-Gobain-2020 dan multikomfort" xalqaro talabalar tanlovining birinchi milliy final bosqichi onlayn tarzda bo'lib o'tdi.
Musobaqa asosiy tashkilotchisi - Saint-Gobainning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi.

Albatta, Internetda his-tuyg'ularni his qilish juda qiyin, ammo tanlov ishtirokchilarining ko'zlarida hayajonni ko'rish mumkin edi. Har bir ishtirokchi talabalar tanlovning mamlakat bosqichida birinchi o'rinni egallash umidida tayyorlangan va ajoyib loyiha ishlarini bajargan edilar.

Ishtirok etgan barcha loyihalardan 3 ta asosiy g'olib tanlab olindi. Birinchi o'rinni qo'lga kiritgan TAQI jamoasi 2021-yil iyun oyida Parijda jahon miqyosida O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Ikkinchi va uchinchi o'rin egalari ham pul mukofotlari bilan rag'batlantirildi.

🥇Elmurodov Samidulla Salim o’gli rahbarligidagi Imomova Dilfuza Mirziyor qizi va Elmurodov Ramazon Saydulla o’g’li (TAQI, “Interyer va landshaft dizayni” kafedrasi, Toshkent);
🥈 Umarqulova Shahodat Mashrab qizi va Latipova Nozimaxon Vohidovnalar Ikramov Shovkat Rustamovich rahbarligida (TAQI, “Interyer va landshaft dizayni” kafedrasi, Toshkent);
🥉Turdibaev Alautdin Mambetkerimovich rahbarligidagi talabalar Xudaynazarov Rasul Omarovich va Sobirov Nauruzbek Imamatdinovich (Berdaq nomidagi QDU, Nukus).

Ushbu tanlov TEXNO DAT kompaniyasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.
Saint-Gobain Construction Products Kazakhstan kompaniyasi barcha ishtirokchilarga, menejerlarga, hakamlar hay'ati va universitetlarga "Saint-Gobain 2020 dan multikomfort" xalqaro talabalar tanlovining birinchi bosqichida qatnashgani uchun minnatdorchilik bildiradi.

Saint-Gobain Multicomfort ikki bosqichli talabalar tanlovi - bu Saint-Gobain Multicomfort tamoyillariga asoslangan xalqaro tanlovdir. Tanlovning birinchi finali 2004-yilda Serbiyada Saint-Gobain ISOVER tomonidan tashkil qilingan va 2005-yilda u xalqaro tanlov maqomini olgan. Milanda bo'lib o'tgan so'nggi tadbirga 34 mamlakatdan 2200 dan ortiq talabalar tashrif buyurishdi.
Mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda va ro'yxatdan o'tgan talabalar soni ham ko'paymoqda. O'zbekiston 2020-yilgi musobaqada birinchi marta ishtirok etdi.

#yangilik #xabar #tanlov
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz