Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.4K photos
1.63K videos
461 files
3.54K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#Eʼlon
#Professional_taʼlim

❗️ Professional taʼlim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha tanlov muddati uzaytirildi

📖 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi professional taʼlim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.

📚 Professional taʼlim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratishga qo‘yiladigan umumiy talablar va tanlovda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 edu.uz.

📌 Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlangan takliflar joriy yilning 5-fevral kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefon: 71-246-69-22

👉 Batafsil

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#eʼlon
#tanlov

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar (oʻquvchi va talabalar) oʻrtasida tashkil etilgan "Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda.

Tanlov uchun roʻyxatdan oʻtish 2022-yil 28-fevral soat 18:00 ga qadar davom etadi.

☝️ Tanlov nizomiga asosan 1-mart kuni soat 9:00 da www.vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot orqali IQ-test sinovlari boshlanadi.

✔️ Har bir ishtirokchiga 25 ta test savoli beriladi va har bir toʻgʻri javob uchun 8 balldan baho qoʻyiladi. 110 balldan yuqori toʻplagan ishtirokchi tanlovda qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Shundan soʻng ishtirokchi sayt orqali oʻz loyihasini yuklashi mumkin.

➡️ Tanlovga taqdim etiladigan loyiha yoki gʻoya ilmiy va innovatsion xarakterga ega boʻlishi kerak.

❗️ Sayt orqali yuklanadigan loyiha taqdimoti 5 ta slayddan iborat boʻlishi va hajmi 10 Mb oshmasligi lozim.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ArchViz_Education #Battle #Elon

💥4-MART KUNI SOAT 14:00 DA.

ARXITEKTURA FAKULTETIDA BO'LIB O'TADIGAN BELLASHUVGA BARCHANGIZNI TAKLIF ETAMIZ.

MANZIL:
"Arxitektura" fakulteti coworking markazi.

YouTube | Telegram | Mundarija👨‍💻
ЭЪЛОН!

Тошкент архитектура-қурилиш институти профессор-ўқитувчилари, ходимлари ва талабалари учун коронавирусга қарши ВАКЦИНАЦИЯ ишлари давом этмоқда. Вакцина олганига 6 ойдан ошган профессор-ўқитувчилар, ходимлар ва талабалар учун ревакцинация (Buster vaksina) жараёни амалга оширилмоқда!

12.04.2022 йил соат 10:00 дан бошлаб институтнинг тиббиёт пунктида профессор-ўқитувчилар, ходимлар ва талабалар паспортлари билан бориб коронавирусга қарши РЕВАКЦИНА (Buster vaksina) олишлари мумкин.

#elon #xabar #vaksina
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼlon

🎙“Talaba radio-eshittirishi” uchun kasting davom etadi!

🔰 Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan radioda efirga ketishi kutilayotgan “Talaba radio-eshittirishi” loyihasi kastingi bugun avj pallasiga chiqdi! Navbatdagi kastingda 200 dan ortiq talaba-yoshlar oʻz iqtidorlarini sinovdan oʻtkazdilar.

🗓 Kasting jarayonlari bugun, 20-aprel kuni soat 10:00 dan 12:30 ga qadar davom etadi.

📍 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi

Geojoylashuv 👉 https://t.me/Talaba_radio/3613

☝️Loyiha haqidagi barcha yangiliklar @talaba_radio guruhida eʼlon qilib boriladi.

©@manaviyateduuz

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Toshkent arxitektura-qurilish institutida tashkil etilgan CALL CENTER raqamlari
(95)142-35-95
(95)142-35-85
(95)142-35-75
(95)142-35-15

#xabar #elon #abituriyent #call_center
Facebook | Instagram | Youtube

@taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon

⚡️Doktoranturaga hujjat topshirish muddati uzaytirildi

🔰Maʼlumki, tegishli qarorga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga maxsus elektron platforma orqali 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar hujjat topshirish belgilangan.

➡️ Talabgorlarga qulaylik yaratish, shuningdek, ilmiy tadqiqot faoliyatiga ham qiziqish ortgani munosabati bilan hujjat topshirish muddati joriy yil 22-oktabrga qadar uzaytirildi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshirilgan.

☝️Eslatib oʻtamiz, arizalar Yagona elektron platforma — phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

2024-yilning 28-iyun kunidan 11-iyul kuniga qadar “Legal Tech and Artificial intelligence in Legal profession” Yuridik kasblarda huquqiy texnologiyalar va sun’iy intellekt masalalarida navbatdagi xalqaro standartlar bo‘yicha qisqa muddatli professional o‘qitish kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Kurslarda mashg‘ulotlar o‘zbek va ingliz tillarida, xorijiy yuridik kompaniya va xalqaro arbitraj institutlari (“White and Case”, “Foley Hoag”, “Dentons” (AQSH), nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari (Oxford universiteti, Tvente universiteti va boshqa) hamda AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yuridik faoliyat bilan shug‘illanayotgan xorijiy mutaxassislar va mahalliy expertlar tomonidan online va offline tarzda olib boriladi.
Shuningdek, Oxford universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda tuzilgan dastur asosidagi mazkur kursni bitirganlarga Adliya vazirligi va Oxford universiteti mutaxassislari tomonidan sertifikatlar berilishi nazarda tutilgan.

Malumot uchun, Adliya vazirligi tomonidan kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olganlar orasidan tanlab olingan tinglovchilar xorijiy yuridik kompaniyalar va xalqaro arbitraj institutlari, shuningdek boshqa tegishli muassasalarga stajirovkalarga yuborilishi mumkin.

Shartnoma asosida tashkil etiladigan mazkur kurslarning to‘lov summasi o‘rtacha 1 - 1,5 mln so‘mni tashkil etadi.

Mazkur kursda ishtirok etish istagini bildirgan mutaxassilar ma’lumotlarni joriy yilning 10-iyun kuniga qadar
tdyu.markaz@mail.ru elektron pochtasiga yuborish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM