Tanzila Narbaeva
8.44K subscribers
3.06K photos
89 videos
1 file
908 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqanddagi “CRIC-21 yashil bogʻi”da daraxt oʻtqazdik. Ahamiyatli tarafi shundaki, mazkur bogʻning nomi tadbirimiz mavzusi bilan oʻzaro hamohangdir.

Mehmonlar va hamyurtlarimiz bilan birgalikda mana shunday ajoyib tadbirda ishtirok etganimdan mamnunman. Bunday saʼy-harakatlar kelajak avlodga ekologik jihatdan yanada toza va obod mamlakat qoldirishda muhim rol oʻynaydi.

Taʼkidlash kerakki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bugun anʼanaga aylandi. Ushbu loyiha boshlanganidan beri oʻtgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.

Mazkur ishlar biologik xilma-xillikni oshirish, turizmni ragʻbatlantirish, aholi salomatligi va havo sifatini yaxshilashga katta hissa qoʻshadi. Daraxt ekish atrof-muhit va jamiyatimizga kiritilgan eng oqilona sarmoyadir. Umid qilamizki, mana shunday sarmoyalarimizning mevalaridan xalqimiz uzoq yillar davomida bahramand boʻladi.

#CRIC21 #yashil_makon

@tanzilanarbaeva
MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining navbatdagi yalpi majlisi doirasida Bishkek shahrida Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdik.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda parlamentlararo aloqalar sezilarli darajada kengaymoqda. Shu nuqtayi nazardan muloqot davomida mavjud munosabatlarni amaliy harakatlar bilan yanada boyitish masalalari e’tiborimiz markazida bo‘ldi. 

Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston parlament yuqori palatalari o‘rtasidagi parlamentlararo komissiya faoliyati samaradorligini oshirish, xususan, komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish va uning doirasida ikki davlat parlamentlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yangi “Yo‘l xaritasi”ni imzolashga kelishib oldik.  

O‘zbekistonning BRMga erishishdagi muvaffaqiyatlari hamkasbimda katta qiziqish uyg‘otdi va mazkur yo‘nalishda ham izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yadigan bo‘ldik.

@tanzilanarbaeva
Bishkek shahrida Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Kengashi raisi Natalya Kochan bilan muloqot oʻtkazdik.

Ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik, xususan, parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish yuzasidan fikrlashdik.

Hududlarni rivojlantirish, ishbilarmonlar oʻrtasida biznes aloqalarini mustahkamlash yoʻnalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlash, ularni huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash borasida saʼy-harakatlarni birlashtirish boʻyicha yakdil fikrga keldik.

Bunday muzokaralar, albatta, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.

@tanzilanarbaeva
Bishkek shahriga safarimiz davomida Chingiz Aytmatov tavalludining 95 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada qatnashdik.

Ulugʻ adib ijodiy merosining ahamiyati, asarlarida tarannum etilgan yuksak insoniy fazilatlar, uning yirik jamoat arbobi sifatidagi faoliyati, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan xizmatlari beqiyos.

Shuningdek, Chingiz Aytmatovning xalqlarimiz oʻrtasidagi tinchlik va totuvlikni saqlash, doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy adabiyotlar hamda madaniy aloqalarni rivojlantirishda ham alohida oʻrni bor.

Xalqimiz buyuk adibning Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikalari oʻrtasidagi qardoshlik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan hissasini doimo yodda tutadi va qadrlaydi.

@tanzilanarbaeva