Tanzila Narbaeva
19.9K subscribers
3.3K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
BMT bosh kotibi yordamchisi, Koʻkalamzorlashtirish va oʻrmonlar boʻyicha Global forum direktori Juliyet Biao Kudenukpo bilan uchrashdik.

Suhbat davomida Oʻzbekiston bilan BMT oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ekologiya, iqlim oʻzgarishi masalalarini muhokama qildik.

Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda “yashil” taʼlimni rivojlantirish, zarur taʼlim resurslarini yaratish, bunda bolalar, yoshlarning saʼy-harakatlarini faollashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdik.

Maʼlumki, ayni paytda Markaziy Osiyo global iqlim oʻzgarishi oqibatlarini tobora koʻproq boshdan kechirmoqda, Orol dengizining qurishi esa mintaqada kompleks ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi.

Shu nuqtayi nazardan oʻzaro muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar koʻlamini kengaytirishga kelishib oldik.

@tanzilanarbaeva
Janubiy Koreya Oʻzbekistonning strategik sherigi va muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Shu yilning sentyabr oyida ushbu mamlakatga amaliy tashrifimiz davomida biznes vakillari xususan, Koreya-Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Kim Chang Keon bilan uchrashib, sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash, Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb etish loyihalarini muhokama qilgan edik.

Ishlab chiqarish tarmoqlariga yangi investitsiya loyihalarini kiritish, chiqindi poligonlari negizida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash majmuasini yaratish, transport-logistika sohasida qoʻshma korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash kabi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratilgan edi.

Kim Chang Keon bilan bugun boʻlib oʻtgan uchrashuvimizda esa ana shu loyihalarni amaliyotga joriy etish istiqbollarini koʻrib chiqdik. Shubhasiz, hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar Koreya va Oʻzbekiston uchun birdek manfaatlidir.

@tanzilanarbaeva
Davlatimiz rahbarining taklifiga koʻra rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella boshchiligidagi delegatsiya bilan birgalikda Samarqand va Xiva shaharlaridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildik.

Dunyo tarixchilari, sharqshunoslar orasida mashhur boʻlgan, mintaqa sivilizatsiyasida ulkan rol oʻynagan va doimo eʼtirof etib kelinadigan ulugʻ shaharlarimiz mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Oliy martabali mehmon yurtimizning koʻhna tarix namunalari haqida koʻp bora eshitgani, ammo ularni bevosita oʻz koʻzi bilan koʻrish baxtiga muyassar boʻlganidan mamnunligini aytdi. Delegatsiya aʼzolari betakror meʼmorchilik namunalari, masjid va qalʼalarimizning ulugʻvorligini, shaharlarimizning tarixiy obidalari oʻzbek xalqining boy madaniy merosi, mumtoz meʼmorchilik sanʼatining yuksak namunasi ekanini alohida eʼtirof etdilar.

Ushbu tarixiy obidalar nafaqat mamlakatimiz, balki butunjahon hamjamiyati uchun ham muhimdir.

@tanzilanarbaeva
Choʻllanish – millionlab odamlarga va tabiiy ekotizimlarga salbiy taʼsir koʻrsatadigan oʻtkir ekologik muammo. Bu holat oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy barqarorlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Bugun Samarqand shahrida BMTning Choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasining (UNCCD) bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi doirasida BMT bosh kotibi oʻrinbosari, Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan uchrashuvda ayni shu masalalar yechimi yuzasidan fikrlashdik.

Koʻlami global tarzda kengayib borayotgan choʻllanish va yer degradatsiyasi, chang boʻronlarini oldini olish, bioxilma-xillikni saqlab qolish yoʻnalishida BMTning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari eʼtiborimiz markazida boʻldi.

Ibrohim Tiau Oʻzbekistonning yashillik olamini qayta tiklash borasidagi tashabbuslari, erishayotgan yutuqlari naqadar jiddiy ekanini, yerlar degradatsiyasining oldini olish, shuningdek, yerning qayta tiklanishi boʻyicha mamlakat keng koʻlamli ishlarni amalga oshirgan holda yetakchi davlatlar qatoriga kirgani, olib borgan amaliy harakatlari bilan barchaga namuna boʻla olganini eʼtirof etdi.

Ekologik kun tartibi, atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan muloqot va hamkorlikni izchil davom ettirish, oqibatlarni yumshatish boʻyicha qoʻshma harakatlar va choralarni ishlab chiqishga kelishib oldik.

@tanzilanarbaeva