Tanzila Narbaeva
19.9K subscribers
3.3K photos
95 videos
1 file
926 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
Choʻllanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqanddagi “CRIC-21 yashil bogʻi”da daraxt oʻtqazdik. Ahamiyatli tarafi shundaki, mazkur bogʻning nomi tadbirimiz mavzusi bilan oʻzaro hamohangdir.

Mehmonlar va hamyurtlarimiz bilan birgalikda mana shunday ajoyib tadbirda ishtirok etganimdan mamnunman. Bunday saʼy-harakatlar kelajak avlodga ekologik jihatdan yanada toza va obod mamlakat qoldirishda muhim rol oʻynaydi.

Taʼkidlash kerakki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bugun anʼanaga aylandi. Ushbu loyiha boshlanganidan beri oʻtgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.

Mazkur ishlar biologik xilma-xillikni oshirish, turizmni ragʻbatlantirish, aholi salomatligi va havo sifatini yaxshilashga katta hissa qoʻshadi. Daraxt ekish atrof-muhit va jamiyatimizga kiritilgan eng oqilona sarmoyadir. Umid qilamizki, mana shunday sarmoyalarimizning mevalaridan xalqimiz uzoq yillar davomida bahramand boʻladi.

#CRIC21 #yashil_makon

@tanzilanarbaeva