Tanzila Narbaeva
18.8K subscribers
3.19K photos
91 videos
1 file
920 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bilan tanishish maqsadida navbatdagi tashrif manzilimiz Buxoro viloyati bo‘ldi.

Viloyatda aholi bandligiga ko‘maklashish, bu borada tadbirkorlarni, ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni qo'llab- quvvatlash ishlari holatini tegishli ijro organlari va tijorat banklari ishtirokida muhokama qildik.

Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Joylarda aholi muammolarining hal etilishida mahallalar yettiligi va mahalliy Kengash deputatlarining hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Buxorolik hamyurtlarimiz, sohalar vakillari bilan suhbatlarimiz davomida ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha samimiy muloqotlar o‘tkazdik, bir qator takliflarning ustida ishlashga kelishib oldik.

#senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun Misr Arab Respublikasi Senati Raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildik.

Uchrashuvda davlatlarimiz hukumatlari tomonidan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashdik.

Savdo-iqtisodiy, fan-ta’lim, turizm yo‘nalishlaridagi hamkorligimizni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun parlamentlar o‘rni muhimligini qayd etib, Memorandum imzoladik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM