Tanzila Narbaeva
10.3K subscribers
3.12K photos
90 videos
1 file
912 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Navbatdagi Yalpi majlisda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risidagi axborotini tingladik.

So’nggi yillardagi islohotlarimizning bosh g‘oyasi inson qadrini ulug‘lash bo‘lib, tabiiy ravishda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish va bu borda xalqaro normalarga to‘laqonli amal qilish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishni taqozo etadi.

Yangilangan Konstitutsiyamizda bevosita inson huquqlariga oid normalar 3,5 barobarga oshirilgani va ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri va so‘zsiz qo‘llanishiga oid talab – bu boradagi intilishlarimizning nechog‘lik qatʼiy ekanligini anglatadi.

Shu boisdan, inson huquqlari bo‘yicha olib borilgan ishlarning natijasi biz uchun juda muhim bo‘lib, Milliy markaz tomonidan tayyorlangan Axborotni tanqidiy jihatdan o‘rgandik va muhokamlarda senatorlarimiz tomonidan yo‘l qo’yilgan kamchiliklari bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tingladik.

Markaziy bank o‘tgan yilda bank tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, inflyatsiyani jilovlash kabi qator muhim yo‘nalishlarda samarali ish olib bordi.

Shu bilan birga, sohada Markaziy bank va tijorat banklari eʼtibor qaratishlari lozim bo‘lgan muammo va kamchiliklar ham mavjud.

Senatorlar tomonidan muammoli kreditlarni kamaytirish, bank kartalaridan pul mablag‘larini noqonuniy yechilishini oldini olish va to‘lov tizimlari kiberxavfsizligi masalalari hali ham o‘z yechimini topmaganligi va kelgusida mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilishining zarurati taʼkidlab o‘tildi.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi Raisi Numan Kurtulmush bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Muloqotimiz davomida har ikkala davlat Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi, ular o‘rtasidagi do‘stona, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar tufayli aloqalarimiz strategik sheriklik darajasida yuksalganligi eʼtirof etildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlar doirasida aloqalarimiz tobora rivojlanib borayotganligini qayd etib, qo‘shimcha imkoniyatlarni amaliyotga tadbiq qilish yuzasidan ham fikr almashdik.

Uchrashuvda Turkiya davlati parlamenti bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tegishli hujjatlar qabul qilishga kelishib oldik.

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bishkek shahrida oʼtkazilgan “Markaziy Osiyo iqtisodiyotida ayollarning roli: raqamli, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalarni ilgari surish uchun yetakchilik” mavzusidagi Markaziy Osiyo yetakchi ayollari Muloqoti yigʼilishida ishtirok etdik.

Oʼzbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan Muloqot mintaqa ayollarining jamiyatdagi oʼrnini yuksaltirish, ayniqsa tadbirkorlik, iqtisodiy sohadagi ishtirokini yanada faollashtirishda muhim platformaga aylanib bormoqda.

Qirgʼiziston raisligida oʼtayogan bu yilgi muloqotimizda ham Markaziy Osiyo davlatlarida yashil, raqamli hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda ayollarning faol ishtirokini ragʼbatlantirish borasida amaliy takliflarni muhokama qildik.

#hamkorlik #senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bishkek shahriga amaliy tashrifimiz doirasida Qirgʼiz Respublikasi Jokorgu Keneshi Toragʼasi Nurlanbek Shakiev bilan uchrashuv oʼtkazdik.

Mamlakatlarimiz oʼrtasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlashda parlamentlarimiz rolini oshirish masalalariga eʼtibor qaratdik.

Muloqotimiz davomida Parlamentlararo komissiya ishini faollashtirish, ikki davlat chegaraoldi viloyatlari rahbarlarining kengashi tadbirlarida mahalliy deputatlarning faol ishtirokini taʼminlashga kelishib oldik.

#hamkorlik #senat

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM