Tanzila Narbaeva
9.19K subscribers
3.04K photos
89 videos
1 file
908 links
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

Facebook:
https://www.fb.com/narbaevatanzila/
Instagram:
https://www.instagram.com/tanzilanarbaeva
Twitter:
twitter.com/TNarbaeva
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 👍

Kuni kecha yana bir qardosh xalq vakillari – Tojikiston Majlisi Oli Majlisi namoyandagon Raisi o‘rinbosari Mavsuma Muini bilan uchrashuv o‘tkazdik.

Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi Dushanbe shahriga qilgan amaliy tashrifi natijasida tarixiy hujjat – Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma hamda ko‘p qirrali hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat imzolangan edi.

Mavsuma Muini xonim bilan muloqotimiz davomida kelishuvlar ijrosini taʼminlashda parlamentlarining o‘rni hamda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan fikr almashdik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 👍

Osiyo xotin-qizlar forumining nufuzli mehmoni, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdik.

S. Baxus xonim O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqotini yo‘lga qo‘yishdagi tashabbusini yuqori baholadi hamda Osiyo xotin-qizlari forumini har ikki yilda bir marta O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Muloqotimiz davomida Respublika gender tenglikni taʼminlash komissiyasi va “BMT-ayollar” tuzilmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash hamda qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdik.

Mamlakatimizda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasini ochish masalasi ham muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalarni belgilab oldik.

#senat #hamkorlik

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿👍

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlari forumi yangi g‘oyalar, amaliy takliflar, konstruktiv muhokamalar va tashabbuslarga boy bo‘ldi, deb aytish mumkin.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, tadbirkorlik, davlat boshqaruvida ularning ishtirokini oshirish hamda qizlarning taʼlimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xorijlik ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

Bu eʼtirof bizlarni xursand qilishi bilan birga kelgusidagi faoliyatimizda yana-da katta masʼuliyatni ham yukladi.

Osiyo mamlakatlari ayollari uchun muloqot platformasida hamkasblarimiz bilan o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib oldik. Kelishuvlarimiz va forum yakunlari bo‘yicha xalqaro darajadagi muhim hujjat – Samarqand deklaratsiyasini qabul qildik. Endilikda ushbu deklaratsiyada eʼlon qilingan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlashimiz lozim.

Mazkur deklaratsiya xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda maʼnaviy hayotimizda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish borasidagi ishlarimizda dasturiy asos vazifasini bajaradi deb umid qilaman.

#asianwomanforum
#senat #unwoman

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oliy Majlis Senatining ellik ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ko‘rib chiqdik.

Qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Endilikda fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizini tashkil etadi.

Mazkur yo‘nalishda qo‘llaniladigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartirilmoqda.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yurtimizda sportga eʼtibor yil sayin ortib bormoqda. Turli nufuzli xalqaro sport musobaqalarida sportchilarimiz katta natijalarga erishmoqda.

Shu bilan birga, mazkur sohada korrupsion holatlar ham kuzatilib, sportdagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan yangi normalarni kiritish zaruratini talab etmoqda.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining noqonuniy mulkiy manfaatdor bo‘lganligi, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qabul qilgan qonunimiz sohada ijobiy o‘zgarishlar uchun asos bo‘ladi deb o‘ylayman.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Bugun “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni muhokama qildik.

Unga koʻra mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi huquqi mustahkamlanmoqda. Mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo va boshqa majburlov choralarini qoʻllashda Kodeksda belgilangan asoslardan va tartibdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emasligi qatʼiy belgilanmoqda.

Bundan tashqari, mahkumlarning Ombudsmanga hamda Bolalar ombudsmaniga murojaatlarni yuborish tartibi yangi normada oʻz ifodasini topmoqda.

Qolaversa, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga boʻlgan huquqi kafolatlanmoqda.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ellik ikkinchi yalpi majlisida yurtdoshlarimiz uchun juda ham muhim bo‘lgan bir necha qonunlarga o‘zgartirish  kiritish bo‘yicha qaror qabul qildik.
 
Endilikda Uy-joy kodeksiga, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
 
Qonunda xususiy mulkka bo‘lgan huquqlar daxlsizligining hamda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlash nazarda tutilgan bo‘lib, unda hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi ko‘zda tutilmoqda.
 
Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanishi belgilanmoqda.
 
Afsuski tajribamizda sel va ko‘chki sabab uy-joylar vayron bo‘lishi bilan bog‘liq noxush holatlar kuzatilmoqda. Bularni oldini olish maqsadida Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirishni ta’qiqlanishi belgilangan yangi norma kiritilmoqda.

#yalpimajlis52

@tanzilanarbaeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM