Sevgi She'rlari
15.9K subscribers
11K photos
5.53K videos
9 files
12.6K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
#PREMYERA

🔥Seni kutish bilan bandman bugun ham...

Hamon oʻsha-oʻsha koʻnglimning tabi,
Yechilay demaydi sogʻinch tugun ham...
Sahrolar yomgʻirni kutgani kabi,
Seni kutish bilan bandman bugun ham...

Lolalar ochilsa qirlarga baxtdek,
Bahorga intizor boʻlgan daraxtdek,
Hech neni tushunmas aqli karaxtdek,
Seni kutish bilan bandman bugun ham...

Kecha kelmaganding avval ham shunday,
Nechun menga ravo azoblar bunday,
Oyning jamolini sogʻingan tunday,
Seni kutish bilan bandman bugun ham...

Daryoga intilgan jilgʻadek asta,
Tugab borayapman qadamim hasta,
Qoʻlimda hasratlar alamlar dasta,
Seni kutish bilan bandman bugun ham...

Sabrim sohiliga gʻamlar urilar,
Ishqim ming buzilib ming bor qurilar,
Bilmam visol oni qancha surilar,
Seni kutish bilan bandman bugun ham...

Har kecha ogʻriqlar qalbimga doʻqlab,
Armonlar qurolin turibdi oʻqlab,
Kelmasang boʻlmaydi oshigʻing yoʻqlab,
Seni kutish bilan bandman bugun ham...

Hamon oʻsha-oʻsha koʻnglimning tabi,
Yechilay demaydi sogʻinch tugun ham...
Sahrolar yomgʻirni kutgani kabi,
Seni kutish bilan bandman bugun ham...

📝Muallif: Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PREMYERA #MILLION2024

MILLION yangi konsert dasturi 🔥
Sifati Zo'r ❤️
Yili 2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Toʻyib kettim baridan ona
Shahina Bahodirova 🎙️
#premyera 🔥

Toʻyib ketdim baridan ona


🎙 Shahina Bahodirova
✍️ Odilbek Qodirov sheʼri

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Siz bor nima gʻamim bor dada?!


Shahina Bahodirova 🎙️
Mumtozbegim ✍🏻

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Ko'k jiguli
Hilolaxonim
#Premyera #trend

Ko'k jiguli 🚙

🎤 Hilolaxonim ijrosida

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA

🔥Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yuragimga yana ishqni solsammikan,
Dil yoniga yana bir dil olsammikan,
Yana bir bor oshiq bo‘lgim kelmoqda-ey,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Boshqasiga qalbim sira ko‘nmaydida,
Chin muhabbat mangu olov so‘nmaydida,
Ko‘ngil qushim o‘zgasiga qo‘nmaydida,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yonimdasan hijronim yo‘q armonim yoq,
Dardlarimga sendan bo‘lak darmonim yoq,
Boshqasini sevmoqlikka farmonim yo‘q,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yo‘g‘imga ham ko‘nayabsan borimga ham,
Malhaming bor hatto ko‘ngil zorimga ham,
Parvo qilmay sochimdagi qorimga ham,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yana oshiq bo‘lmoqlikka bordir chora,
Ikkitasini sevsang bo‘lar yurak pora,
Sevish mumkin bir insonni ikki bora,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Yuragimga yana ishqni solsammikan,
Dil yoniga yana bir dil olsammikan,
Yana bir bor oshiq bo‘lgim kelmoqda-ey,
Seni qayta yaxshi ko‘rib qolsammikan...

Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Audio
| By X9 Converter
#premyera


Yozmaysan... Yozmayman... Yozolmaymiz ham,
Chunki atrof toʻla tumonat odam.
Berganimiz azob, olganimiz gʻam,
Sen oʻlib qolmaysan, yashayman men ham!

Shahina 🎙️
Mumtozbegim ✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#premyera

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Koʻnglimiz, dilimiz, xayolimiz bir.
Xattoki samolar boʻylagan qadar,
Sevgimiz, ishqimiz, dunyoyimiz bir.

Yana bir shundayin oʻxshashlik bizda,
Goh quvnoq, goh gʻamgin koʻz yoshimiz bir.
Biron oʻlkada yoʻq, bizda mujassam,
Qishimiz, yozimiz, bahorimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Tunda kulib boqqan, yulduzimiz bir.
Xattoki vaslimiz intizor kutgan,
Alloh hadya etgan kunduzimiz bir.

Bilasanmi yana  birxillik bizda,
Dardimiz, qadrimiz, qaygʻuyimiz bir.
Hatto men va sensiz nafas olmagan,
Duk-duk etib turgan  yuragimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan vatanimiz bir,
Yerimiz, suvimiz, chanqogʻimiz bir.
Kun kelib dunyoni tark etar boʻlsak,
Borarki joyimiz tuprogʻimiz bir...

Bilasanmi sen bilan armonimiz bir...

21.05.2024-yil.

DILAFRUZ JAMOL

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA

Senga oxirgisi bo’lay maylimi?


Mayli dunyolarcha bo’lsin tashvishing,
Aybing emas xatto g’aming, kechmishing,
Menga qiziq emas, kechang, o’tmishing,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Kechir ojizangni u sal telbaroq,
Meni menligimcha sevding qalbi oq,
Birgina o’tinchim, yagona so’roq,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Balki go’zallarni poylading yo’lin,
Balki erkalading, ushlading qo’lin,
Eslamay sevaman ishon hech birin,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Mengacha bo’lgani hiyonat emas,
Sevgiga ishonmoq jinoyat emas,
Bittagina talab, shikoyat emas,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Bir muddat tuyg’ular yo’lin buzmadim,
Tushunmoq istadim, tashvish tizmadim,
Ishondim, bir fursat umid uzmadim,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?

Men uchun birinchi, ham so’nggisi sen,
Ham qadim, ham yolg’iz, ham yangisi Sen,
Ko’nglingdek, yuraging bo’lsa hamki keng,
Senga oxirgisi bo’lay maylimi?


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#premyera

XAMON SEVAMAN...

Asrlar oʻtgandir balki oradan,
Lek xamon yurakda ogʻriq sezaman.
Ne qilay koʻnglimda faqat oʻzingsan,
Men seni sevaman...Xamon sevaman...

Yodimdan oʻchmaydi netay  u kunlar,
Goʻyoki bir baxtsiz, tulman, bevaman.
Xammasi tush edi deyman-u lekin,
Bir seni sevaman... Xamon sevaman.

Aqlimga begona boʻlganim rostdir,
Sen  sabab gohida jondan bezaman.
Bu dunyo ne boʻpti u  dunyoda xam,
Men seni sevaman... Doim sevaman.

Sen juda baxtlisan,  qara mensiz xam,
Men esa shaxarni yolgʻiz kezaman.
Ne qilay?  Oʻzing ayt...Bir gunohim shu,
Men seni sevaman, xamon sevaman...

Oʻzimga oʻxshamay qolganman goʻyo,
Gʻam degan  ummonda choʻkkan kemaman.
Sen uchun eng soʻnggi izhorimdir bu
Men seni sevaman.... Xamon sevaman...!

✍️-Movludabonu Imomnazarova

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
#PREMYERA

🔥Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Quyoshi boʻlmasa porlamaydi oy,
Toshlari boʻlmasa sharqiramas soy,
Borsizki toʻladir koʻnglimdagi joy,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Kerak boʻlganidek insonga havo,
Sozlar chalinmasa chiqmasdek navo,
Dardimga boshqalar boʻlolmas davo,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Gohida kechikar tunim nahori,
Baʼzan toʻkiladi qalbim ohori,
Tanho oʻzingizsiz umrim bahori,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Armonlar qalbimni parchalasa goh,
Kimning quchogʻiga otilardim voh,
Siz yoʻq dunyosida yasholmayman oh,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Kaftingiz boshimda tursa togʻdayman,
Soʻzingiz tinglasam vaqti chogʻdayman,
Yonimda ekansiz koʻngli bogʻdayman,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Quyoshi boʻlmasa porlamaydi oy,
Toshlari boʻlmasa sharqiramas soy,
Borsizki toʻladir koʻnglimdagi joy,
Siz menga juda ham keraksiz Ona...

Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Bala-bala (xitmuzon.net)
Dildora Niyozova
#premyera #uzbek

🎵Dildora Niyozova -Bala-bala

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Mirjalol Nematov-Yomonsan (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera

🎶Mirjalol Nematov-Yomonsan

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#PREMYERA

🔥Sevma degandimku...

Endi armonlaring boʻyningga tumor,
Endi sogʻinchlari qiynaydi humor,
Bekorga ishq bilan oʻynading qimor,
Sevma degandimku senga birodar...

Ogʻriqlar alamlar boshlanishini,
Yuraging hijronga tashlanishini,
Aytgandim koʻzlaring yoshlanishini,
Sevma degandimku senga birodar...

Sarsonsan koʻnglidan topolmay vafo,
Muhabbat doim ham safomas-safo,
Koʻr ana joningga chektirding jafo,
Sevma degandimku senga birodar...

Adashib yuribsan firoq choʻlida,
Boshginang qolibdi dardlar doʻlida,
Yuraging oʻyindir uning qoʻlida,
Sevma degandimku senga birodar...

Nafas yetmagandek tuyilyaptimi,
Qalbingga oʻkinchlar quyilyaptimi,
Koʻksingning bir qismi oʻyilyaptimi,
Sevma degandimku senga birodar...

Sabr qil yo dardlar yo umr oʻtar,
Bunchalar nolima qaddingni koʻtar,
Bir kuni chin sevgi qoʻlingdan tutar,
Sevma degandimku senga birodar...

Aytgandim koʻzlaring yoshlanishini...
Sevma degandimku senga birodar...

📝
Muallif: Zohid Ziyo...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi

Yaqinlaringizga ulashing, obuna boʻlishni unutmang!!!
Shoxruxbek Ergashev-Alam Ekan (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
🎶Shoxruxbek Ergashev-Alam Ekan

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Gulinur-Chaki-Chaki (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
🎶Guminur-Chaki-Chaki⚡️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Xamdam Sobirov & Sevinch Ismoilova-Kara Go’zim (@Toybop_Musiqalar)
@Toybop_Musiqalar
#Premyera
Xamdam Sobirov & Sevinch Ismoilova-Kara Go’zim

Telegram.me/Sherlari_Sevgi