Sevgi She'rlari
15.6K subscribers
11K photos
5.49K videos
9 files
12.6K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN QADRI
BALAND QADRDONLARIM 🌙

🌙Hayotdagi eng qadrli narsa bu vaqtdir. Uni kimga va nimaga hadya etayotganingga diqqat qil! Keyin ortga qaytara olmaysan...

🌙Tuningiz tinch va osoyishta oʻtsin qadrdonlarim shirin tushlar xamrohingiz boʻlsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼🌼

ASSALOMU ALAYKUM
ezgulikka oshno, yaxshilikka qalbi payvand, yuragidan
zavq nuri taralayotgan Aziz qadrdonlarim...

Barchangizga quyoshli tong muborak azizlar!!!

Boshlangan kun qalbingizga iliqlik olib kirsin...
xayrli va barokatli, serfayz va serdaromad, sermazmun va savobli amallarga boy boʻlsin...

Shirin hayotingiz ma’noga toʻlsin!
Istagan niyatingiz ijobat boʻlsin!
Chehrangiz soʻnmasin, hamisha kulsin,
Yangi kuningiz muborak boʻlsin!

🌤XAYRLI TONG

❀᯽❁❀᯽❁❀᯽❁❀᯽❁❀᯽

Telegram.me/Sherlari_Sevgi 🥀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

4 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Asrab yuribman

Muhabbat azobmi yoki iztirob,
Ikkisini ketma-ket totib boryapman.
Masofalar axir shuncha yiroqmi,
Sen uchun o'zimni asrab yuribman.

O'zga qo'lidan tutmasdan,
Go'zallar yuziga uchmasdan,
Boshqani belidan quchmasdan,
Sen uchun o'zimni asrab yuribman.

Duvolar qilyapman har kuni so'ngsiz,
Kelishing intizor bo'lib kutyapman.
Hozircha yomondir kunlarim sensiz,
Sen uchun o'zimni asrab yuribman.

Muhabbat azobmi yoki iztirob,
Ikkisini ketma-ket totib boryapman.
Masofalar axir shuncha yiroqmi,
Sen uchun o'zimni asrab yuribman.

Ko'zlarim har kuni yo'linga mushtoq,
Bir kuni kelishing bilaman, yorim.
Axir sen men uchun yaralgansanku,
Sen uchun o'zimni asrab yuribman.

Men uchun asragin qaro ko'zingni,
Berkitgin, ko'rsatma go'zal yuzingni.
Hech kim ko'rmasin bu kulishingni,
Sen ham men uchun o'zingni asra.

Sen uchun o'zimni asrab yuribman.


(Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)


Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Kimdan soʻray, holingni aytgin,
Men oʻzingdan soʻray olmasam?
Sogʻinchingda oʻtarmi umrim,
Sen kelmasang, men borolmasam.


Oy bilan  men dardlashdim tunlar.
Oy yuzingni eslashdim tunlar.
Qoʻllarimda quridi gullar,
Nega oldim xech berolmasam?

Xayolimdan hayotimga kel,
Tushlarimdan xushlarimga kel.
Bagʻrimga kel, quchogʻimga kel,
Seni sevsam, seni sogʻinsam.


Men sen uchun jonimni beray.
Sen men uchun diydoringni ber.
Yaqinlashib, yaqindan koʻray,
Oʻsha goʻzal chiroyingni, kel.


Pariroʻyim pari paykarim.
Ey gulroʻyim, oyim axtarim.
Boʻlmas meni sevgida baxtim,
Seni yoring boʻla olmasam.

R .Hotamova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
SENI SOGʻINDIM

Gullaganda koʻngil bogʻi seni sogʻindim,
Ochilganda baxt yaprogʻi seni sogʻindim.
Gul yuzingni bir koʻrmoqni  istaydi koʻngil,
Ne ajabki oqshom chogʻi seni sogʻindim?

Yerga quloq solsam nafas olmoqda bir-bir,
Hatto yer ham oʻz sevgisin tutar ekan sir.
Bilmam zamin falaklarga boʻlganmi asir,
Koʻzga surtib ishq tuprogʻin seni sogʻindim.

Osmonda oy paydo boʻlsa, berkingay quyosh,
U ham oyning chiroyiga beraolmas dosh.
Seni oy deb atagayman, ishon qalamqosh,
Boʻlsa hamki oyning dogʻi, seni sogʻindim.

Bir tabassum aylab pari, koʻrsatsang chiroy,
Olam ahli ishq neligin sezar hoynahoy.
Yerda sen bor, shuning uchun koʻkda yashar oy,
Sen - ishqqa zor dil titrogʻi, seni sogʻindim.

Gullagan chogʻ koʻngil bogʻi, seni sogʻindim,
Ne ajabki, oqshom chogʻi, seni sogʻindim.

OʻRMONJON XOLYIGITOV

2004-yil

(***)

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Forwarded from ❦ 𝙈𝘼𝘿𝙄𝙉𝘼 𝘼𝙕𝙄𝙕𝙊𝙑𝘼 ❦ (𝙤𝙞𝙡𝙖𝙡𝙞)
🥀SENI SEVMASLIK KERAK 🥀

Seningdek yoʻq asli dilozor,
Yuragimga berding koʻp ozor,
Kuzim kelmay sochlarimda qor,
Oʻzi seni sevmaslik kerak.

Umrim senga choʻkib oʻtdi tiz,
Uvol ketdi yillarim essiz,
Garchi bunga boʻlsamda ojiz,
Oʻzi seni sevmaslik kerak.

Koʻrmasaydim ilk uchrashgan payt,
Koʻzlaringa boʻlsaydim loqayd,
Sogʻinishdek azob bormi, ayt,
Oʻzi seni sevmaslik kerak.

Seni deya yigʻlar muhabbat,
Bardoshim yoʻq,tugadi toqat,
Kuydirishni bilasan faqat,
Oʻzi seni sevmaslik kerak.

Daydi yillar yigʻlaydi zor, zor,
Goʻzal hislar ustida mozor,
Nega seni sevdim dilozor,
Oʻzi seni sevmaslik kerak.

Oʻzi seni unutish kerak.

Maktuba SHAYDO

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸🌙XAYRLI TUN🌙🌸

🍁Baʼzida shunchaki dalda ham insonga kuch beradi. Yoningdaman degan soʻz sabab — joning ogʻriganda shifo topgandek boʻlasan, tashvishga tushgan boʻlsang, taskin topasan, yigʻlayotgan boʻlsang, tabassum qilishingga sabab boʻladi, hatto eng ogʻir damlaringda xam kuch topa olasan, oʻzingdagi muhtojlikni unutasan. Shu birgina “yoningdaman”ni oʻzi kifoya...

🌙Tuningiz tinch va osuda oʻtsin, shirin tushlar xamrohingiz boʻlsin qadrdonlarim 🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍂 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🍂
    
        ☔️XAYRLI TONG 🌦
   
🍂Sogʻ-salomat yetkazgan Robbimizga hamdlar boʻlsin!

🌸Kuningiz fayzli, barakali va xayrli kelsin mexribonlarim

🌤 Alloh taolo bugungi kuningizni tinchlik-ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan toʻla boʻlib oʻtishini sizga nasib qilsin!🤲

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

5 - N O Y A B R
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN,
OILANGIZNI BAXTIGA DOIMO SOG'-U SALOMAT BO‘LING🥰🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
🎉 Bugun, 5-noyabr «Butunjahon erkaklar kuni»
(Всемирный день мужчин)

Muhtarama ayollar, ko‘p gapga hojat yo‘q.
Bugungi bayram bayramdek bo‘lsin!
Buning uchun ko‘p narsa kerak emas: shirin ovqat, tinchlik, erini telefonini kavlamaslik😁


BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ ERKAKLAR! 🎊

T.me/Sherlari_Sevgi 🌸
Sevayin

Intizor kutganim o'zingsan yorim
Atayman boyligim, yagona yorim
Muzlar eriganda kelgan bahorim
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

Sen bilan umrbod birga qolaman
Sen uchun bir katta qasr quraman
Ko'rmasam shu onda tamom bo'laman
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

So'zlaring shirindir, asaldan totli
Sen ila o'tgan har suhbat maroqli
Meni kutmoqlikka faqat sen haqli
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

Intizor kutganim o'zingsan yorim
Atayman boyligim, yagona yorim
Muzlar eriganda kelgan bahorim
Ayt seni sevmay, kimni sevayin

Ko‘zlaring osmonning aksini olgan,
Sening ortingdan ko‘plar ovvora qolgan.
Men uchun dunyoda yagona bo‘lgan,
Ayting, seni sevmay kimni sevayin?

(muallif ruxsatisiz foydalanilmasin)

Mashrabbek Rakhimjonov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
* * *

Sizni sogʻinibman oʻylab qarasam,
Bir oz yoqmayapdi bu parishonlik.
Qaniydi, men sizni unutgan boʻlsam,
Qaniydi bu darddan boʻlsa omonlik!

Oradan bir kun ham oʻtmagan goʻyo,
Doʻkonga chiqqansiz yarim soatga.
Oʻsha daqiqalar koʻzga toʻtiyo,
Koʻnikmay boryapman sizsiz hayotga!

Goʻyo olomonda qolgan yuragim,
Nahot yashamoqqa yana yarasam.
Balki birontaga yoʻqdur keragim,
Sizni...
Sizni sogʻinibman oʻylab qarasam!

Malika Tavfiq

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
BERMAYMAN SIZNI

Yaxshimsiz, yomonga  bermayman sizni.
Rostimsiz, yolgʻonga bermayman sizni.
Sizni koʻrgach baxtni tanidim axir,
Orzusiz, armonga bermayman sizni.

Osmonsiz,  oy boʻlib oʻynab yurarman.
Dostonsiz, soy boʻlib kuylab yurarman.
Sizni har lahzada oʻylab yurarman,
Jonimsiz, jononga bermayman sizni.

Har gulning oʻzini bahori boʻlar,
Rangi boʻlar, shirin  ifori boʻlar.
Gulmisan gul boʻlib koʻnglingizdaman
Xasta xazonlarga bermayman sizni.

Olovga, suvgami birga ketaylik.
Zulmatga, nurgami birga ketaylik.
Birga kuzataylik, birga kutaylik
Yolgʻizlik tomonga bermayman sizni.

Rislig‘oy Hotamova

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oq libosli qizlar chiroyli 👩‍⚕

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Sen ketaver o‘ylama meni
Qoladi deb ko‘zlarin yoshlab
Bir amallab ishongin, seni
Unutaman bugundan boshlab

Qolamanmi ich etimni yeb?
Menga yana qaytib kelar deb
Ertangi kun bir gap bo‘lar deb
Unutaman bugundan boshlab

Dil azobing o‘tkazdi jondan
Ko‘ngil qoldi sendayin yordan
Eslamayman seni shu ondan
Unutaman bugundan boshlab

Xasta bo‘lib kuyib qolmayin
Yolg‘iz o‘zim so‘lib qolmayin
Sensiz ishon, o‘lib qolmayin
Unutaman bugundan boshlab

Yuragimdan ishq zanjirin yech
Bilmas edim bundayligin hech
Mayli endi hechdan ko‘ra kech
Unutaman bugundan boshlab

Telegram.me/Sherlari_Sevgi