Sevgi She'rlari
14.7K subscribers
10.8K photos
5.13K videos
9 files
11.7K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SIZNI SEVAMAN JONIM

Ishonganim siz borim,
Mening vafoli yorim,
Nomusligim siz orim,
Sizni sevaman jonim.

Qadrligim sirdoshim,
Siz bor egilmas boshim,
Oqizmagan ko'z yoshim,
Sizni sevaman jonim.

Xiyonatni bilmagan,
Mehnat qilib tinmagan,
Doim bizni o'ylagan,
Sizni sevaman jonim.

Kunda mendan hol so'rab,
Kelasiz mehr o'rab,
To'ymayman sizga qarab,
Sizni sevaman jonim.

Shodliklarga to'lib dil,
Olasizda siz ko'ngil,
Tariflasam ojiz til,
Sizni sevaman jonim.

Ikki dunyo ko'rmang g'am,
Tashvish tugamas hech ham,
Keling bir-oz oling dam,
Sizni sevaman jonim.

Solihabegim
(Dilafruz Shahrixoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃🌸🍃JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!🍃🌸🍃

🌸•Robbimiz - Alloh
🌸•Dinimiz - Islom
🌸•Qiblamiz - Kaʼba
🌸•Ayyomimiz - Juma
🌸•Farzimiz - Namoz
🌸•Qarzimiz - Zakot
🌸•Orzuimiz - Haj
🌸•Amalimiz - Savob
🌸•Tilimiz - Taqvo
🌸•Nafratimiz - Zino
🌸•Sevganimiz - Hayit
🌸•Soʻzimiz - Alhamdulillah
🌸•Eng katta orzuimiz - Jannat va Allohning vasli inshaalloh!

🌹Bugun sokin osmonu falak,
🌹Hamma izlar Allohdan koʻmak!
🌹Musulmonmiz bu baxtdir demak,
🌹Qadrdonlar Juma muborak!

🍃🌹🌹JUMA MUBORAK AZIZ DINDOSHIM.🌹🌹


Bizdan uzoqlashmang⤵️⤵️⤵️

🍃❤️
T.me/Sherlari_Sevgi ❤️ 🍃 ┄┅অঠই✯💔✯ইঠঅ┅┄
💥 Bugun 26 iyul, Xalqaro amaki va xolalar kuni ekan!

Hamma qarindoshlarni chaqirib, birgalikda ko‘ngil yozaylik. Hammamiz ham o‘tib ketamiz, bayram bahona bir yig‘ilaylik!

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
💥 Bugun 26-iyul, Xalqaro amaki va xolalar kuni ekan!

AMAKIM

Gʻururi bor, ori bor,
Yangamdayin yori bor,
Togʻdayin viqori bor,
Mehribonda amakim.

Birlashtirar bu barmoq,
Dadam bilan, et-tirnoq,
Oqibatli,  yaqinroq,
Mehribonim amakim.

Yelka tutar, madad qoʻl,
Koʻrsatgan doim oq yoʻl,
Insofli boʻl, toʻgʻri boʻl,
Deydi doim amakim.

Yaqinlarning eng zoʻri,
Mehr, sadoqat qoʻri,
Halol rizqli, bor oʻrni,
Mehribonda ammakim.

Jigarim, qondoshimsan,
Davomchim nomusimsan,
Tayanch kuchim, borimsan,
Deydi doim amakim.

Unutmagin bu soʻzim,
Sendadur ikki koʻzim,
Qon tomirim boʻl oʻzim,
Deydi doim amakim.

Mehrbonda Ammakim.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shaxrixoniy)


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erta indin

🎙Jaloliddin Ahmadaliyev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

29 - I Y U L
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
UMRINGIZ UZOQ, RIZQINGIZ BUTUN BO‘LSIN 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌹Assalomu alaykum
     va raxmatullohi
          va borakatuh.🌹

🌸🌿XAYRLI TONG    
             QADRDONLARIM 🌿🌸

🌿🌺Sizning tonggi tabassumingiz, iliq mexringiz kun davomida boʻlajak moʻjizalarga, yaxshi amalu, savobli ishlarga zamin yaratadi...

🌼Zero, bunday amallarga ajr savoblardan teng ulush vaʼda qilingan. Shunday ekan, yaqinlaringizga yaxshi kayfiyat va mexr ulashishda davom eting, ulardan uzoqlashmang!

  
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
OʻZGARAMAN BUGUNDAN BOSHLAB...

Chidab keldim barcha gaplarga,
Yuraverdim yuragim gʻashlab.
Endi sabrim orqaga tashlab,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Dushmanimga sirim ochdingiz,
Nonimni yeb soʻngra qochdingiz,
Endi juda haddan oshdingiz,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Soʻz demadim yurak tilmay deb,
Koʻnglizgizni yakson qilmay deb,
Mana bugun qoldim afsus yeb,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Tomchi darddan sabrim ham toʻldi,
Sizlarni deb yurak tosh boʻldi,
Zarra qolgan mehr ham oʻldi,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Deyishardi yaxshi boʻlsang bas,
Birov senga yomonlik qilmas,
Yolgʻon ekan aslida chinmas,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Hurmatingiz joyiga quydim,
Yomon demay jigar deb suydim,
Lekin bugun afsusda kuydim,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Sizdan oldin salomim berdim,
Ishonganim jigarim derdim,
Gʻazabimga bugun erk berdim,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Indamasam boshimga chiqdiz,
Ortimdan koʻp pichoqlar tiqdiz,
Bugun rosa yurakni siqdiz,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Oʻtirmayman aslo siqilib,
Sizlarsiz ham qolmam yiqilib,
Yeganingiz qolsin tiqilib,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Yaxshi kunda doʻstim edingiz,
Gʻiybat qilib boshim yedingiz,
Indamasam qoʻqroq dedingiz,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Tutolmayman endi oʻzimni,
Qonga toʻldirdingiz koʻzimni,
Eshting endi achchiq soʻzimni,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Turmam endi oʻzimni tiyib,
Yurakni dard ketdiku qiyib,
Endi jaxl niqobim kiyib,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Endi gʻamga qoʻliz uzating,
Koʻrolmaslar koʻziz tuzating,
Soʻngra meni biroz kuzating,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.


Sizlarda yuq farosat fahm,
Endi sizlar chekarsiz zaxm,
Men ham endi qilmayman rahm,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.

Men ham endi qilmayman rahm,
Oʻzgaraman bugundan boshlab.

16_06_2024 15:05

ABUDIL (DILSHODBEK)

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Onasi

Dilim notinch negadir bilmam,
Yana seni qildim diling hun.
Yuragingni ezar ne alam,
Hafamisan sevganim uchun.

Seni tanxo dedim ko'nglimda,
Yuragimda bittasan o'zing.
Yo'ldoshimsan taqdir yo'limda,
Hammasidan aziz gul yuzing.

Ko'zim ochib ko'rganim, yorim,
Gumonlarda yonma keraksan
Bolalarim onasi,borim,
Yuragimda tanxo yuraksan.

Salomat bo'l baxtimizga to,
Farzandlarni baxtin koraylik.
Umr bersin bizlarga Xudo,
Butun umr birga bo'laylik

Mutallib

Telegram.me/Sherlari_Sevgi