Sevgi She'rlari
14.8K subscribers
10.8K photos
5.03K videos
9 files
11.5K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Birinchi muhabbat, qalamqoshginam,
Yor-yorlar  aytildi koʻzda yoshginam.
Boyga kelin boʻlgan bagʻritoshginam,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Sevgi gullarini boylar yulgandi,
Koʻnglingiz toʻlmadi, oy ham toʻlgandi
Qadrimiz pullardan arzon boʻlgandi,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Qoʻllarni choʻzdik, qancha yugurdik,
Ayriliq zarbini yurakka urdik,
Allohim qoʻlladi oyoqqa turdik,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Boʻyningga chechakmas, tilloni taqding,
Oy toʻlsa oygamas, boylarga boqding.
Sevgidan esdalik xatlarni yoqding,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Sevgim soʻzlamoqqa tilim yoʻq edi,
Poyingga sochmoqqa gulim yoʻq edi,
Hatto toʻy qilishga pulim yoʻq edi,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Bugun koʻksim uzra tegdi shamollar,
Boqishimga zor qoshi kamonlar,
Koʻngilga yoqmaydi sohibjamollar,
Endi pul bor lekin, endi koʻngil yoʻq.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

​​Kimlar oʻtmas bu dunyodan,
Sen ham, men ham
omonatmiz.
Bugungina sogʻ yurganlar,
Erta bitta kamomatmiz.

Dunyo aro tariqmizu,
Ummon aro xasmiz goʻyo.
Allohimga ming bor shukr,
Yana bir tun salomatmiz...

Alloh tuningizni xayirli etsin!🌙

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌞XAYRLI TONG AZIZLARIM🌞

Har bir ezgu ishlaringizda Alloh Yor va Yordamchingiz boʻlsin!


Seshanba tongi muborak boʻlsin!

Hayotingiz davomida Sizga-
🌸• Kaʼba Ziyorati,
🌸• Qurʼon Tilovati,
🌸• Duo Ijobati,
🌸• Iymon Halovati,
🌸• Til Salovati,
🌸• Aql shijoati,
🌸• Oxirat Farogʻati,
🌸• Sabr Qanoati,
🌸• Baxt Saodati,
🌸• Tan Salomatligi -
Doimo hamrohingiz boʻlsin.🤲

┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

21 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
OSMONLARDAN TUSHING OZGINA.

Buncha bagʻri toshsiz berahm.
Dimogʻlari magʻrur qizgina.
Biz erdagi oshiq bizga ham.
Osmonlardan tushing ozgina.

Kuydirdingiz kuydirgi ey qiz.
Duch kelganda buraverib yuz.
Uchavermay balandlarda siz.
Osmonlardan tushing ozgina.

Oshiq boʻldik ortingizda zor.
Dimogʻingiz berdi koʻp ozor.
Erda sizga oshiq boʻlgan bor.
Osmonlardan tushing ozgina.

Suygan koʻngil qolmasdan sinib.
Gʻarib dilni nazarga ilib.
Biz chiqmasdan oʻzingiz bilib.
Osmonlardan tushing ozgina.

Netay oshiq boʻldikda bilmay.
Koʻnglingizdan olmasakda joy.
Boʻlavermay osmondagi oy.
Yonimizga tushing qizgina.

Hulkaroy Hojamovna ✍️

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Quvonchlarim cheksiz, biroq, ayriliqdir og'irroq
Yuraklarga larza solar, har on so'nggi qo'ng'iroq.
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq.
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!

Vatan mehri ulgaytirdi, oq yo'l bering bizlarga,
Ta'zim ila rahmat deymiz, jon ustozlar sizlarga.
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq.
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Qalbga yaqin statuslar, suzlar, vediolar 🦋ℳℴ𝓋ℯ𝓎_ℊ𝓊𝓁𝒾𝓂🦋 kanalida bizdan uzoqlashmang

🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰

👇
https://t.me/Manoli_gaplarN1_D
SENI  YURAGINGGA

Seni yuragingga --- sig'madim netay,
Sig'madim peshonang koshonasiga.
Men ketgach yig'lama dildan o'rtanib,
Qarab qo'y ko'nglingni tosh oynasiga...
Ko'ngling tosh oynasi ichra qolurman,
Aylanib keturman afsonasiga.

Seni yuragingga --- urindim ko'p bor,
Dilingga sig'ishim bir orzu edi.
Aylandim tegrangda parvona bo'lib;
Sargardon yillarim umrimni yedi.
Endi qolmoqlikdan zarra najod yo'q,
Jismim birla ruhim seniki edi.

Seni yuragingga --- tushunolmayman,
Bazida bordayman, bazida yo'qday.
Axir sevgi edi buyuk axtdimiz...
Yashardim sevgingdan quvonib sho'xday.
Shirin suxbatingga bir asir tushgan...
Men edim. So'zlaring dilimga o'qday.

Seni yuragingga --- qandaydir sehr...
Yashiringan go'yo topaolmayman.
O'zimga hijronni topaman ammo,
Yuragim sug'urib otaolmayman.
Xotirangsiz elga qolayin mayli,
Yo'qsa bir soniya yotaolmayman.

Seni yuragingga --- kech anglashimcha,
G'alati qasos yo ulkan nafrat bor.
Axir senga meni dushmanligim yo'q,
Men uchun sevmayin aldaganing or.
Ko'chip borayabman xayollar uzra,
Keng dunyo qalbingdek, bo'ldi menga tor.

Seni yuragingga --- nima ham derdim,
Sevmasa sevmabdi mendek soddani.
Qara yigitlarni boyvachchalari...
Chiqargan sevgidan ajib modani.
Mayli o'shalarni bor sevib yasha,
Menga chiqarmagan bunday modani.


Mehriddin  Baqoyev.
       21. 05. 2024.


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
#premyera

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Koʻnglimiz, dilimiz, xayolimiz bir.
Xattoki samolar boʻylagan qadar,
Sevgimiz, ishqimiz, dunyoyimiz bir.

Yana bir shundayin oʻxshashlik bizda,
Goh quvnoq, goh gʻamgin koʻz yoshimiz bir.
Biron oʻlkada yoʻq, bizda mujassam,
Qishimiz, yozimiz, bahorimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan osmonimiz bir,
Tunda kulib boqqan, yulduzimiz bir.
Xattoki vaslimiz intizor kutgan,
Alloh hadya etgan kunduzimiz bir.

Bilasanmi yana  birxillik bizda,
Dardimiz, qadrimiz, qaygʻuyimiz bir.
Hatto men va sensiz nafas olmagan,
Duk-duk etib turgan  yuragimiz bir.

Bilasanmi, sen bilan vatanimiz bir,
Yerimiz, suvimiz, chanqogʻimiz bir.
Kun kelib dunyoni tark etar boʻlsak,
Borarki joyimiz tuprogʻimiz bir...

Bilasanmi sen bilan armonimiz bir...

21.05.2024-yil.

DILAFRUZ JAMOL

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢DIQQAT, DIQQAT!!!
XOTIN QIZLARNI sotuv menenjirligiga ishga olamiz!

"ISLOMDA RUXSAT ETILGAN" XALOL SERTIFIKATIGA XAM EGA
📣SUPER YANGILIK  UYDA O'TIRIB OSON PUL TOPISH ISHONCHLI ISH✅️

🇹🇷Bu yangi kompaniya, yangi korporatsiya! 🏢

Bu kompaniyada 3 xil yo'nalishda daromad qilasiz: 🟩Mahsulot sotib. 🟩Hamkor aʼzo qilib. 🟩 Ikkalasini ham birdek olib borish. 🌿🌿🌿🌿🌺🌺🌺🌿🌿🌿🌿
💎O'z ustingizda ishlang, o'sing hamda orzularingizga erishing.
👑Oddiy uy bekasidan beznis lediyga aylanig
🤝Biz sizni qo'llab quvvatlaymiz
Murojaat uchun: 👇👇👇👇. @Lider_G_Ashurova
Kutmoqlik eng ogʻir jazo men uchun,
Qaysi gunoximga oʻzim bilmayman,
Tushun kutolmayin qolishim mumkin,
Koʻp emas ozgina mexr istayman...

Sabrning kosasin toʻldirar xijron,
Xar oʻtgan soniya yilday tuyilib,
Koʻp narsa kerakmas men uchun ishon,
Yashashni istayman men xam suyilib...

Ochiq ayt, kerakmas, degin ketaman,
Qaytib ostonangni boʻylamayman xech,
Senga dil yormasam kimga aytaman,
Bir soʻz ayt, iltimos boʻlmasidan kech...

Sevgimi shu menga ravo koʻrganing,
Xattoki koʻzingga boqmasam toʻyib,
Xatto koʻrolmasam seni kulganing,
Bu koʻzlar ne kerak, olib ket oʻyib...

Yana zulmatdaman, yana yolgʻizman,
Yana oʻz yogʻimga qoldim qovrulib,
Osmonin yoʻqotib qoʻygan yulduzman,
Majnunman, Laylidan qolgan ayrilib...

Kutmoqlik men uchun eng ogʻir jazo,
Qaysi gunoximga qiynaysan gulim,
Dardlar bor, bariga topilgay davo,
Xijronning davosi bittadir - oʻlim...

Rahimov Ergashqul

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI_OQSHOM🌙

Shunday goʻzal koʻngillar borki xatto ularni koʻrmasang xam ulardan taralayotgan iforni tuyib turasan🍃🌺🍃

Allohim panoxida asrasin sizni qalbi chiroyliglarim🌸🕊

🌺 OQSHOMINGIZ XAYRLI va BAROKATLI BOʻLSIN!!!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌧☀️Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

🌸🍃Xayrli tong, Azizlar!


🌸🍃Barchaga xaftaning– Chorshanba tongi muborak boʻlsin!

🌸🍃Har tongimiz Bismilloh ila boshlanib, har kunimiz
🌸🍃Alhamdulillah ila yakunlansin.
🌸🍃Barchamizga dunyo va oxiratimizni saodatga bogʻlaydigan xayrli amallar qilish nasib etsin!!

Yangi kunga “Bismillah!”...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

22 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
GAR SEVSANGIZ BORIMCHA SEVING!

Qalbim singan dunyoyim mahzun,
Hayotimchi misoli bir tun,
Malaklardek yo'q menda husn,
Gar sevsangiz borimcha seving.

Bahorimni burkab xazonga,
Uchib ketmang qushdek osmonga,
Chidasangiz mendek yomonga,
Gar sevsangiz borimcha seving!

Yuragimda armonim bilan,
Dardlarim-u darmonim bilan,
Yaralangan ruh, jonim bilan,
Gar sevsangiz borimcha seving!

Ruhim cho‘kkan, yurak yarador,
Sevmoq uchun yo'q tanda mador,
Saratonda yog‘ar qalbda qor,
Gar sevsangiz borimcha seving!

Xiyonatdan kuygan oshiqman,
Ko‘ngli yarim, ko'zi yoshliqman,
Dunyosi tor qalamqoshliqman,
Gar sevsangiz borimcha seving!

Yo‘qolgan shodlik-u quvonchim,
So‘ngandir sevgiga ishonchim,
Sizga bir yagona o‘tinchim:
Gar sevsangiz borimcha seving!

17.06.2022.

DURDONA OLIMOVA

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Malika Tavfiq
🎤 Bekberganova Mahliyo

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Sensiz oʻtgan kunim mazmunsiz, bekor,
Dilimda tugʻyonlar urolmaydi joʻsh.
Senga savolim bor ayt-chi, yor takror,
Mensiz baxtlimisan, qani aytgin, xoʻsh?

Menda bahorlarim goʻyo kuz misol,
Shaddodligim qolib ketgandek ortda.
Sochlarim silamas hattoki shamol,
Uchib ketsammikan osmonga shartta.

Menda xayol tuzon, soladi uvvos,
Sen bor joylarga-chi, ketmoq istaydi.
Visolning boʻyiga qiladi havas,
Armon yoʻllarini koshki toʻssaydi.

RAHIMA MOʻMINOVA. 21.05.2024

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Endi menga qizig'i yo'q borligingiz,
Kimni suyib kimga qanday zorligingiz.
Jondan o'tdi rahm bilmas orligingiz.
Sizni suygan yurakdan-da kechib ketdim.
Qadrim haqqi ishq rishtasin yechib ketdim.

Xayolingiz quvg'in qildim xayolimdan.
Juda ranjib ishqda sizga malolimdan.
Javob izlab har kecha har savolimdan.
Sizni suygan ko'nglimdan-da kechib ketdim.
Zor yig'latib ishq rishtasin yechib ketdim.

Tushlarimda sizga joy yo'q kirolmaysiz.
"Gulim" deya zor yig'latib kulolmaysiz.
Yo'q bo'laman, men qaydaman ? bilolmaysiz.
Sizni suygan ko'zimdan-da kechib ketdim.
Qaytmas bo'lib ishq rishtasin yechib ketdim.

Suymasangiz suymabsiz-da o'lamanmi.
Yoxud esdan og'ib telba bo'lamanmi ?!
Xudo bilar gullaymanmi so'lamanmi ?
Sizni suygan so'zimdan-da kechib ketdim.
Oh demasdan ishq rishtasin yechib ketdim.

Yetar shuncha sizga ermak yashaganim.
Har tun har kun o'z ko'nglimni g'ashlaganim!
Sizsiz yolg'iz kechalarga yig'laganim.
Shu edimi ? shu edimi ! axir sizdan kutganlarim?
Sizni suygan o'zimdan-da kechib ketdim.
Alvido deb ishq rishtasin yechib ketdim...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Audio
Baxt haqida ta'riflab bermang,
Ko'zim bilan ko'rmagunimcha.
Dardni menga o'rtoq deb bilmang,
G'amgin bo'lib yurmagunimcha.

To'g'ri bitta ojiz bandaman,
Sevgim eta olmadim izhor.
Orzularni qilmay kanda man,
Ko'nglimda yo'q hech qandayin yor.

Kecha seni sevdim degandi,
Bugun tashlab ketti bevafo.
Shunday bo'lishini tangrim bilgandi,
Aytmabdida bir bor aqlingni yig'vo.

Kun bottiyu yana o'sha oy,
Mendek qizga sirdosh tutundi.
Qarang ko'z yoshlarim misoli bir soy,
Shu kunlarda qalbim alam yutundi.

Ishondingda axmoq ayb o'zingda,
Yana kimdirlardan alamlaring bor.
O'ylab ko'r xatolar bordir so'zingda,
Hali chalasan ko'p baxt haqida tor.

Sevgi bormi o'zi dunyoda,
Buncha o'zing qiynamasanga.
Qizlar ishi faqat hayoda,
Koshki o'zing o'ylamasanga.

Qanday go'zal kulib yashamoq,
Hayotning zo'r tuhfalari bor.
Hafa bo'lma eh sen ko'zmunchoq,
Bilasanku o'zi dunyo tor.

Baxt haqida ta'riflab bermang,
Ko'zim bilan ko'rmagunimcha.
Dardni menga o'rtoq deb bilmang,
G'amgin bo'lib yurmagunimcha.

+🎤 Marjona Ortiqova