Santuagara (20+)
2.97K subscribers
524 photos
8 videos
22 files
523 links
Nurali Qahramon Karimov kanali:

☘️Fikrlar;
🦠G‘oyalar;
📝Revyular;
📑Maqolalar;
📖Tarjima va yana bir nimalar...

BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)

Murojaat uchun: @Santuagarabilanmuloqotbot
Download Telegram
#tavsiya

Bugun sizlarga oʻzim kuzatadigan bir qancha kanallarni tavsiya qilmoqchiman

Strategic Focus: Central Asia – mintaqadagi xalqaro munosabatlar hamda zamonaviy siyosiy trendlar tahlili kanali

Sharqshunos tarixchi —
Tarix | Siyosat | Madaniyat.
Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari bo'yicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi

Diplomat — tarix, siyosat, kino va sotsiologiya bo‘yicha turli qiziqarli ma’lumotlar, sharhlar va tahlillar

@mijozbank — Bank tizimi, bank xizmatlari va boshqa mavzulardagi fikrlar, beminnat maslahatlar, mijozlar va bank xodimlarining dardlari

@xoshimovuz — Hayotimizda bo’layotgan voqea-xodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharxlar

@therealniyozov — siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda

@korinmas_qol — ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida

@economist_martin — iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida

@ateo_uz — ilm-fan, falsafa, kosmos, ólimdan keyingi hayot va shaxsiy fikrlar

@Azizbekh17mem — Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar

@panda_books — zamonaviy sara ilmiy-ommabop va badiiy kitoblarga sharhlar. Tarix, siyosat va ijtimoiy hayotga oid qiziqarli fikrlar

@jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yo’lida ochilgan sahifa

Barcha kanallarga birvarakayiga obuna boʻlish uchun ushbu, koʻk yozuvni ustiga bosing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#video

"Qog‘oz bino"ni ko‘rganlar, "Berlin"ni ham ko‘rdingizmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazm #tarjima #bukowski

​​YOZISH

ko‘pincha bu
siz va imkonsizlik o‘rtasidagi
yagona narsa.
na ichimlik,
na ayol sevgisi,
na boylik
unga tenglasha
olmas.
yozishdan boshqa
hech narsa
sizni
qutqara olmas.
bu devorlarni
qulab
tushmoqdan asrar.
qo‘shinlarni esa
tarqab ketishdan.
zulmatni
parchalar.
yozish - bu
oliy psixiatr,
barcha xudolar ichra
eng mehribon
xudo.
yozish
oxiri
o‘limga olib kelar.
bu ortga yo‘l
yo‘q degani.
yozish,
ochiqchasiga
dardlar ustidan
kular.
bu oxirgi kutish,
oxirgi
tushuntirishdir.
yozish
asli
nedir.
​​#boykot

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach kitob nashri va savdosiga e'ribor kam bo‘ldi. Natijada esa xususiylashgan nashriyotlar, ulgurji bozorlar va chakana sotuvchilar narxni sun'iy oshirishni boshladi. Uch yil oldin qog‘oz narxining oshishi va narxlarning ikki barobarga o‘sishi, ba'zi nashriyotlarni sifatsiz qog‘ozlarga kitob nashr etishlariga majbur etdi. Oqibatan 10-15 minglik kitoblar, chekka qishloqqa yetib borguncha yarim kg go‘sht narxiga aylanib bordi. Oyligini u yer, bu yeridan tugib olgan bir oddiy kitobxonning kitobi esa bir o‘qishlikka bazo‘r dosh beradi.

Bugungi boykot mavzusi "Ziyo nashr" nashriyoti haqida. Yaqinda bir obunachidan nashriyotni ochiq-xolisona tanqid qilgani uchun, nashriyot tomonidan tazyiq bo‘lgani va qonunlarni ro‘kach qilib qo‘rqitilganidan xabar topdim. Gap ustoz hikoyanavis Shukur Xolmirzayevning butun boshli 14 ta kitobini sifatsiz nashri haqida borayapti. Nashriyot sifatsiz qog‘ozga ustozni kitoblarini nashr etgani kamdek, munosabatlarga tolerantlik bilan javob qaytarmay qo‘pollashmoqda. Bu esa sifatsiz nashrlar yana ko‘p bo‘ladi degani. Bu nashriyotning yuz tomlik to‘plami va O‘tkir Hoshimov asarlar saylanmasi mening kutubxonamda bor va ular rostan ham sifatsiz.

Biz bugungi kun kitobxoni sifatida o‘z fikrimiz va munosabatimizni ochiq bildira olamiz va nashriyotlarning bunday xato va kamchilliklariga ko‘z yummasligimiz darkor. Biz o‘zimiz sevib kitob o‘qiganimiz singari, yaqinlarimiz ham shunday kitob o‘qishlarini xohlar ekanmiz, borinki jamiyatni ham kitobxon qilishsa istar ekanmiz, bu holga ko‘z yummasligimiz kerak, u qaysi nashriyot, qaysi asar bo‘lmasin. Shuning uchun ham sifatsiz kitoblarni rad etishdan qo‘rqmang, sifatsiz tarjimalarni o‘qimang, talab qiling, eng avvalo esa sifatni.

Boykotchilarga madad tilab, hurmat ila S.N.K
​​#sovğa

Asaxiydan yangi sovg‘alar:

1. "Factfullness" - beqiyos asar, dunyoni asl qiyofasini boricha ko‘rishga imkon beradi.

2. "Yalang‘och iqtisodiyot" - iqtisodiyotni tushunish uchun eng sodda kitoblardan biri, shu yil o‘qishni reja qilgan kitoblarimdan

Tashakkurlar✨️
Forwarded from Nodirabegim
Бизда тез орада янги лойиҳа!

@mittihaqiqatlar
Forwarded from Nurali Qahramon
O'z yurtinga qayt, otang va onang yurti bo'lgan jannatga.

"Ali" romanidan,
Nurali Qahramon
​​#nazm

QON

(Shayboniyxonga bag‘ishlov)

Sharaf ila qadni tik tutding doim,
Aytgan har bir so‘zing hamisha qoim,
Arslonlaring ichra chiqmadi xoin,
Gardaningda bugun o‘zbekning nomi,
Tomiringda oqar kimlarning qoni?!

Kufrona ne'matdan mast bo‘lgan illat,
Nuh to‘foni ichra jon saqlar elat,
Yosaf avlodidan tarqaldi millat,
Gardaningda bugun o‘zbekning nomi,
Tomiringda oqar payg‘ambar qoni.

Mahmud qarshisida norozi nigoh,
Abul Qosim izlar borliqdan panoh,
"Shohnoma" bularning bariga guvoh,
Gardaningda bugun o‘zbekning nomi,
Tomiringda oqar forsiylar qoni.

Egey dengizida tug‘ilgan g‘oya,
Butun Osiyoni qamragan soya,
Minglab turkiylarga bo‘lding sen doya,
Gardaningda bugun o‘zbekning nomi,
Tomiringda oqar yunonlar qoni.

Zulmatdan nur chiqdi, kesakdan olov,
Mudroq qalblariga qalading qalov,
Qo‘limga ilk bora tutqazding yalov,
Gardaningda bugun o‘zbekning nomi,
Tomiringda oqar arablar qoni.

Cho‘l-u dashtlarida ko‘chmanchi erding,
Qimiz ichib, so‘ngra ot go‘shti yerding,
Nechun jilovingni o‘zgaga berding,
Gardaningda bugun o‘zbekning nomi,
Tomiringda oqar mo‘g‘ullar qoni.

Haqiqat shuldirkim, aslida bori,
Tomirimda oqar Chingizxon qoni!
Haqiqat shuldirkim, aslida bori,
Tomirimda oqar Temurxon qoni!
Haqiqat shuldirkim, aslida bori,
Tomirimda oqar Shaybonxon qoni!
Haqiqat shuldirkim, aslida bori,
Tomiringda oqar o‘zliging qoni.

©Nurali Qahramon
#savol

Agar Yaratgan sizga tug‘ilmaslik, inson bo‘lib bu dunyoda azob chekmaslik imkoniyatini hadya etganida, qabul qilarmidingiz?
Bugun sovg‘aga kitob olmagan "yalangoyoqlar" uchun🥂

P.s: qadaqso‘z yozishingiz mumkin)