Santuagara (20+)
3.16K subscribers
540 photos
10 videos
22 files
543 links
Nurali Qahramon Karimov kanali:

☘️Fikrlar;
🦠G‘oyalar;
📝Revyular;
📑Maqolalar;
📖Tarjima va yana bir nimalar...

BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)

Murojaat uchun: @Santuagarabilanmuloqotbot
Download Telegram
​​#sarhisob_tv (2023)

Seriallar:

🇺🇿Qish sonatasi
🇹🇷"Küçük Dahi: İbn-i Sina"
🇺🇿"Çukur" 1-fasl
🇺🇿"Çukur" 2-fasl
🇺🇿"Çukur" 3-fasl
🇺🇿"Çukur" 4-fasl
🇺🇲"Sex education" season 4🔞
🇺🇿"Istanbullik kelin" 1-fasl
🇺🇿"Istanbullik kelin" 2-fasl
🇺🇿"Istanbullik kelin" 3-fasl
🇺🇿"Penthaus" 1-fasl
🇺🇿"Penthaus" 2-fasl
🇺🇿"Penthaus" 3-fasl
🇺🇿"Loki" 2-fasl
🇺🇿"Shisha qafasdagi qiz"

Filmlar:

🇺🇲"The hateful eight"🔞
🇺🇲"Requeim for a dream"🔞
🇺🇿"Bird box"
🇺🇲"The pianist"
🇺🇲"Black snow"
🇺🇲"Babylon"🔞
🇺🇲"Troy"🔞
🇹🇷"Rubinrot" 3
🇺🇲"Angels & demons"🔞
🇺🇿"Lucy"
🇺🇿"Good Will Hunting"
🇺🇲"Kill your darlings"🔞
🇺🇲"The painted bird"🔞
🇺🇿"Sharqiy ekspresdagi qotillik"
🇺🇿"Nildagi qotillik"
🇺🇿"Venetsiya arvohlari"
🇹🇷"A dangerous method"🔞

Kinoteatrda:

🇷🇺"Napoleon"🔞

Davom etayotgan:

🇺🇲"The crowded room"🔞
🇺🇲"What if?..." season 2
🇷🇺"Слава пацана"🔞
​​#sarhisob_kitob (2023)

O‘zbek tilida:

🇺🇿"Mahv"
🇺🇿"Uch og‘ayni"
🇺🇿"Kambag‘allar"
🇺🇿"Savdogarlar ustozi"
🇺🇿"G‘arbning o‘limi"
🇺🇿"Turkiy Guliston yoxud axloq"
🇺🇿"Olmoniya. Qish dostoni"
🇺🇿"G‘arb-u Sharq devoni"
🇺🇿"Factfullness"
🇺🇿"Hadis va hayot: qasamlar, nazrlar va ov"
🇺🇿"Bo‘ronlarda bordek halovat"
🇺🇿"Findlandiya ta'lim mo‘jizasi"
🇺🇿"Uzunpaypoq Peppi"
🇺🇿"Hadis va hayot: taom, sharob va libos"
🇺🇿"Darvesh qo‘shig‘i"
🇺🇿"Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin"
🇺🇿"Hadis va hayot: tib va dam"
🇺🇿"Farishtalar va iblislar"
🇺🇿"Opa-singillar"
🇺🇿"Yumshoq kuch"
🇺🇿"Uliss"
🇺🇿"Diktaturadan demokratiyaga"
🇺🇿"Otalar va bolalar"
🇺🇿"Psixoanaliz haqida beshta ma'ruza"
🇺🇿"Kod buzar"
🇺🇿"Rimlik ayol"
🇺🇿"Kuchsizlar kuchi"
🇺🇿"Bir kun"
🇺🇿"Sichqonlar va odamlar"
🇺🇿"Manipulyativ diktatorlar"
🇺🇿"Yoz yomg‘iri"
🇺🇿"Rangin qushcha"
🇺🇿"Qumdagi ayol"
🇺🇿"Londondan muhabbat ila"
🇺🇿"Javdarzordagi xaloskor"
🇺🇿"Ko‘rinmas odam"
🇺🇿"Uyg‘onish" to‘plami

Ingliz tilida:

🇺🇲"The dancer from Khiva"
🇺🇲"The whole-brain child"
🇺🇲"The hero with a thousand faces"
🇺🇲"Fooled by randomness"
🇺🇲"The song of achilles"
🇺🇲"Homo deus"
🇺🇲"The heart of Asia, Turkestan"
🇺🇲"A whole new mind"
🇺🇲"Samarkand and other..."

Turk tilida:

🇹🇷"Narsisizm üzerine"
🇹🇷"Yaban koyununun izinde"
🇹🇷"Küçük prens"

Rus tilida:

🇷🇺"Рождения богов"
🇷🇺"О психологии беззаснательного"
🇷🇺"Улисс"

Lotin tilida:

🏳"Vita Caroli Magni"
​​#sarhisob_özim (2023)

          Oila: Na ko‘paydik, na kamaydik

          Sog‘liq: Ko‘zimni lazerda operatsiya qildirdim, hozir yaxshi

          Ish: Ham xususiy, ham davlat maktabida ishlayapman, 28-30 soat darsim bor, haftasiga to‘rt kun ish, qolgan uch kun dam olaman, hobbilarimga vaqt ajrataman

          Pedagogika: Qariyb 350 ta o‘quvchiga tarix, huquq va ona tili fanlaridan dars o‘taman, asosan, bilimni hayotlarida qo‘llay olishlariga e'tibor qarataman

          Ta'lim: Eson-omon uchinchi kurs bo‘lib oldim, beshinchi semestrda pedagogika fanidan boshqa hammasi a'loga yopildi, 2 ta kurs ishi qildim

          Tarjima: O‘n yetti yoshimda tarjima qilib qo‘ygan "Narniya" solnomasidagi "Arslon, jodugar va kiyim javoni" ikki ming nusxada "Yosh kuch" nashriyoti tomonidan chop etildi. Bundan tashqari Allen Ginsbergning "Ulish" poemasini qoralama nusxasi va bir necha ilmiy maqolalar tarjima qildim, "Lolita" tarjimasini boshladim

          Ilmiy ish: "Findlandiya ta'lim modulini o‘zbek maktablarida joriy etishning qulay usuli" nomli maqolam bir necha ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan Xalqaro jurnallarda chop etildi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi

          Kitobxonlik: Oltmishta kitob o‘qibman, 44 ta o‘zbek, 9 ta ingliz, 3 ta turk, 3 ta rus va 1 ta lotin tillarida

          Hobbi, rassomlik: Shu yil faqat moy bo‘yoqda 50×70 "Sex with God" rasmini chizibman

          Sayohat: Birlashgan Arab Amirliklari davlatining 3 ta shahriga, yetti kunlik sayohat (avgust oyida)

Nazm va nasr: O‘nga yaqin she'r va hikoyalar yozdim, OpenMic'ning oxirgi sonida ishtirok etdim.

Adabiyot: "Uliss"ni tahlil qildim, ko‘p manbalardan, xususan sun'iy intellekt va chet el ilmiy manbalaridan foydalandim

Chet tili: Asosan ingliz, turk va rus tillarini unutib yubormaslik uchun film va seriallar tomosha qildim, shu tilda yozilgan kitoblarni o‘qidim, arab alifbosida va kaligrafiyasini takrorladim. Ko‘k turk yozuvida yozishni ko‘proq mashq qildim

Sport: Vasil bilan shaxmat o‘ynashni boshladim

Teatr: 89-sinf o‘quvchilarim bilan, Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostonidagi "Jaholat to‘g‘risidagi rivoyat" hikoyatini 700 ga yaqin odamga sahnalashtirib berdik

TV: 17 ta film, 8 ta serial tomosha qilibman

Bo‘yim: 5 smga o‘sibdi

Vazn: 10 kgga semiribman

Natija: "Empire" sinfimdagi barcha o‘quvchilar Ixtisoslashtirgan maktablarga o‘qishga kirishdi

19 yosh. Na 18, na 20da ekansan, qiziq, ajib, o‘tish davridek go‘yo, shunday yosh ekan 19, yaxshi o‘tdi yil xullas, qolib ketgan narsalarni keyin qo‘sharman)

P.s: rasm 05.10.2023-yil suratga olingan)
Bugun professor Tolkien tug‘ilgan kun ekan)

Professor Tolkienning qaysi asarlarini mutolaa qilgansiz?
#saqlab_qöy

🥂Yozuvchilarning adabiy o‘zanlariga marhamat:

Alfayz - @perezagruzka_2021

Azizbek Norov - @kitob_xiyoboni

Baxtiyor Abdug‘afur - @Baxtiyor_Abdugafur

Bayram Ali - @BeshinchiTomon

Do‘stbek Suloymonov - @nasr_uz

Javlon Jovliyev - @javlonjovliyev

Jumanazar Yo‘ldosh - @Jumanazar_Yuldash

Manzura Abdullayeva - @sayhunqizi

Mohira Eshpo‘latova - @Altruistning_qizi

Ne'mat Arslon - @amalgama_asar

Nodirabegim Ibrohimova - @mittihaqiqatlar

Nurilla Chori - @Yozuvchi83

Nurali Qahramon - @santuagaraoflibrary

Sanjarbek Ikromov - @Sanjar_Ikrom

Raxshona Ahmedova  - @raxshonaahmedova

Tillaniso - @tillanisoen

Fozil Farhod - @fozilfarhod

Furqat Alimardon - @mezonlar

Shavkat Do‘stmuhammad - @katarsis_kundalik

Sherzod Ortiqov - @SherzodOrtiqov

Sherzod Komil Xalil -@Sherzodkomilkhalil


P.s kimlarni taniysiz bu ro‘yxatdan?!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#afsona #mif #qiziq #nazm

SHAYTON ASLIDA BEAYB(MI)?

O‘tgan semestr dinshunoshlik bo‘yicha PhD domlamiz qiziq bir afsona aytib bergan edi. Unda aytilishicha shayton o‘ta darajada taqvodor va Yaratganga eng ko‘p itoat qiluvchi jinlar bo‘lgan ekan, bu haqida, albatta, ko‘pchilik bilsa kerak. Ammo bu afsonaning yana bir boshqa nusxasida aytilishicha, shayton Yaratganga isyon qilishidan qirq ming yil oldin, undan bir tilak so‘raydi. Bu tilak, barchaning orzusi bo‘lgan taqdir - qazoyi qadar kitobiga bir marta boqish va o‘z taqdirini ko‘rish edi. Yaratgan shaytonga rad javobini beradi va agar u taqdirini bilsa, bundan qattiq pushaymon bo‘lishini aytadi. Shayton esa pushaymon bo‘lsada bu taqdir kitobiga bir boqmoqlikni lozim topishini bildiradi. Axiri Yaratgan unga rozilik beradi, shayton yugurib borib ne ko‘z bilan boqsinki, uning taqdirida o‘z Robbisiga isyon qilish yozilgan ekan. Shunda shayton o‘tirib yum-yum ko‘z yosh to‘kadi, oradan yillar, balki asrlar o‘tadi va shayton oxiri bu hukmga, qadar, taqdiriga ko‘nadi, ko‘nikadi. Aytishlaricha shayton hali hanuz Yaratganga isyon etmaslik uchun ham bu hayot teatrida salbiy qahramon rolini ijro etishda davom etayotgan emish...

Bu qanchalik rost, yoki yolg‘on bilmadim, ammo bu voqea, afsonaga oid bir she'r yozdim, tushunarsiz bo‘lib qolmasin deb biroz izoh berishni ma'qul topdim, shuni ulashmoqchiman:

Qo‘limda cho‘g turar, iymon atalmish,
Ruhimni qiynaydi sokin bir ovoz.
Ongimda qaytadan do‘zax yaralmish,
Jannatga eltar yo‘l naqadar "sayoz"!

Ko‘zguga boqqanda ko‘rdim aslimni,
Yum-yum yig‘lar edim, sening qoshingda.
Taqdir kitobida ko‘rdim aslimni,
Kibrga berildim, sening qoshingda.

So‘rmasam edim men o‘shal kun tilak,
So‘rmasang eding sen, ey boqiy falak,
Endi bu - ojiz tan, kimga ham kerak,
Zanjilar poyida ruhim jonsarak.

Oltin harflar ila yozilmish kitob,
Nechun meni sotding o‘zga noshirga?!
Ezgulik kuychisi edim men noyob,
Zulmat libosini otding qoshimga.

Shunday buyon o‘tdi necha asrlar,
Azroilga qarshi Azozil bo‘ldim.
Mendan so‘ngra keldi qancha nasllar,
Alarning yo‘lini kufrga burdim.

Ey Alloh, yo Robbim, o Parvardigor,
Kutmoqdaman sening cheksiz mehringni.
Bilsang edi holim naqadar xarob,
Jannatdan hadya et kichik yeringni.

©Nurali Qahramon

P.s: Картинки, Гюстав Доре - "Иллюстрация к поэме Джона Мильтона «Потерянный рай»" - 1866
#mutolaa

Qaysi muqova sizga yoqdi?!
"Assalomu alaykum

Azizlar, sizlar bilan yaxshi bir yangilikni baham koʻrmoqchiman. Mana bir necha yildirki, turk tili Oʻzbekiston va oʻzbek auditoriyasida keng oʻringa ega boʻlib bormoqda. Shu bilan birga, endi turk adabiyoti va turk tilidagi sifatli tarjima adabiyotlarga ehtiyoj sezilarli ortib borayotgani sir emas.

Xuddi shunday boʻshliq va ehtiyojni toʻldirish, kitobxonlik hamda kitob targʻibotiga hissa qoʻshish uchun yaxshi bir kanalni sizlarga tavsiya qilmoqchiman. Narxlari ham hamyonbop. Ya’ni Oʻzbekistondagi boshqa kitob doʻkonlaridan sifat va narx borasida anchagina ustunlik qiladi.

Bundan tashqari, qisqa muddatda BEPUL yetkazib berish xizmati ham mavjud. Turk tilidagi jahon klassik asarlari va turk adabiyotlarini, qolaversa, shu kecha-kunduzda nashrdan chiqayotgan eng sara adabiyotlarni hili sovimasdan, siyog‘i qurimasdan jo‘natishadi.

Bir soʻz bilan aytganda, uyingizda oʻtirib, turk tili va adabiyotini, jahon durdonalarining taftini his qiling. Endi turkcha kitoblarni o‘qish uchun Turkiyaga kelishingiz shart emas!

Buyurtma bering, choy damlaguningizcha kitob qoʻlingizda boʻlsin!"

Kanal: @bookexpress_uz

P.s: Turk tilini menga o‘rgatgan Nu'mon ustozimning tavsiyasi)
​​#sovğa

Santuagara of library'ning arxiviga bugun ikkita noyob kitob qo‘shildi. Birinchisi 1907-yil bosmadan chiqqan Fuzuliyning "Devon(Layli va Majnun)"i, ikkinchisi 1904-yil nashr etilgan Abdurahmon Jomiy "Kulliyot"ining to‘liq nusxasi. Endi bu kitoblar uchun yangi kutubxonamda maxsus shisha idishlar yasatiraman, namlik va haroratni bir xil saqlash uchun, chunki kitoblarni ancha urinib qolgan va biroz zararlangan.

Sovg‘alar uchun opamga tashakkurlar❤️
#shunchaki #hobby #just

Yaqinda "Zabarjad media" nashriyoti tomonidan Jorj Martin qalamiga mansub, Mirzohid Muzaffar mutarjimligi asosida "Taxtlar o‘yini" kitobi nashr etilishi kutilmoqda. Nima deb o‘ylaysiz qanday muqovada nashr etishadi?

P.s: Bu mening havaskor ishlarim)
​​#haqida #woolf #xotira

Ovro‘palik Zulfiyaxonim

"Virjiniya Vulf asarlarini 1942-yildan, 16 yoshimda o‘qiy boshlaganman. Men o‘qiydigan G'arbiy Sasseksning Midhurts shahrida joylashgan boshlang‘ich maktabda, fransuz tilidan dars beradigan direktorning rafiqasi Virjiniya Vulfning sobiq muxlislaridan edi. U maktab kutubxonasidan Common Reader va Vulfning ikki jildli romanlarini mutolaa qilgan. Bizga Vulfxonim hayotining bir qismini ruhiy kasallikdan aziyat chekib o‘tkazganligi, lekin uni yengib o'ta olgani va ruhiy kasal bo'lish qanday ekanligi haqida ajoyib ma'lumotlarni aytib bergandi. Keyin, 1941-yil, mart oyida u kasalligi qaytalanganligini his qilib, Ouse daryosida o'z joniga qasd qilgan ekan.

O‘limining zamon va makon jihatidan yaqinligi, uning kitoblari orqali bizga juda kuchli, ta’sirchan ravishda yetib kelgan fikrlariga o‘tkir hissa qo‘shdi. Ikkinchi jahon urushi davridagi maktab-internat hayotida, kechqurun elektr o‘chib, Germaniya tomon uchayotgan bombardimonchilarning shovqini biz yotoqxonalarda yotganimizda ham eshitilar edi..."

- Antoni Kartis, yozuvchi

(qisqartirilgan shaklda berildi)

P.s: yaqinda "Yangi asr avlodi" nashriyotidan Vulfning o‘zbek tilidagi birinchi va eng muhim asari "Shaxsiy xona" nashr etilishi kutilmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM