#boykot
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach kitob nashri va savdosiga e'ribor kam bo‘ldi. Natijada esa xususiylashgan nashriyotlar, ulgurji bozorlar va chakana sotuvchilar narxni sun'iy oshirishni boshladi. Uch yil oldin qog‘oz narxining oshishi va narxlarning ikki barobarga o‘sishi, ba'zi nashriyotlarni sifatsiz qog‘ozlarga kitob nashr etishlariga majbur etdi. Oqibatan 10-15 minglik kitoblar, chekka qishloqqa yetib borguncha yarim kg go‘sht narxiga aylanib bordi. Oyligini u yer, bu yeridan tugib olgan bir oddiy kitobxonning kitobi esa bir o‘qishlikka bazo‘r dosh beradi.
Bugungi boykot mavzusi "Ziyo nashr" nashriyoti haqida. Yaqinda bir obunachidan nashriyotni ochiq-xolisona tanqid qilgani uchun, nashriyot tomonidan tazyiq bo‘lgani va qonunlarni ro‘kach qilib qo‘rqitilganidan xabar topdim. Gap ustoz hikoyanavis Shukur Xolmirzayevning butun boshli 14 ta kitobini sifatsiz nashri haqida borayapti. Nashriyot sifatsiz qog‘ozga ustozni kitoblarini nashr etgani kamdek, munosabatlarga tolerantlik bilan javob qaytarmay qo‘pollashmoqda. Bu esa sifatsiz nashrlar yana ko‘p bo‘ladi degani. Bu nashriyotning yuz tomlik to‘plami va O‘tkir Hoshimov asarlar saylanmasi mening kutubxonamda bor va ular rostan ham sifatsiz.
Biz bugungi kun kitobxoni sifatida o‘z fikrimiz va munosabatimizni ochiq bildira olamiz va nashriyotlarning bunday xato va kamchilliklariga ko‘z yummasligimiz darkor. Biz o‘zimiz sevib kitob o‘qiganimiz singari, yaqinlarimiz ham shunday kitob o‘qishlarini xohlar ekanmiz, borinki jamiyatni ham kitobxon qilishsa istar ekanmiz, bu holga ko‘z yummasligimiz kerak, u qaysi nashriyot, qaysi asar bo‘lmasin. Shuning uchun ham sifatsiz kitoblarni rad etishdan qo‘rqmang, sifatsiz tarjimalarni o‘qimang, talab qiling, eng avvalo esa sifatni.
Boykotchilarga madad tilab, hurmat ila S.N.K