Santuagara (20+)
3.16K subscribers
540 photos
10 videos
22 files
543 links
Nurali Qahramon Karimov kanali:

☘️Fikrlar;
🦠G‘oyalar;
📝Revyular;
📑Maqolalar;
📖Tarjima va yana bir nimalar...

BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)

Murojaat uchun: @Santuagarabilanmuloqotbot
Download Telegram
​​#asardan_parcha #nazm #tarjima #joys

Ibodat

Yana!
Kel, ber, taslim et menga butun vujuding!
Uzoqdan shivirlar bir tovush majruh boshimga,
Shavqatsiz xotirjamlik, ayanchli bo'yin egishing,
Tinchlantirar qo'rquvingni, oldindan tayyorlangan qalb kabi go'yo.
To'xta, so'zlama sevgi! Mening taqdirim.

Qorong'u yaqinlik ila ko'r et meni.

O'lim qo'rquvidagi ul daxshatga dosh berolmam
Uzoqlashtir uni mendan
Charchadim hayotimdan! Qo'rquv qarshisida egilgan boshim tahdid soladi menga,
Yiqilganimda g'ururga ketib, uni xotirlab,
Unga achinib, bir zamonlar qanday bo'lganin xotirlab.

Yana!
Birga, tun ichra, yotishar tuproqlar uzra. Men eshitaman
Uzoqdan sokin ovozing, yorilgan boshimga pichirlar hamon.

Kel! Taslim bo'laman. Menga boshqa ishonma. Meni boshqa tashlab ketma! Yagona quvonchim, yagona qayg'um,
Ol meni, himoya qil, yupanch bergil, ey asragil meni.

©Jeyms Joys
#tarjima

TEZ KUNDA!

by S.N.K translate
​​#tarjima

Vladimir Nabokovni "Dengiz bo‘yidagi qirollik", ya'ni "Lolita" romanini tarjima qilishni bugundan rasman boshladim.

Qo‘llab-quvvatlab, so‘roqlab tursangizlar yilning oxirigacha qo‘lingizda bo‘ladi.
​​#tarjima

"Ufq" - "Horizon" jamoasi G‘azzolliyning "Faylasuflarga raddiyalar" va Peter Adamsonning "Islom falsafasi tarixi" asarlarini o‘zbekchaga evirishyapti. Men ham podadan qolmay deb Adamson kitobining birinchi bo‘lim, o‘n sakkizinchi bobini tarjima qildim. Ibn Sinoning Xudo - "zaruriy mavjudlik" (vujudi vojib) haqidagi qarashlari, unga nisbatan bildirilgan e'tiroz va tanqidlar haqida. O‘qishda qiyinchilik tug‘ilishi mumkin, chunki asar sodda falsafiy tilda yozilgan bo‘lsada, sizga noaniq termin va so‘zlardan foydalanilgan. Lekin shuni unutmang, qiziqish har qanday dovonni bosib o‘tish uchun kerak bo‘lgan eng chidamli kuchdir. Hurmat ila S.N.K
​​#nazm #tarjima #sindirilgan_avlod

"Howl" (Qichqiriq)

Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas! Muqaddas!
Dunyo muqaddasdir! Ruh muqaddasdir! Teri muqaddasdir! Burun muqaddasdir! Til, olat, qo'l va hatto ket ham muqaddasdir!
Hamma narsa muqaddas! Hamma muqaddas! Har bir joy muqaddas! Har bir kun - abadiy! Har bir inson farishta!
U aqldan ozgan to'rttala buyuk farishta ham muqaddasdir! Siz va mening jonim, jinnining qadrli maskanidek muqaddasmiz!
Yozuvchi muqaddas she’r muqaddas ovoz muqaddas tinglovchilar muqaddas oqlov muqaddas!
Muqaddas Piter muqaddas Allen muqaddas Solomon muqaddas Lucien muqaddas Kerouac muqaddas Huncke muqaddas Burroughs muqaddas Cassady muqaddas maxfiy hayvonchi fokuslar va azob chekayotgan tilanchilar va jirkanch insoniy farishtalar muqaddas!
Muqaddas boshpanadagi onam! Kanzasdagi ota-bobolarimning jinsiy a'zosigacha muqaddas!
Nola qilayotgan saksafon muqaddas! Muqaddas maxshar kuni! Muqaddas jazz guruhlari marixuana hipsterlari tinchlik kaktus quvurlar va barabanlar!
Muqaddas osmono'par bino va yo'laklarning vayron bo'lishi! Millionlab odamlar bilan to'lgan kafeteriyalar* muqaddasdir! Ko'chalarda oqayotgan sirli ko'z yoshlari muqaddasdir!
To'yib bo'lmaydigan yolg'izlik muqaddasdir! O'rta tabaqaning buyuk qo'zisi, isyonning aqldan ozgan cho'poni muqaddas! Los-Anjelesni kim Los-Anjeles qildi axir!
Muqaddas Nyu-York Muqaddas San-Fransisko Muqaddas Peoriya va Sietl Muqaddas Parij Muqaddas Tanjer Muqaddas Moskva Muqaddas Istanbul!
Muqaddas vaqtning abadiyligi, muqaddas abadiyat vaqti, muqaddas makondagi soatlar, muqaddas to'rtinchi o'lchov, muqaddas farishtadagi muqaddas beshinchi xalqaro Moloch!**
Muqaddas dengiz muqaddas cho'l muqaddas temir yo'l muqaddas poyezd muqaddas vahiylar muqaddas gallyutsinatsiyalar muqaddas mo‘jizalar muqaddas ko'z qorachig‘i muqaddas jahannam!
Muqaddas kechirim! Mehr! Yaxshilik! Iymon! Muqaddas! Biz!Jismlar! Voy! Ulug'vor!
Muqaddas ruhning g'ayritabiiy jozibador qobiliyatli rahm-shafqati.

©Allen Ginsberg, Berkeley, 1955-yil

* Kafeteriya - kantin, bir necha xizmat ko‘rsatish joylarining birlashmasi

** Moloch - qadimda mo‘l-ko‘lchilik uchun bolalarin qurbon qilishgan Yaqin Sharq ma'budi
#tarjima

Ilyuminati va fitna nazariyasidan ko‘pchilik xabardor. Lekin uning falsafiy asoslari qayerga borib ta'qalishini bilasizmi? Ilyuminatlar daxriy bo‘lishgan, ya'ni abadiy yashashga ishonishgan. Bu esa o‘z-o‘zidan ularning reenkartnatsiya(qayta tug‘ilish)ga ham ishonishganidan dalolat beradi. Qayta tug‘ilish, yoinki aytadigan bo‘lsak inson ruhining o‘lganidan keyin yana boshqa tanaga o‘tishi dastavval hind faylasuflari qarashlarida paydo bo‘lgan. Ammo bu nazariyani isbotlagan va ommalashuviga musulmon olimlari va ularning yahudiy munaqqidlari sababchidir. Shuning uchun ham bu gal Peter Adamsonning "Islom falsafasi tarixi" kitobi, 2-bo‘lim, 45-bobi - "Illuminatsionizm: porloq g‘oya" maqolasini tarjima qildim. Maqola orqali Islom oltin asri faylasuflarining qayta tug‘ilish haqidagi qarashlari va dalilaridan boxabar bo‘lishingiz mumkin. Sizga ham ilindim, hurmat ila S.N.K
#tarjima

pulini axlat qutilarida yoqqan va Terror daxshatini devordan tinglarkan besoqol xonalarda ich kiyimda yuradiganlar,

©Allen Ginsberg
"Howl"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nazm #tarjima #bukowski

​​YOZISH

ko‘pincha bu
siz va imkonsizlik o‘rtasidagi
yagona narsa.
na ichimlik,
na ayol sevgisi,
na boylik
unga tenglasha
olmas.
yozishdan boshqa
hech narsa
sizni
qutqara olmas.
bu devorlarni
qulab
tushmoqdan asrar.
qo‘shinlarni esa
tarqab ketishdan.
zulmatni
parchalar.
yozish - bu
oliy psixiatr,
barcha xudolar ichra
eng mehribon
xudo.
yozish
oxiri
o‘limga olib kelar.
bu ortga yo‘l
yo‘q degani.
yozish,
ochiqchasiga
dardlar ustidan
kular.
bu oxirgi kutish,
oxirgi
tushuntirishdir.
yozish
asli
nedir.
​​#tarjima #tahrir

Janob va xonim Braunlar Paddingtonni ilk bor poyezd stansiyasida uchratishgan edi. Ayiqcha uchun qo‘yilgan g‘alati Paddington laqabi ham aslida stansiya nomidan kelib chiqqan.
Braunlar u yerga maktabdan ta'til uchun uyiga qaytayotgan qizaloqlari Judini kutib olish uchun borishgandi. Yozning iliq kuni, stansiya dengiz sohili tomon oshiqayotgan odamlar bilan gavjum edi. Poyezdlar g‘o‘ng‘illar, radiokarnay jaranglab, yuk tashuvchilar bir birlariga baqirishar, shovqin shu qadar baland ediki, uni birinchi bo‘lib ko‘rgan Janob Braun xotiniga bir necha bor tushuntirishga urinib ko‘rdi.
- Ayiq? Paddington stansiyasida? - eriga ajablanib qaradi Braun xonim.
- Bu bema'nilik Genri. Bunday bo‘'lishi mumkin emas!
Janob Braun ko'zoynaklarini to‘g‘irlab, "Ammo u shu yerda" deb turib oldi. "Men uni aniq ko'rdim. Ana u yerda-velosipedlar oldida. U kulgili shlyapa kiyib olgan edi".
Xotinining javob berishini kutmasdanoq, uni qo‘lidan ushlab, olomon orasiga tortdi, shokolad va choy ortilgan aravani aylanib, kitob do‘koni oldidan o‘tdi va Yo‘qolgan buyumlar idorasi tomonga yurdi.
- Mana qayerda ekansan, - dedi Janob Braun g‘alaba ohangida qorong‘u burchak tomon ishora qilib.
- Men senga aytgandim! Braun Xonim eri ko'rsatgan yo‘nalish bo‘ylab, xiralashgan qorong‘ulikda, kichkina, tukli narsa tomon harakatlandi.

©Maykl Bond
"Ayiqcha Paddington"
#tavsiya #tarjima #yangilik #sovğa

Bir necha hafta oldin Nodirabegim Ibrahimova tarjimasi ostida sevimli yozuvchilarimdan biri Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona"si nashrdan chiqayotgani haqida xabar bergan edim. Mana kitob nashr ham etilibdi, sotuvga ham chiqibdi, biz kitobxonlardan esa o‘qib berish qoldi xolos. Shu sababli ham, nega bu kitobni o‘qish kerakligi haqida ikki og‘iz so‘z:

1. Ingliz adibasi Virjiniya Vulf adabiy yozish usullaridan eng muhimini - "ong oqimi" usulini kashshofasi hisoblanadi. Aynan Vulfning ta'sirida Jeyms Joysning "Uliss" asari dunyo yuzini ko‘rgan. O‘zbek adabiyotidan esa To‘xtamurod Rustam, Nazar Eshonqul va qator kayvoni yozuvchilarimizning bir necha asarlarida Vulfning ta'siri yaqqol sezilib turadi🧺

2. Asar faqat ayollarning shaxsiy muammolar va ijodlari haqida emas, u butun boshli insoniyatning bir parchasi va uning kelajagi haqida🕯

3. Asar tarjimasi o‘ta go‘zal, Vulfga xos uslub va nafosat saqlanib qolingan😇

4. Kichik bo‘lsa ham kaminaning bir tarjima hikoyasi bor, shuni o‘qish uchun ham olib o‘qisangiz, ko‘nglim tog‘dek shishardi🤰

5. @kitobdoira ning "Educated"dan keyingi muhokama uchun tanlagan asari ushbu "Shaxsiy xona" kitobi, muhokamaga qatnashmoqchi bo‘lsangiz, albatta, kitobni o‘qib keling📖

Ushbu kitob hadyasi va kichik tarjima hikoyamga vulfona hayot baxshida etgan Nodira opaga paxtaxolvadek katta rahmat aytaman va kelgusi tarjimalariga omad tilayman❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM