SamDUKF Yoshlar ittifoqi
858 subscribers
5.92K photos
586 videos
109 files
1.33K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#samdukf_kasaba_uyushmasi
#direktor_kubogi
#yoshlar_ittifoqi_BT

ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI DIREKTOR KUBOGI G‘OLIBI

Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi filial boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda sport turlarini ommalashtirish, sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek, bu boradagi Prezidentimiz, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda filial direktorining tegishli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha "Direktor kubogi" musobaqasi tashkil qilindi.

Jamoalar o‘rtasida kechgan qizg‘in bahlarda natijalar quyidagicha:

1-o‘rin: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi
2-o‘rin: Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti jamoasi
3-o‘rin: Rektorat jamoasi.


G‘oliblar O‘zbekiston Yoshlar ittifiqi hamda Kasaba uyushmasi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali boshlang‘ich tashkilotlarining esdalik sovg‘alari, diplom va medallar, kubok bilan taqdirlanishdi.
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
#Huquqiy_savodxonlik

TALABALAR O‘Z HUQUQLARINI BILADIMI?

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyatni yuksaltirish" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari hamda fakultetlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda filial profilaktika inspektori Xolbek Haydarov talabalarning savollariga javob berdi. Dars vaqtida, darsdan bo‘sh vaqtlarida, ijara xonadonlari, talabalar turar joyida, jamoaviy tadbirlarda amal qilishi zarur bo‘lgan qoidalarga to‘xtalib o‘tdi.

YI filial BT koordinatorlari Shahribonu Hasanova hamda Malika Ro‘ziyevalar mavzu yuzasidan talabalarga ma'lumotlar taqdim etdi.

Tadbirda Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlari tyutorlari qatnashdi.

A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT

NAVQIRON, BILIMLI VA SOG‘LOM AVLOD YURT TAYANCHIDIR

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida tadbirlar, tanlov va musobaqalarga start berildi.

Filial faollar zalida tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, filial direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mustafayev so‘zga chiqib, yurtimiz yoshlari, filialimiz talabalarini tabrikladi. Ona Vatanimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini alohida e'tirof etdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan filialda sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar boshlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Yoshlar_ittifoqi_BT
#Talabalar_assotsiatsiyasi
Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Talabalar assotsiatsiyasining Sport, turizm va harbiy vatanparvarlik sektori tomonidan o'tkazilgan shashka bo'yicha online olimpiadamizda
Faxirli
🥇 o'rinni Ozodbek
🥈 O'rinni Nurali
Va 2 ta
🥉 o'rinni Marjona va Oxunlar qo'lga kiritdilar.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#Yoshlar_kuni
#SamDUKF_YI_BT
#Yoshlar_ittifoqi_BT

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbir va musobaqalar davom etmoqda. Ushbu tadbir doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filiali talaba yigitlari oʻrtasida "Mini Futbol" sport musobaqasi boʻlib oʻtdi, unda filialning talaba yigitlari faol ishtirok etishdi va musobaqa yakunida gʻolib jamoalar aniqlandi.



🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
"ZAKOVAT"da qizg‘in bahs!

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Talabalarning keng dunyoqarashi va aqlan yetukligini namoyon qiluvchi "Zakovat" o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan olib borildi.

"Zakovat"da qatnashgan jamoalar orasidan g‘oliblar aniqlanib, taqdirlanadigan bo‘ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#YOSHLAR_kuni
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
YOSHLAR SHAXMATDA MAHORATINI KO‘RSATISHDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.

Yoshlarning iqtidori, sergaklik va aqlan yetukligiga xizmat qiluvchi shaxmat o‘yini filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, tyutorlar tomonidan nazorat qilib borildi.

Musobaqa bo‘yicha g‘olib o‘g‘il-qiz talabalar aniqlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook