SamDUKF Yoshlar ittifoqi
858 subscribers
5.92K photos
586 videos
109 files
1.33K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Abduxoshim Ziyatov)
#SPORT
#DIREKTOR_KUBOGI

Direktor kubogi” musobaqasi

Ayni paytda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida sport turlarini ommalashtirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Sog‘lom avlod - yurt kelajagi!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda filial rahbariyati, Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetlari professor-o'qituvchilaridan iborat jamoalar o'zaro bahs olib bormoqdalar.

Ayni qizg‘in va murosasiz tus olgan “Direktor kubogi” musobaqasi yakunlari haqida yana ma'lumot beramiz.

SamDU KF "Jurnalist maktabi"
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Abduxoshim Ziyatov)
#SPORT
#DIREKTOR_KUBOGI

"LOCHIN" JAMOASI SAMDUKF CHEMPIONI!

Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida sport turlarini ommalashtirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Sog‘lom avlod - yurt kelajagi!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda filial rahbariyatining "Rektorat", Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining "Lochin" va "Liderlar" hamda Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakultetining "Buxgalter" jamoalari o'zaro bahs olib borishdilar.

Qizg'in va murosasiz o'tgan bahslarda "Lochin" jamoasi "Buxgalter" jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Finalda esa filial rahbariyatining "Rektorat" jamoasini mag‘lub etgan "Lochin" jamoasi #DIREKTOR_KUBOGI sohibi bo‘ldi.

Musobaqada 1-, 2- va 3-o'rinlarni egallagan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
#futbol
#Yoshlar_oyligi
#Direktor_kubogi

🏆DIREKTOR KUBOGI”NING G'OLIBI ANIQ

⚽️ Joriy yilning 22-iyun kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” sport musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqa qizg'in bahs-munozalarga boy bo'ldi.

⛳️Musobaqa yakuniga koʻra, quyidagi natijalar qayd etildii:

🏆 1-oʻrin- Yosh biznesmenlar jamoasi (Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti)
🥳 2-oʻrin- O‘zbek polvonlari  jamoasi (Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti)
🥳 3-oʻrin- Respect jamoasi (Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#samdukf
#direktor_kubogi
#yoshlar_ittifoqi

DIREKTOR KUBOGI BAHSLARIGA START BERILDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi filial boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda sport turlarini ommalashtirish, sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek, bu boradagi Prezidentimiz, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda filial direktorining tegishli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha "Direktor kubogi" musobaqasiga start berildi.
#samdukf_kasaba_uyushmasi
#direktor_kubogi
#yoshlar_ittifoqi_BT

ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI DIREKTOR KUBOGI G‘OLIBI

Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi filial boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda sport turlarini ommalashtirish, sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek, bu boradagi Prezidentimiz, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda filial direktorining tegishli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha "Direktor kubogi" musobaqasi tashkil qilindi.

Jamoalar o‘rtasida kechgan qizg‘in bahlarda natijalar quyidagicha:

1-o‘rin: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi
2-o‘rin: Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti jamoasi
3-o‘rin: Rektorat jamoasi.


G‘oliblar O‘zbekiston Yoshlar ittifiqi hamda Kasaba uyushmasi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali boshlang‘ich tashkilotlarining esdalik sovg‘alari, diplom va medallar, kubok bilan taqdirlanishdi.