SamDUKF Yoshlar ittifoqi
859 subscribers
5.92K photos
586 videos
109 files
1.33K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#yoshlar_oyligi

Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!

🇺🇿30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida "Yoshlar oyligi" doirasida 5-25 iyun kuniga qadar "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida festival, loyiha va tadbirlar amalga oshirilishga start berildi.

Shu munosabat bilan, 12-iyun kuni Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filialida "Sportning voleybol va basketbol tulari bo'yicha musobaqalar" o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇
https://t.me/SamDUKF_Yoshlar_ittifoqi
#YOSHLAR_OYLIGI_DOIRASIDA
#KUBIK_RUBIK_MUSOBAQASI
Joriy yilning  14-iyun kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida Yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti yetakchisi va Intellektual loyihalar yo’nalishi koordinatori tomonidan Kubik-rubik musobaqasi tashkil etildi. Bunda dastlab fakultet kesimida munosib nomzodlar aniqlanib, filial bosqichiga yo'naltirildi. Hakamlar hay’ati tomonidan vaqt hisobga olinib, eng qisqa vaqt ichida kubikni yig’gan quyidagi talabalar filial bosqichida g’olib deb topildi:
1-o'rin-BT-22_11-guruh talabasi N.Ilyasova;
2-o'rin- BT-22_11-guruh talabasi Z.Umrzoqova;
3-o'rin-XT-22_02-guruh talabasi A.Xolmamatov.
G'oliblar diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
#yoshlar_oyligi
#STOL_TENNISI

Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!”

👥 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida "Yoshlar oyligi" doirasida 5-25 iyun kuniga qadar "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida festival, loyiha va tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida Yoshlar oyligi doirasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi filial koordinatorlari tomonidan Sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalari quyidagicha qayd etildi:
1-o‘rin: Toshboterov Baxtishod M_21_02
2-o‘rin: Boymuxammedov Nazarbek SF_21_15
Qizlar o‘rtasida esa quyidagicha natija qayd etildi:
1-o‘rin Ne'matova Sevinch SF_21_17
2-o‘rin: Bobobekova Odina K_22_06
G'oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
#yoshlar_oyligi

🇺🇿 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan oliy taʼlim muassasalarida "Yoshlar oyligi" doirasida 5-25 iyun kuniga qadar "Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida festival, loyiha va tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Pedagogika va tillarni o’qitish fakultetida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida Yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti yetakchisi va Intellektual loyihalar yo’nalishi koordinatori tomonidan Rokirovka turnirlari tashkil etildi. Turnirda talabalar faol ishtirok etdi.
#YOSHLAR_OYLIGI_DOIRASIDA
#RAHBAR_VA_YOSHLAR_UCHRASHUVI

Joriy yilning  21-iyun sanasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida filial direktori Sh.Urakov va talaba-yoshlar   o'rtasida uchrashuv o'tkazildi. Unda bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish hamda o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishish uchun uzluksiz ta'lim olishi lozimligi haqida aytib o'tdi. 
    Filiali direktor o'rinbosari Sh.Mustafayev 30-iyun Yoshlar kuni bilan barcha filial talabalarini chin dildan qutladi.
    So'ng "Kitobxon talaba" tanlovining Respublika bosqichida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti 2-bosqich talabasi Ochilova Muhlisaning ota-onasiga filial direktorining tashakkurnoma va sovg'asi topshirildi. Fakultet dekani A.Sobirov M.Ochilova va uning ota-onasini yutuq bilan tabrikladi va talabalarni kitob o'qishga chorladi.
Forwarded from SamDU Kattaqo'rg'on filiali ||Rasmiy kanal (Xolbo'ta Xo'janov)
#YOSHLAR_OYLIGI_DOIRASIDA
#YANGI_KONSTITUTSIYA_

🇺🇿 Joriy yilning 21-iyun sanasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida "Yangi Konstitutsiya targ'iboti" tadbiri tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkiloti yetakchisi J.Abduraxmonov va “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, PhD J.Quchqorov tomonidan qonunchiligimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida talabalarga ma'lumotlar berildi.
Tadbirda filial profilaktika inspektori E.Baxriyev, Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti dekan o‘rinbosari A.Jabborov va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir so'ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

SamDU Kattaqo’rg’on filiali
Axborot xizmati
#AYNI_PAYTDA
#YOSHLAR_OYLIGI

YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA "DIREKTOR KUBOGI" MUSOBAQASI O'TKAZILMOQDA

SamDU Kattaqo'rg'on filialida "Yoshlar oyligi" doirasida "Bilim va tafakkurimiz — shu el uchun, shu yurt uchun!" shiori ostida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Direktor kubogi" musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning ochilish marosimida filial direktori Sh.Urakov mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar ta'lim-tarbiyasi, iqtidorini qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga to'xtalib, barcha talabalarga omad tiladi.

Mini-futbol boshlandi. Ishtirokchilar 9 ta jamoa bo‘lib, qur'a tashlash orqali maydonga tushishmoqda. Pedagogika va tillarni o‘qitish fakultetining Sport faoliyati va O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishlari talabalaridan iborat jamoalari musobaqani boshlab berdi.
#futbol
#Yoshlar_oyligi
#Direktor_kubogi

🏆 “DIREKTOR KUBOGI”NING G'OLIBI ANIQ

⚽️ Joriy yilning 22-iyun kuni SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” sport musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqa qizg'in bahs-munozalarga boy bo'ldi.

⛳️Musobaqa yakuniga koʻra, quyidagi natijalar qayd etildii:

🏆 1-oʻrin- Yosh biznesmenlar jamoasi (Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti)
🥳 2-oʻrin- O‘zbek polvonlari  jamoasi (Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti)
🥳 3-oʻrin- Respect jamoasi (Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti)
Forwarded from Jasur Abduraxmonov
#Yoshlar_Oyligi

🇺🇿 “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!”

30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand sharida "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Unda, SamDU Kattaqoʻrgʻon filialining bir guruh xodimlari va talabalari Samarqand shahrida tashkil etilgan “Yangi nafas” yugurish marafonida ishtirok etdilar. Bunda filialning Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi va koordinatorlari tomonidan filialdagi sportga qiziquvchi talabalarning marafonda ishtiroki ta’minlandi. Talabalar ertalabki badantarbiya mashqlaridan so’ng marafonda faol ishtirok etdilar va filial sha’nini himoya qildilar.
📝O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi SamDUKF BT matbuot kotibi Sevinchbonu Toshtemirova  
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
#iftixor
#yoshlar_oyligi
    SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali yetakchisi Abduraxmonov Jasur Bekpulatovich yoshlar oyligi doirasida  ''Bilim va tafakkurimiz-shu el uchun, shu yurt uchun shiori ostida tashkil etilgan loyiha va tadbirlardagi faolligi uchun Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi SamDUKF BT matbuot kotibi Sevinchbonu Toshtemirova  
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇👇
Telegram || Instagram || Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

Ayni damda Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh- tengdoshga koʻmakchi” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, yetakchi va koordinatorlardan iborat bir guruh yoshlar Kattakoʻrgʻon shahriga - SamDU Kattaqo‘rg‘on filialiga yoʻl olishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

🫱🏻‍🫲🏻 Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi karvoni oʻz manziliga yetib bordi

📌 Biroz oldin Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi” loyihasini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi, yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar Samarqand Davlat Universiteti Kattaqoʻrg'on filialiga yetib keldi...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT


Ayni damda Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi" loyihasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirning koʻngilochar badiiy qismi boshlanish arafasida...
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF_YI_BT

YOSHLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI NAMOYON ETISHDI

Yoshlar oyligi doirasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi hamkorligida o‘tkazilayotgan "Tengdosh tengdoshga ko‘makchi" loyihasi tadbirlari, musobaqalariga start berildi.

Loyiha doirasida talabalar o‘rtasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi", "Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish" seminar-treningi, "Munozara", "Kitobxon talaba", "Zakovat" intellektual o‘yinlari, sportning "Shaxmat va shashka", "Stol tennisi" qizlar o'rtasida "Voleybol" hamda talaba yigitlar o'rtasida "Mini Fudbol" kabi musobaqalari yuqori kayfiyatda, qizg'in bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Tadbir nihoyasida ushbu tanlov va musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash hamda konsert dasturi ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_ittifoqi
#Yoshlar_oyligi
#SamDUKF

Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh - tengdoshga koʻmakchi” loyihasi doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

📍Loyiha Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrg'on filialida oʻtkazildi.
#Live
#Yoshlar_oyligi

Ayni damda "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Kattaqoʻrgʻon shahrida Alisher Navoiy nomidagi Istirohat bogʻida koʻngilochar dasturlardan iborat festival boʻlib oʻtmoqda. Unda "Shaxmat va shashka", "Kamondan otish", "Karate" kabi sport oʻyinlari, rassomchilik, ashula va raqs mahoratlari boʻyicha badiiy chiqishlar namoyish etilmoqda...
#Festival
#Yoshlar_oyligi

SO‘ZI HIKMAT, O‘ZI IBRAT NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

O‘sib kelayotgan avlod qalbida Vatanga muhabbat uyg‘otish, shukronalik, g‘ayrat va shijoatni yanada yuksaltirish, ilm, kasb-hunar egallashida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda nuroniylar, mehnat faxriylari, talaba yoshlar qatnashdi.

Uchrqshuvda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova ishtirok etdi.

SamDU Kattaqo’rg’on filiali
Axborot xizmati
#Festival
#Yoshlar_oyligi

YOSHLAR FESTIVALI TADBIRLARI ISTIROHAT BOG‘IDA DAVOM ETMOQDA

Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan "YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!" shiori ostidagi yoshlar festivali tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida davom etmoqda.

Istirohat bog‘ida karaoke, raqs, tasviriy san'at, estrada xonandaligi yo'nalishlarida ko'rik tanlovlari, Milliy kurash va tosh ko'tarish sport turlari namoyishi, Harbiy orkestr chiqishi va harbiy texnikalar ko'rgazmasi, Musiqa, rabototexnika, rassomchilik san'atining boshqa turlari ko'rgazmasi, Mini futbol, badminton, voleybol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat-shashka, stritbol kabi sport turlari bo'yicha ommaviy musobaqalar, Yosh kitobxon tanlovi, kitobxonlik ko'rgazmasi va yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlov, musobaqa va ko‘rgazmalar nihoyasida galakonsert hamda taqdirlash marosimlari bo‘ladi.