SamDUKF Yoshlar ittifoqi
855 subscribers
5.82K photos
570 videos
103 files
1.29K links
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat universiteti Kattaqo'rg'on filiali Boshlang'ich tashkiloti rasmiy kanali.
Taklif va murojaatlar uchun:
@sevinchbonutoshtemirova
https://t.me/samdukf_yoshlar_ittifoqi_chat
Download Telegram
#samdukf_kasaba_uyushmasi
#direktor_kubogi
#yoshlar_ittifoqi_BT

ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI DIREKTOR KUBOGI G‘OLIBI

Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi filial boshlang‘ich tashkiloti bilan birgalikda sport turlarini ommalashtirish, sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish, shuningdek, bu boradagi Prezidentimiz, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda filial direktorining tegishli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha "Direktor kubogi" musobaqasi tashkil qilindi.

Jamoalar o‘rtasida kechgan qizg‘in bahlarda natijalar quyidagicha:

1-o‘rin: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi
2-o‘rin: Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti jamoasi
3-o‘rin: Rektorat jamoasi.


G‘oliblar O‘zbekiston Yoshlar ittifiqi hamda Kasaba uyushmasi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali boshlang‘ich tashkilotlarining esdalik sovg‘alari, diplom va medallar, kubok bilan taqdirlanishdi.
Forwarded from Sherzod_Raxmonovich_Urakov (Xoshim)
#SamDU_KF
#Yoshlar_ittifoqi_BT
#Huquqiy_savodxonlik

TALABALAR O‘Z HUQUQLARINI BILADIMI?

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida "Huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyatni yuksaltirish" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ittifoqi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari hamda fakultetlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda filial profilaktika inspektori Xolbek Haydarov talabalarning savollariga javob berdi. Dars vaqtida, darsdan bo‘sh vaqtlarida, ijara xonadonlari, talabalar turar joyida, jamoaviy tadbirlarda amal qilishi zarur bo‘lgan qoidalarga to‘xtalib o‘tdi.

YI filial BT koordinatorlari Shahribonu Hasanova hamda Malika Ro‘ziyevalar mavzu yuzasidan talabalarga ma'lumotlar taqdim etdi.

Tadbirda Pedagogika va tillarni o‘qitish hamda Aniq va tabiiy fanlar fakultetlari tyutorlari qatnashdi.

A'zo bo'ling: t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov